10 Sh. Mirziyoyev”. //Халк сузи, 2021 йил, 25 январь. 51
kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va
xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment
hisoblanadi. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik
ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning quyidagi 3 xil
strukturasi mavjudligini ko’rsatadi (3.2.rasm):
1.
Gorizontal
2.
Vertikal
3.
Diversifikatsion
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va
quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda
mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda, xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab
saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro
gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga
eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish
jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda xomashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov
berish va yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda
tayyor mahsulot yig’ish kabi bosqichlarini yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi.
Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni
qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan butun e’tiborni xomashyo va yarimtayyor
mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga qaratish, butun texnologik jarayon uchun
umumiy reja bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish,
bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish munosabatlarida texnik darajani
oshirish imkonini ko’zda tutadi.
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy ajratilishi
vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va
logistika qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan
ta’minlash tizimida aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab
chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga
ma’lum jihatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bitta
TMK filiallarining ushbu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini
hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Bunday mahsulotni tayyorlash tobora ko’proq autsorsing munosabatlari bilan birga
rivojlanmoqda. «Fortune» jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan mamlakatlardagi kamida
90 % korxonalar hech bo’lmaganda bitta biznes-jarayonni amalga oshirish uchun autsorsingdan
foydalanadi.
9
. TMKlar tomonidan autsorsingning eng faol qo’llaniladigan asosiy shakllariga
ishlab chiqarish autsorsingi, ya’ni ofshor shartnomaviy ishlab chiqarish (OEM-original
equipment manufactures), XXI asr boshida eng ko’p rivojlangan biznes-jarayonlar autsorsingi,
axborot texnologiyalari autsorsingi («ofshor dasturlash»), shuningdek ITTKI autsorsingi
(«bilimlar autsorsingi») kiradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash turli qabul qiluvchi mamlakatlarda har xil mahsulotlarni
ishlab chiqarishni bildiradi. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yishning shu tovarni eksport qilishdan ko’ra maqsadga muvofiqligi qabul qiluvchi
mamlakatda bu mahsulot uchun import bojining miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import boji va
o’sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o’rniga uni import
qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari bir
turdagi mahsulotni shu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yish xalqaro kompaniyaga o’zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam
talabga egaligi va yangi bozorda o’rnashish bo’yicha muvaffaqiyatsizligi holatida, kompaniya