10 Sh. Mirziyoyev”. //Халк сузи, 2021 йил, 25 январь. 51
tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy ekspansiya natijasida Rossiya
kompaniyalarining katta hajmdagi moliyaviy mablag’larining chet elga yo’naltirilishi mamlakat
xususiy tashqi qarzdorligini oshirmoqda (2017 yilda 400-450 mlrd. doll.).
2016 yillarda 25 ta yetakchi Rossiya kompaniyalari xorijdagi o’z aktivlarini ikki barobar
ko’paytirdi. Global yetakchilikka intilayotgan kompaniyalarga UC Rusal, Severstal, Yevraz,
Gazprom, LUKoyl va YoEMning boshqa kompaniyalarini kiritish mumkin. So’nggi yillarda
Rossiya kompaniyalarining xalqaro reytinglardagi ishtiroki kuchayib bormoqda (Forbes va
Finantial Times reytinglarida mos ravishda 29 va 13 ta kompaniya kiritilgan). Ularning soni
bo’yicha BRIK mamlakatlari orasida Xitoydan keyin turadi.
Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshqa BRIK mamlakatlaridagi mazkur
jarayonlardan
ilmiy
va
texnik-texnologik
bazaning,
boshqaruvchi
mutaxassislar
tayyorgarligining nisbatan yuqori darajasi; 90-yillardagi keskin o’zgaruvchan sharoitlarga yuqori
moslashuvchanlik darajasi; davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimining past darajasi kabi
xususiyatlar bilan ajralib turadi. 2017 yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv
jarayoniga nisbatan davlatning siyosatida ayrim siljishlar boshlandi.
8
milliy korporatsiyalarning
xalqaro faoliyatini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash shakllariga siyosiy-diplomatik,
moliyaviy-iqtisodiy va marketing jihatdan yordam ko’rsatish usullarini, xorijda chet el
investitsiyalari bo’yicha milliy agentliklarni tashkil qilish, xorijdagi investitsiyalarni qo’llab-
quvvatlash tamoyillari to’g’risidagi maxsus qonunning mavjudligini kiritish mumkin. Rossiya
hukumati milliy biznesga asosan “yumshoq” yordam ko’rsatadi. Masalan, 1991 - 2014 yillarda
Rossiya tomonidan 57 ta ikkitomonlama kapital qo’yilmalarni rag’batlantirish va o’zaro
himoyalash to’g’risidagi hukumatlararo kelishuvlar imzolanib, ulardan 36 tasi kuchga kirgan
(taqqoslash uchun Xitoy 2015 yilda 116 ta shunday kelishuvga ega edi). Hozirgi vaqtda
rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka erishishda tobora ko’proq «yangi iqtisodiyot»
omillari (brendlar, gudvillar, tarmoqli texnologiyalar, noan’anaviy marketing va hokazo)
qo’llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy biznesning xorijdagi faoliyatini qo’llab-
quvvatlashning yangi zaruriy infratuzilmasini shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda umumiy boshqaruv ostida
butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini
vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini
birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida
faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar
mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har bir TMKda bir-biriga bog’liq
korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib
olingan.
TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga asoslangan:
1.
Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan- texnikada
yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;
2.
Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon
ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning joylashish ustunliklaridan
foydalanish;
3.
Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing tamoyilidan
foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish;
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan milliy
kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo’ladi, chunki:
-
ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi
mamlakatlarga ko’chiradilar;