XM tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. XM, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin. Quyidagi mezonlar asosida XMning ikki turi ajratiladi: 1. Kuchlar balansi; 2. Manfaatlar balansi. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy hayot sohasi bo’yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi; geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi. XMning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi sababli XMning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan XMni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. Jahon siyosati “Jahon siyosati” tushunchasi siyosiy fanlarning faol qo‘llaniladigan, ayni vaqtda nisbatan aniq ta’riflangan tushunchalari qatoriga kiradi. Ko’pchilik tadqiqotchilar jahon siyosatini mavhum (abstrakt) tushuncha deb hisoblashadi, ya’ni bu, siyosatshunosning XMda shartli ravishda siyosiy tomonni va siyosiy o‘lchovni ajratuvchi qarashidir. Ushbu tushunchaga rus siyosatshunoslari A.E.Bovin va B.P.Lunin tomonidan aniqlik kiritilgan. Ularning fikriga ko‘ra, “Jahon siyosati – bu xalqaro maydondagi davlatlarning o‘zaro ta’siri va faoliyatidir; Xalqaro munosabatlar - davlatlar o‘rtasidagi real aloqalar tizimi bo‘lib, jahon siyosatidagi hudud, o‘ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |