2.3.3.-rasm. Savdo sharti. I mport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘ining joylashuvi esa teskari bog‘liqlikni ko‘rsatadi: importning nisbiy narxi ko‘tarilganda, import qilinayotgan tovarlarga nisbiy talab kamayadi. Import qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘i va eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘ining kesishishi natijasida A nuqtada vujudga keluvchi nisbiy narx (Px/Pim) bu tovarlarning Qx/Qim nisbiy miqdorida savdo shartlarini ifodalaydi.
Savdo shartlari har bir mamlakatning eksporti va importi o‘zaro taklifi va o‘zaro talabi nisbatini ifodalaydi. Ular har bir mamlakatning eksport va import narxlari indeksi nisbati negizida hisoblanadi va mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati, jumladan tashqi savdo siyosati uchun muhim yo‘naltiruvchi hisoblanadi. ToT=100eksport va import narxlarining tengligini bildiradi. Savdo shartlari indeksining o‘sib borishi (ToT>100) mamlakat eksporti jami narxi import jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada ko‘proq import tovarlar sotib olish mumkin bo‘lishini ko‘rsatadi. Avvalgidek ekport miqdori hisobiga ko‘proq import hajmiga ega bo‘lish imkoniyati mamlakat farovonligini oshiradi. Savdo shartlari indeksining kamayib borishi (ToT<100) mamlakat importi jami narxi eksport jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada kamroq import tovarlar sotib olish mumkin bo‘lishini ko‘rsatadi. Avvalgidek ekport miqdori hisobiga kamroq import hajmiga ega bo‘lish oqibatida mamlakat farovonligi pasayadi.
Nisbiy talab va taklifning bu nisbati har qanday alohida olingan tovar uchun ham, butun mamlakat bo‘yicha ham to‘g‘ri bo‘ladi. Nisbiy talab va nisbiy taklif egri chizig‘idagi har qanday siljishlar yoki iqtisodiy o‘sish, yoki mamlakatlar o‘rtasida daromadning qayta taqsimlanishi parametrlarining o‘zgarishiga olib keladi. SHuning uchun savdo shartlarini iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida quyidagi asosiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• Tovar yoki sof barter savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining yoki barcha tovarlar bo‘yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.
ToT = Px/Pim • Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) — mamlakatning jami eksportdan kelgan tushum hisobiga qancha tovar import qila olishi salohiyatini ko‘rsatuvchi indeks. Bu indeks tovar savdo shartlarini eksportning miqdor indeksi (Qx)ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Bu indeksning o‘sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga import qilish salohiyati ortishini ko‘rsatadi.
ToT = (Px/Pim) x Qx • Omillar bilan bog‘liq savdo shartlari (factor terms of trade) — import narxlarini bir yoki bir necha ishlab chiqarish omillarining samaradorligi bilan bog‘lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qo‘shimcha import qilish mumkinligini ko‘rsatuvchi indeks. Bu ko‘rsatkich tovar savdo shartlarini eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga (Qx) yoki ushbu mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksini import qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indeksiga nisbatiga (Qx/Qim) ko‘paytirish orqali hisoblanadi.