4. Xalqaro marketing duch keluvchi birinchi muammo bu mahsulotni import yoki eksport qilish uchun xaridorning ehtiyojlarini qondiruvchi va ko’ngildagi narxga ega bo’lgan yaxshi hamkorlarni izlab topishdir. Masalan, mahsulot Britaniya miqyosida arzon, biroq shu paytning o’zida Bolgariya yoki Afrika davlatlari uchun qimmat bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham marketing bo’yicha mutaxassis ishlashni mo’ljallayotgan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilab o’rganib olishi lozim. Import yoki eksport qilish rejalashtirilayotganidan qat’iy nazar, hamkorlik qilish mo’ljallanayotgan mamlakatni borib ko’rish kerak. Bu esa joylarda iqtisodiyotning 45 ahvolini, marketing tizimi, mavjud mahsulotlarni baholash hamda eksport qilinishi mo’ljallanayotgan tovarning mahalliy udumlar, an’analar va madaniyatga mos kelishini aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zida bu vazifani korxonaning o’z kuchlari bilan amalga oshirish qiyin bo’lib, mahalliy mutaxassislarga murojaat qilish mumkin bo’ladi. Agar mahsulot import qilinadigan bo’lsa, u holda mahsulot zahiralarini olish, transportirovka qilish, moliyalashtirish va qonunchilikka rioya qilishda mazkur mamlakat vakillarining yordami kerak bo’ladi. Odatda bu hollarda qog’ozbozlik va turli muassasalarda rasmiyatchilik ishlari ko’p bo’ladi. Xalqaro marketingdagi ikkinchi muammo import va eksport jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilik talablaridan iborat. Har bir mamlakat o’z mahsulotlarini eksport qilishga intilishi tabiiy, albatta. Biroq xom-ashyoga tegishli istisnolar ham mavjud. Resurslar odatda tayyor mahsulotlarga qaraganda arzon bo’lishi sababli ba’zi hollarda xom-ashyo resurslarini eksport qilish ehtiyoji yo’qqa chiqadi, chunki mamlakatning o’zida xom-ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni tashqi bozorga olib chiqish mumkin bo’ladi. bu esa oddiy xom-ashyo eksportiga qaraganda birmuncha ko’p foyda keltiradi. Bu hollarda mamlakatda xom-ashyoni olib chiqishni taqiqlovchi yoki eksport qilinuvchi tovarlarga katta soliq solishni ko’zda tutuvchi qonun hujjatlari qabul qilinadi. Bu qonunlarni buzmaslik uchun esa huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish zarur. Uchinchi muammo mamlakatga olib kiriluvchi mahsulotlarning soliqqa tortilishi bilan bog’liq. Mamlakat valyuta ayirboshlash sababli ba’zi bir tovarlarni, masalan iste’mol tovarlarini katta miqdorda import qilishdan manfaatdor emas. Bu erda marketing mutaxassisidan to’lov balansi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Gap shundaki, to’lov balansining holati mamlakat iqtisodiyotiga, ba’zi hollarda esa qo’shni davlatlar bilan o’zaro munosabatlarga ham sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. To’rtinchi muammo qonunchilik sohasiga bog’liq. Tashqi savdoda, ayniqsa, ishlab chiqarishda chet ellik xodimlardan foydalanishga to’g’ri kelishi sababli firma faoliyat yuritishni mo’ljallayotgan mamlakatning qonunchiligidan xabardor bo’lishi zarur. Bu qonunchilik yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar, ish vaqtining uzunligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat ko’rsatish, iste’foga chiqish tartibi kabilarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |