Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o’z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro’yxatini ishlab chiqish va taqsimlash korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi. Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko’rsatish mumkin: sotuvni kengaytirish; resurslarni sotib olish; ta’minot manbalarini diversifikasiyalash. Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir. Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko’rinishda aks ettirish mumkin: 1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. 2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang’ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. 3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 4-bosqich. O’sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo’lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo’lishini nazarja tutadi. 5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko’p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko’zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir). Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu bozorda iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste’molchilarni qanday topish va ularga o’z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga importchi yoki 25 eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot etkazish kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarur? Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval korxona o’zining xalqaro marketing konsepsiyasining hech bo’lmasa umumiy qoidalarini ishlab chiqishi lozim.