Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko‘ra, Qur’on Alloh taoloning so‘zi va uning azaliy ilmidir. Qur’on islom huquqining bosh manbai sifatida tavsiflashda uning odamlar shrtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalari orasida diniy-axloqiy mo‘ljallar shakliga ega bo‘lgan va faqihlar tomonidan talqin qilish uchun keng imkoniyat yaratadigan umumiy qoidalar ancha ko‘p ekanligini e’tiborga olish zarur. Qur’on (arab.“al-Qur’on”-o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash)-musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning avvalidagi so‘zdan olingan, ba’zilarining esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. Islom ta’limoti. Islom so‘zi arabcha – Allohga o‘zni topshirish, itoat etish, taslim bo‘lish, bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar (O‘rta Er havzasi sivilizatsiyasi ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar: Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha ririvojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi texnologik maktablar paydo bo‘lgan. Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib, ular negizida turli mazhab ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |