Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Avtomatlashtirishga ilmiy nuqtai nazardan yondashgan xolda, axborot resurs markazi faoliyatini avtomatlashtirish dasturiy ta’minoti yaratiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Axborot resurs markazi faoliyati avtomatlashtirilsa u yerdagi ish jarayonlar raqamlashadi xamda xodimlarning ish faoliyati yengillashadi. Bu o’z navbatida ish unumdorligining oshishiga olib keladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Umarov A.A. Mamlakat kutubxonachiligi isloxotlar yo’lida: muammolar va yechimlar. Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona – axborot resurslaridan foydalanish maqolasida xamda “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent – 2000 yil” da avtomatlashtirish to’grisida bir qancha muxim ma’lumotlar berib o’tilgan.
Raxmatullaev M.A., Umarov A.A., Karimov U., Muxammadiev A.Sh. Avtomatlashtirilgan kutubxona. A. Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashri - Toshkent – 2003 kitobida avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari xaqida batafsil to’xtalib o’tgan.
A.Д.Хомоненко “Основы компьютерных технологи” Санк – Петербург “Корон принт” 1998 va Свириденко С.В. “Современные информационные технологии”. М.: радио и связъ- 1989 o'z kitoblarida axborot tizimlari qanday qurilishi xaqida bir qancha ma'lumot berib o'tgan.
Chet el kompaniyalari tomonidan bir qancha dasturiy ta‘minotlar yaratilgan. Alexandria - bu korxonalarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan to'liq xususiyatli kutubxonani boshqarish dasturi. Alexandria Macintosh uchun mo'ljallangan. Ushbu onlayn kutubxonani boshqarish tizimi - davriy nashrlarni boshqarish, to'lovlarni yig'ish, maktab kutubxonalari, seriallarni boshqarishni bir joyda taklif qiladi.
LIBRARIAN — kichik va katta kutubxonalar uchun moʻljallangan keyingi avlod kutubxonalarini boshqarish tizimi. Raqamli kutubxona dasturiy ta'minoti kutubxonaning individual kuchli tomonlarini namoyish etadi, shu bilan birga xodimlarni odatiy vazifalardan ozod qiladi
KOOBA- Library Mangement Software - bu ko'p foydalanuvchili, foydalanish uchun qulay bo'lgan vebga asoslangan bo'lib, kitoblar va kutubxona a'zolarini boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Eloquent Library - kutubxonalarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan to'liq xususiyatli kutubxonani boshqarish dasturi. Eloquent Library Windows operatsion tizimi uchun moʻljallangan. Ushbu onlayn kutubxonani boshqarish tizimi seriallarni boshqarish, shtrix kodlash/RFID, inventarlarni boshqarish, davriy nashrlarni boshqarish, toʻlovlarni bir joyda yigʻishni taklif etadi.
Koha ILS - bu har qanday biznes landshaftida osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan bepul va ochiq manbali kutubxonalarni boshqarish dasturi. Katta investitsiyalar talab qilmasdan, ushbu dastur aylanma siyosatini yaratishi va homiylarni boshqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |