Qishloq maktablarida voleybol bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarning saviyasini o’rganish
Qishloq maktablarida o’tkazilgan qator suxbatlar, maxalliy mutaxassislar va maxalla faollarining fikriga ko’ra joylarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sportga juda qiziqishadi. Lekin, ularni mutaxassis raxbarligida muntazam shug’ullanish uchun deyarli imkoniyat yo’q. Mutaxassis bo’lsa sharoit yo’q, sharoit bo’lsa murabbiy o’qituvchi yo’q. SHuning uchun ayrim xollarda fidoyilikni o’z qo’llariga olgan boshqa fan o’qituvchilari yoki katta yoshdagi sport ixlosmandlari, bolalarni o’z bag’riga oladilar, ular bilan kunda bo’lmasa ham axyon - axyonda shug’ullanishadi. Asosan esa bolalar o’zlarining jismoniy harakatga bo’lgan extiyojlarini o’z bilganlaricha qondiradilar. Extimol shu sababli bo’lsa kerak qishloq bolalarining ko’pchiligi jismoniy jixatdan bir tekisda shakllangan bo’lmaydilar.
Qishloq sharoitida bolalar turli xo’jalik yumushlari bilan band bo’ladilar (er chopish, o’t urish, mol boqish, qurilish va hokazo). Bu yumushlarning yuklamasi bola uchun qanchalik yetarli bo’lmasin organizmni har tomonlama va bir tekisda shakllantirmaydi. Aksincha, ayrim og’ir yumushlar o’sib kelayotgan organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Afsuski, hozirgi kunda ota-onalar uchun va turli yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug’ullanishga o’rgatadigan, yo’l-yo’riq ko’rsatadigan xammabop kichik-kichik, lo’nda tilda yozilgan va rasmlar bilan ilova qilingan kitobchalar, tavsiyanomalar mavjud emas. Tuy va marosimlarda, an’anaviy bayramlarda, ommaviy xosil yig’ish mavsumlarida jismoniy tarbiya va sportning inson sog’ligini mustaxkamlash, jismoniy kuch, qaddi-qomatni shakllanishi va ish qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati haqida mutaxassislar suxbatlari, maslaxatlari yo’lga qo’yilmagan. Tan olish lozimki, me’yorsiz doiradagi jismoniy harakat, funktsional imkoniyatdan ortiq bo’lgan og’ir yumushlar bola organizmida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Ma’lumki, kundalik harakat hajmi va shiddati o’quvchilar
salomatligi, ularning jismoniy va funktsional shakllanishida
muhim ahamiyatga egadir. Lekin, barcha jismoniy harakat, sport
to’garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik - taktik
mashqlar hamda kundalik mexnat faoliyatining umumiy hajmi va
shiddati o’quvchining funktsional imkoniyatlariga mos kelishi yoki
xiyolgina yuqori bo’lishi lozim.
CHunki, biologiya fanida o’z isbotini topgan qonuniyatlarga kura ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklama(nagruzka)ning yalpi ta’sir «kuchi» bolaning jismoniy va funktsional imkoniyatidan doim baland bo’lsa, organizm (organlar, mushaklar, tomirlar, xujayralar, to’qimalar)da zurikish yoki o’ta charchoqlik «izlari» qoladi. Bunday salbiy «izlar» bolaning tungi uyqusini notinch o’tishiga sababchi bo’lib, pirovordida ish qobiliyatini to’liq tiklanishiga tug’on bo’lishi mumkin. Agar shunday yuklamalar ustunligi - bola faoliyatida so’rinkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat normal o’sishiga salbiy ta’sir kursatishi mumkin, balki ushbu jarayon funktsional «ob’ekt»larda lokal yoki global patalogik asoratlarni vujudga keltirishi extimoldan xoli emas, Binobarin, jismoniy tarbiya darslari, trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalarni tashkil qilishda o’quvchilarning kun-tun faoliyat tartibini e’tiborga olish va shunga asoslangan holad mashg’ulot yuklamasini quyida aks ettirilgan «to’lqinsimon» tartibda oshira borish darkor. Biz Buxoro viloyati, Qoraqo’l tumanidagi ayrim o’rta maktablar misolida qishloq maktablarida jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan munosabat, xususan jismoniy tarbiya darslarini o’tkazish saviyasi va mavzuta oid boshqa masalalarning axvolini bilish maqsadida maktab o’quvchilarining fikr – muloxazalarini o’rgandik.
Savolnoma natijalaridan ko’rinib turibdiki, qishloq maktablarida voleybolga bo’lgan qiziqish doirasi nixoyatda keng va o’quvchilar voleybol darsida faol ishtirok etar ekanlar, jumladan voleybolga qiziqadigan o’quvchi respondentlar 81,0% ni tashkil etsa, voleybol bilan alohida darsdan tashqari to’garaklarda shug’ullanuvchilar soni 56,6 % ga teng.
Bu borada qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darsini o’tish, uni uslubiy saviyasi, o’quvchilarni darsda ishtirok etishi, faolligi va boshqa masalalar haqida tasavvur hosil qilish alohida ahamiyatga egadir.
O’tkazilgan savol-javoblarga ko’ra shu narsa ma’lum bo’ldiki, jismoniy tarbiya darsi har doim ham darsni mavzusi va uning vazifalarini e’lon qilishi bilan boshlanmas ekan.CHunonchi, 13,3% respondent o’quvchilar dars boshlanishidan oldin o’qituvchi dars vazifalari bilan tanishtirmas ekanlar, 63,3% respondentlar dars vazifalari umuman tanishtirilmasligini qayd etishgan. Faqatgina respondentlarning 23,3% gina dars vazifalari e’lon qilinishini ma’lum qilishgan.
Voleybolni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlar, masalan to’plarning yetar-etmasligi, uyin zalining jixozlanganligi o’qituvchi murabbiyking voleybolga oid kasb tayyorgarligi yuqori bo’lganda edi, aniq aytish mumkinki shug’ullanuvchilar soni yanada ko’prok foizni tashkil etgan bo’lar edi. Afsuski ushbu ko’rsatgichlar savolnoma natijalariga ko’ra juda kam foizni kuzatishga imkon berdi. CHunonchi, darsni qiziqarli o’tish darajasi hammasi bo’lib 51,7%ga teng bo’layapti. Ushbu fazilat mashg’ulot davomida sinf faolligi darajasini (55 %0 yuqori deb aytish imkonini bermaydi. Dars intizomi ham talabga javob bermaydi (51,2%). Darsni uslubiy jixatdan yuqori saviyada va aniq yo’naltirilgan reja asosida o’gkazish kuzlangan pirovard samarani berish isbotni talab qilmaydi, Lekin o’tkazilgan savolnoma bo’yicha shu narsa ma’lum bo’ldiki, darsni ilmiy - uslubiy jixatdan tashkil qilish, uni samarasini aniqlash qolaversa berilayotgan mashqlar o’quvchilarga ta’sir etish darajasini baxolashda maxsus normativlardan deyarli foydalanilmas ekan. Foydalanish darajasi hammasi bo’lib 8,3 foizga teng. Dars bayonnomasi kabi o’quv xujjatlariga asosan dars o’tish 11,7%ni tashkil etayapti. Qolgan 11 - 20 savollar ham e’tiboringiz uchun joylarda, ya’ni o’rganilgan qishloq maktablarida voleybol darslarkning axvoli, uning uslubiy saviyasi va samaradorligi shart-sharoit yaratish, o’qituvchi murabbiylar malakasini oshirish va umuman voleybolni rivojlantirishga bo’lgan munosabat nochor ahvolda ekanligidan darak berib turibdi. Bu albatta shu maktablardagi murabbiy, o’qituvchi va raxbarlarning vakolatiga qisman bo’lsada kiradi. Lekin, o’rta maktablarning moddiy - texnikask imkoniyatlarini tubdan yaxshilash sport inshootlarini qayta ta’mirlash, yangisini qurish, ularni sport jixozlari va anjomlar bilan ta’minlash yuqori tashkilotlar mutasaddi raxbarlarining vakolatli burchidir.
1 jadval
Qoraqo’l tumanidagi ayrim o’rta maktablarda o’tkazilayotgan voleybol darsining saviyasini o’rganishga oid so’rovnoma natijalari
Do'stlaringiz bilan baham: |