mAVZU: VITAMINLAR
Vitaminlar [lot. vita – hayot], darmon dori – tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega.
Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. Xitoy manbalarida, keyinchalik Gipokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish 18-a. da boshlagan.
Ingliz shifokori J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus shifokori N. I. Lunin (1880), golland shifokori Eyman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906) lar vitaminlarni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda vitaminlar sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur vitaminlarni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda ular yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. Vitaminlarning asosiy manbai oʻsimliklardir. Ular hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi.
Ushbu moddalarning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. Vitaminlar organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal faoliyati va faolligini taʼminlaydi. Vitaminlar organizmda energiya almashinuvida (B1, B2), aminokislotalar (B6, B12) va yogʻ kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoretsepsiya jarayonida (A), qon ivishida (K) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi.
Oziq-ovqatda vitaminlar yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida vitaminlar kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi vitaminlarning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervtaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (q. Vitamin sanoati).
Dastlab vitaminlar shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E, PP va h. k. bilan belgilangan. Keyinchalik vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtrishning yagona nomi qabul qilindi. Vitaminlar suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydiganlarga A, D, E va K, suvda eriydiganlariga B guruhi va C, PP kiradi.
Bundan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab vitaminlarga aylanadigan moddalar – provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va boshqalar) kiradi. Odamning vitaminlarga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq.
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug‘iladi.
Quyida biz ushbu vitaminlarning qanday mahsulotlar va shifobaxsh o‘simliklarda bo‘lishi haqida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |