Mavzu: Viloyat nomlarinining toponimikasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 29,79 Kb.
bet1/4
Sana01.06.2022
Hajmi29,79 Kb.
#629603
  1   2   3   4
Bog'liq
Viloyat nomlarinining toponimikasi 45


Mavzu: Viloyat nomlarinining toponimikasi
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:

  1. Toponimika haqida.

  2. Hududlar nomlari o’rganish.

III. Xulosa.

Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani "Zamin tili", ya’ni yer tili deb ham deb atashgan. Toponimika atamasi lotim tilidan olingan bo‘lib, "topos" - joy, "onish " - nom, ya’ni, joy nomini o‘rganadigan fan, - degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va insonlarga ko‘yilgan ismlar toponimikaning o‘rganish manbai hisoblanadi. Toponimika 2 ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, mikrotoponimika — fanda o‘rganilishi jihatidan mayda ob’ektlarni, makrotoponimika esa, atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tatqiq qiladi.


Hozirga vaqtda toponimika faqat yirik ob’ektlarning: tog‘lar, o‘rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki, kichik ob’ektlarning- mahallalar, daralar, jarliklar, anhorlar va ko‘llarning nomlarini ham o‘rganmoqda.
Antroponim so‘zi - lotin tilidan olingan bo‘lib, "antropo" - odam, "onoma" - nom, kishi ismi, laqabi, familiyasi demakdir; antroponimika -kishi ismlarini o‘rganadigan fan.
Gidronim - grekcha - "gidro" - suv, "onoma" - nom, suv ob’ektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, dars, soy, jilg‘a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, ko‘l va qo‘ltiq, bo‘g‘oz, shar - sharalarning nomlarini o‘rganadi.
Diminutiv - lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib, kichraytirilgan shakldan toponim yasalish demakdir. O‘zbekistonda - cha va - ak ba’zan - ik affikslari diminutiv shaklidagi toponimlarni yasaydi; bunday tononimlar otlardan (Xisorak, Xumdonak, Rudak). sifatlardan (Ko‘kcha, Oqcha, Qoracha, Saricha), etnonimlardan (Do‘rmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Ba’zi hollarda esa (katta toponimga taqlid qilib) nom qo‘yilganda ham diminutiv shakldan toponimlar yasaladi, chunonchi Buxorocha, Samarqandak, Bag‘dodik, Registonak va boshqalar.
Metatet - lotin tilidan "metatesis" - joy almashtirish -so‘zdagi tovushlarning o‘rin almashishi (Beshog‘och - Bechog‘osh. Sayrai -Saryom).Metafara - grekcha - "ko‘chirish" - so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi (Tuyatosh - kattakoya, Mingbuloq - ko‘p buloq), etak - daryoning, togning, soyning yoki odamning etagi, Burun - odamniki, qayiqniki va boshqalar.
Metonimiya - grekcha - "qayta nom qo‘yish" - toponimikada joy nomining qo‘shni ob’ekt nomiga o‘tishi, masalan, daryo nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi - Zarafshon shahri, Chirchik daryosi -Chirchik shahri), daryo nomining tog‘ nomiga ko‘chishi (Ko‘ksuv daryosi - Ko‘ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi - Vaxsh tizmasi). O‘zbekistonda metonomiya hodisasi juda keng tarqalgan.
Mikrotopoiimiya - grekcha "mikro" - kichkina, "onoma" - nom, kichik ob’ektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar, jarlar, yo‘llar, kichik tepalar, ko‘chalar va hatto atokli otga ega bo‘lgan ayrim daraxtlarning nomlari, mikrotoponimiya orasida muayyan chegara yo‘q, masalan, ba’zi bir tatkiqotchilar ko‘chlarni mikrotoponimlar desalar, boshqa birovlar makrotoponim deb hisoblaydilar.
Metonimiya - grekcha - "qayta nom qo‘yish" - toponimikada joy nomining ko‘shni ob’skt nomiga o‘tishi, masalan, dars nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi — Zarafshon shahri, Chirchik daryosi — Chirchik shahri), daryo nomining tog nomiga ko‘chishi (Ko‘ksuv daryosi — Ko‘ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi — Vaxsh tizmasi). Uzbekistonda metonomiya xodisasi juda keng tarqalgan.
Mikrotoponimiya - grekcha "mikro " - kichkina, "onoma " - nom, kichik ob’ektlar: buloqlar, kuduklar, dalalar, o‘tloklar, jarlar, yo‘llar, kichik tepalar. ko‘chalar va hatto atokli otga ega bo‘lgan ayrim daraxtlarning nomlari; mikrotoponimiya orasida muayyan chegara yo‘k, masalan, ba’zi bir tatkikotchilar ko‘chlarni mikrotoponimlar dssalar, boshka birovlar makrotoponim dsb hisoblaydilar.
Urbanonimiya so‘zi ham lotin tilidan olingan bo‘lib. "urbanus" -shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, kishlok, shaharcha, stansiya, shaharlarning nomlarini o‘rgatadigan maxsus fandir.
Hozirgi vaqtda goponimistlar joy nomlarini fakat etimologiya va sematik jihatdangina emas, balki so‘z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar. Antroponim kishining ismi, familiyasi, laqabini (Mahmud Qoshgariy, Munis Xorazmiy) antroponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul kabi joylarning nomidan olingan toponimlarni (masalan, Toshkentboy, Qo‘qonboy, Xo‘jaqul), etnotoponim esa qabila, urug‘ - aymoq millat, xalq nomiga qo‘yilgan nomlarni (Qozoqboy, Qirgizboy, O‘zbekxon) o‘rganadi.
Dalvarzin, Ko‘ng‘irot, Nukus, Mitan va hakazolarni istisno qilganda, barcha toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy kismdan (komponentdan) iborat. Bunday qaraganda hech kqnday qo‘shimchasiz faqat bir so‘zdan iboratday tuyuladigan Jizzax, Qo‘kon, Yezsvon, G‘alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan tuzilgan.
Virok, Qarshi (saroy, kasr), Hisor (qo‘rgon), Buxoro (Bixara-ibodatxona), Chim (ko‘rgon), Ni (bekat), Yon (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida uchraydi. Ba’zan esa Qo‘mqishloq, supa kabi geografik atamalar ham hech kanday ko‘shimchasiz toponimlar hosil qilgan. Biroq ana shunday birgina geografik atamadan tuzilgan nomlar ko‘pincha shu toponimlarning xalq og‘zida qisqartirilgan shakli bo‘lib chiqadi. Masalan, Qumqishloq deyish o‘rniga Qum; Zaxariq deyish o‘rniga Zax; Supatepa deb qo‘ya qoolishadi. Birok hech kanday ko‘shimchasiz gol, Pidana, (yalpiz) yantoq, tulki kabi nomlar ma’no jihatdan aslida bu o‘simlik va hayvonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi, ko‘pincha tamomila boshqa so‘zlarning fonetik jihatdan o‘zgarishi natijasida shu shaklni olgan bo‘lishi mumkin.O‘zbekiston viloyatlari nega hozirgi nomi bilan atalishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Quyida shu mavzuga doir toponimik ma'lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Andijon
Bu nomning kelib chiqishi borasida juda ko‘p taxminlar mavjud. Buni shaharning Buyuk ipak yo‘lida muhim o‘rin egallagani, tranzit hudud sifatida turli millat va elatdagi savdogarlarga qo‘noq bo‘lgani va tabiiyki, har bir tilda alohida nomlangani bilan izohlash mumkin.
Afsonalardan biriga ko‘ra, Turonzamin hukmdorlaridan biri bo‘lgan Afrosiyobning qizi Adinajan betob bo‘lib, davo topish ilinjida vodiy hududlariga keladi va bu yerning shifobaxsh havosi bilan tuzaladi. Buning sharafiga Afrosiyob bu yerda shahar barpo etib, qizining nomini beradi. Lekin bu shunchaki afsona xolos.
Boshqa variantga asosan, shu hududda adok, andi, azok nomli turli qabilalar istiqomat qilgan bo‘lib, Andijon nomi shunga bog‘lanadi. Juda qadim zamonda bu yerda andi qabilasi yashagani va «andilar makoni» sifatida Andijon nomini olgani haqida ham taxminlar bor.
Ba'zi xorijiy toponimika lug‘atlarida «Andikan» ─ daryo bo‘yida joylashgan shahar ma'nosini anglatadi, deya keltirilgan o‘rinlar ham kuzatiladi.
Hozirgi Andijon hududida ilk shahar qal'ani barpo etgan shaxs ─ qabilaboshining ismi Andi bo‘lgani va uning sharafiga shahar shunday nomlangani haqida ham farazlar yo‘q emas.

Download 29,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish