Darsni yakunlash
O’tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savol-topshiriqlar asosida yakunlangach, darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, kam ishtirok etganlariga qo’shimcha savollar beraman. O’quvchilarning baholarini e’lon qilaman.
Uyga vazifa: 46-50 betllarni o’qib, konspektlashtirish.
9-dars nazorat ishi 1
Sana “___”________201__yil.
5-sinf “Vatan tuyg’usi”
Mavzu: 10. O’zbekiston deya atalur
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad-o’quvchilarda ona vatan O’zbekiston haqida tushucha hosil qilish.
tarbiyaviy maqsadi-o’quvchilarda sog’lom fikrni shakillantirish.
rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilarbi fanga bo’lgan qiziqishlarini ortirish va rivojlantirish.
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism;
Yangi mavzu bayoni;
Mavzu ustida ishlash;
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa berish.
Darsning jihozi: 5-sinf “Vatan tuyg’usi” darsligi va tarqatmalar.
Darsning bosqichli jadvali:
T.r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayon etish
|
15 daqiqa
|
4
|
Xotira mashqlari va savollar berish orqali mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va o’quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga topshiriq berish
|
2 daqiqa
|
Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalar berish.
Dars uslubi: suhbat va savol javob.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
Davomatni aniqlash
Sinf honasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
O’tilgan mavzuni so’rash:
O’tilgan mavzuni o’quvchilar bilan savol-topshiriqlar orqali yakka suhbat orqali so’rayman.
Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar e’tiborini savol-topshiriqlarga qarataman va mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni yozdiraman.
O’zbekiston qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha soz bo’lib, yo’nalish, chegara, hudud degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni keng va tor ma’nolarda ishlatish mumkin. O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoliy-sharqda Qirg’iziston, shimol va shimoliy-g’arbda Qozog’iston, janubi-g’arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston, janubda qisman Afg’oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kv km. Prezidentimiz I.Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq barchasining o’ziga hos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” deb tarif bergan. O’zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zahiralari juda serob. U oltin zahirasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’yicha esa to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekiston yer ustki boyliklariga, o’zining ma’naviy boyliklariga ham ega. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, milliy davlatchiligimiz qariyb uch ming yillik tarixga ega. Yurtimiz hududida So’g’d, Baqtriya, Kushon, Xorazm, Qang’, Turon, Movorunnahr, Turkiston deb atalgan davlatlar bo’lgan. Ularning rivojlanish tariyxi davomida erishilgan madaniy yutuqlar ham biz uchun katta ma’naviy boylik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |