Uyga vazifa: 37-41 betllarni o’qib, konspektlashtirish.
Sana “___”________201__yil.
5-sinf “Vatan tuyg’usi”
Mavzu: 6. Oila-Vatan timsoli
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad-o’quvchilarda vatan va oila haqida tushucha hosil qilish.
tarbiyaviy maqsadi-o’quvchilarda sog’lom hayot va fikrni shakillantirish.
rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilarbi fanga bo’lgan qiziqishlarini ortirish va rivojlantirish.
Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism;
2.Yangi mavzu bayoni;
3.Mavzu ustida ishlash;
4.O’quvchilarni baholash;
5.Uyga vazifa berish.
Darsning jihozi: 5-sinf “Vatan tuyg’usi” darsligi va tarqatmalar.
Darsning bosqichli jadvali:
T.r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash
|
20 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayon etish
|
5 daqiqa
|
4
|
Xotira mashqlari va savollar berish orqali mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va o’quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga topshiriq berish
|
2 daqiqa
|
Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalar berish.
Dars uslubi: suhbat va savol javob.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
Davomatni aniqlash
Sinf honasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
O’tilgan mavzuni so’rash:
O’tilgan mavzuni o’quvchilar bilan savol-topshiriqlar orqali yakka suhbat orqali so’rayman.
Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar e’tiborini savol-topshiriqlarga qarataman va mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni yozdiraman.
Insondagi Vatan tuyg’usi oiladan, ona bag’ridan boshlanadi. Oila-arabcha so’z bo’lib, nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashashni bildiradi. Nikoh oilaning huquqiy asosidir. Prezidentimiz I.Karimov shunday ta’rif bergan: “Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.” Inson vujudga kelishida ona ko’ksi dastlabki makon bo’lgani uchun uni Vatanga qiyoslaymiz. Vatanni tariflaganda ham ana shu muborak so’ni qo’shib, “Ona Vatan” deymiz. Yurtimizda 1998-yil “Oila yili”, deb e’lon qilingan, buni zamiyrida katta ma’no bor.Oila tarbiya o’chog’I hamdir. Tarbiya insoning kamol topishi uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni ilm va ibrat asosida bosqichma-bosqich singdirib boorish usuli, bu yo’ldagi parvarish va say-harakatlardir.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzu quyidagi savollar topshiriqlar orqali suhbat o’tqazish bilan mustahkamlanadi:
1. Nima uchun oilani jamiyat negizi deymiz ?
2. Tarbiya haqida gapirib bering.
3. Mamlaktimizda qaysi yili “Oila yili” deb e’lon qilingan ?
Do'stlaringiz bilan baham: |