Namangan Davlat Unversiteti Musiqa ta'limi va madaniyat fakulteti Kutubxona-axborot faoliyati yonalishi 2-kurs talabasi Sobirjonova Shoiraning Bibliografiya shunoslik fanidan Mustaqil ta'lim ishi
Mavzu:Vaqtli matbuotlar Reja: 1. Matbuot tarixi haqida. 2. Matbuot turlari. 3. Gazeta haqida.
Matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi. Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi – pressa). M. ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiytexnikaviy va boshqalar) yoʻnalishlarda yoritadi.
M. 15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning , bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (qarang Informatsiyey agentlik). 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.
Oʻzbekistonda M. 19-asrning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870-yilda oʻlkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeti" Markaziy Osiyodagi M.ning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gazetalar 1905–07 yillardan faoliyat koʻrsata boshladi ("Taraqqiy", "Xurshid", "Shuhrat" va boshqalar). Ularning yoʻlini 20-asrning 2-oʻn yilligida chop etilgan "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot" gazetalari, "Oyina" jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, maʼrifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish gʻoyalarini targʻib qildilar. 1917-yildan soʻng , sobiq SSSR tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham yangi siyosiy yoʻnalishdagi partiyasovet matbuotining koʻp tarmoqli tizimi qaror topdi.
Oʻzbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida" farmoni (2002-yil 3-iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |