Mavzu: Vaqt va stressni boshqarish. Reja: 1. Stress tushunchasi. 2. Stressni kamaytirish usullarini qo’llash. 3.Vaqt tuzog’i tushunchasi. - Stress - bu tashqi omil yoki ichki kechinmalarga bo’lgan jismoniy, psixologik va ergonomik ta’sir. Stressni kamaytirish va mehnatingiz unumdorligini oshirish usullari mavjud.
1. Rekreatsion ekran – doimiy uxlash, ora-orada jismoniy mashqlar qilish, rekreatsion tadbirlarda ishtirok etish. 2. Xronologik ekran – badaningizni to’la rostlanishi uchun 10-20 daqiqali tanaffuslar qilishga odatlaning. Har bir mushagingizni qisqa vaqt uchun tanglashtiring va yana bo’shashtiring. 3. Vaziyatli ekran – bir hil ishlang, birin-ketin: avval, bitta muammo ustidan, keyin boshqa muammo ustidan. Sizga quyidagi tavsiyalar yordam beradi: • O‘zingizda me’yorida hazillashish qobiliyatini rivojlantiring. • Agar o‘zingizni erta tongda bardam his qilsangiz, eng og‘ir ishni shu paytda qiling. • Odamlarga emas muammoga qarshi boring. • Bilib qo‘ying, sizning amalga oshirayotgan xatti-harakatingizda «yomon niyat yo‘q». • Hamma narsa – sizning fikrlaringizga bog‘liq. Alik Makkenzi o’zining “Vaqt tuzog’i” deb nomlangan asarida quyidagini yozadi: “Hech narsa band bo’lishdek oson bo’lmaydi va hech narsa samaradorli bo’lishdek qiyin bo’lmaydi”, - deb yozadi. Siz doimo band bo’lgan, bir paytda xamma narsani qilayotgan, ammo ulardan juda kami ishini oxirigacha yetkazadi. Siz kimdirni ishini yaxshi qila oladi deb o’ylashingiz mumkin, ammo bunga to’la ishonishingiz uchun, siz uni haqiqatdan ham o’z ishini bajarganini ko’rishingiz kerak. Qandaydir vazifani boshidan ohirigacha kuzatishni bilish degani – o’zini vaqtini boshqarishni bilish demakdir. Vazifaning muhimligini bilish va uni vaqt mobaynida sifatli darajada bajarish – o’z vaqtini yaxshi bajarish demakdir. Mijozlar fikricha ma’muriyatning ularning talablariga bo’lgan munosabati agressiv yoki e’tiborsiz bo’lsa, ular narh pulidan ortiqcha bo’lgan choy pulini to’lashmaydi. Mijozlar va mehmonxonalar orasidagi ziddiyatlar doimo bo’lib kelgan, chunki inson tabiatini bilib bo’lmaydi va to’qnashuvli vaziyatlardan chiqib ketishning aniq yo’llari ham deyarli ko’rinmaydi, demak bu ziddiyatlarning keragi yo’q. Shu bilan birga to’qnashuvlar xizmat sohasidagi kamchiliklarni bilib olishda, xizmatlar doirasini yangilash va kengaytirishda, personalni boshqarishning usullarini takomillashtirishda va talabchan mijozlarga xizmat qilishning sifatini oshirishda qo’l keladi. Bundan tashqari, har qanday daromadi o’sayotgan mijoz o’zini o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni xoxlaydi va uning extiyoji qondirilishi unga bo’lgan hurmatni bildiradi. Uchta-beshta usul bilan ma’muriyat va mijozlar orasidagi to’qnashuvni bartaraf qilsa bo’ladi: o’zini chetga olish orqali, “uchkir burchaklarni” o’tmaslashtirish orqali, kelishuv orqali, muammoni to’g’ri yechish orqali yoki boshqa usullar orqali, agar bu usullar muammoga bog’liq bo’lsa. Kuzatishlarga ko’ra, o’zida muammolarga ijobiy yondashishni tarbiyalaydigan mehmonxona xizmatchilari vaziyat holati uchun bo’lgan mas’uliyatni o’z zimmasiga olishadi, o’z maqsad va vazifalarini yaxshi bilishadi, o’z jamoasi va firmasiga ishonishadi, turli inqirozli vaziyatlardan boshni yuqori tutib chiqishadi. Noan’anaviy yondashuvlar va odatiy bo’lmagan G’arb usullari o’rganib chiqilishi va O’zbekistonda mehmonlarni qabul qilish sohasida qo’llanishi kerak. Personalni o’rgatish jarayonida, ishbilarmonlik ishlarini o’tkazish usullarini qo’llagan holda, muammoni aniqlash orqali, o’quvchilar orasida bir-biriga bo’lgan yaxshi munosabatni yaratgan holda, boshqa tomonning fikrini o’rganib uni hurmat qilgan holda, turli usul va yo’llarni qo’llash orqali har qanday muammoni hal qilish mumkin. Blits–so’rov savollari: - - Stress nima?
- - Stressni kamaytirishni qanday usullari mavjud?
- - “Xronologik ekran” usulininig xarakteristikasi?
- -“Rekreasion ekran”usulininig xarakteristikasi?
- - Vaqt tuzog’i asarini kim yozgan?
- -Vaziyatli ekran usulining xarakteristikasi?
Do'stlaringiz bilan baham: |