Mavzu: Valent bog`lar va malekular orbitalar nazariyalar o`rtasidagi o`zaro farqlar Reja


Mavzu: Xisoblashlarda erituvchi ta’siriniinobatga olish usullari.Solvatlanish energiyasi



Download 1,66 Mb.
bet7/21
Sana26.02.2022
Hajmi1,66 Mb.
#466414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: Xisoblashlarda erituvchi ta’siriniinobatga olish usullari.Solvatlanish energiyasi


Reja:

  1. Diskret usullar.

  2. Kontinual usullar.

  3. Salvatlanish .


Kvant-kimyoviy hisoblarda erituvchi ta’sirini inobatga olish usullari
Ma’lumki reaksiyalar suyuq fazada boradi. Erituvchilar tabiatiga qarab reaksiya unumi va mexanizmi o’zgarishi mumkin. Shuning uchun gaz fazada qilinadigan hisoblashlarga erituvchi ta’sirini inobatga olish yo’llari o’ylab topilgan.
Kvant-kimyosidagi solvatlanish effektlarini inobatga olish usullarini ikki usulga bo’lish mumkin: 1. Diskret usullar 2. Kontinual.
Diskret usullarda birikma va erituvchi ta’siri birikma atrofiga bir nechta erituvchi molekulalarini qo’yib hisoblashga asoslangan. Bu usul supermolekulalar yondoshuvi deb ham ataladi.
Kontinual (solvaton) usullarda erituvchi molekulalari qatnashmaydi, faqat erituvchi kattaliklari kiritiladi. Reaktiv maydon modeli kontinual yondoshuvga asoslangan, keng tarqalgan erituvchi ta’sirini inobatga olish usulidir. Bu modelda solvent dielektrik o’tqazuvchanlikka (e) ega bo’lgan bir jinsli qutbli maydon deb qaraladi. Erigan modda solvent ichidagi bo’shliqqa joylashtiriladi. Dielektrik o’tqazuvchanlikka ega bo’lgan maydonga tushirilgan har qanday zaryad erituvchida elektrik maydonni yuzaga keltiradi. Ushbu maydon erigan modda bilan ta’sirlashish orqali uning xarakteristikalarini o’zgartiradi Solvat molekulasi bo’shliqda ma’lum bir tartibda yo’nalgan bo’ladi hamda molekula tuzilishi ta’sirlashuv natijasida vakuumdagiga nisbatan o’zgaradi. Erigan moddaning erkin solvadanish energiyasi Gsolv quyidagi tarkibiy qismlar yig’indisidan iborat:
ΔGsol = ΔGel + ΔGdisp. + ΔGkav.
bu yerda, AGel - erituvchi va erigan birikma orasidagi elektrostatik ta’sirlashuv, AGdisp. -dispersion (solvent-solvat Van-der-Vaals) ta’sirlashuv, AGkav-kavitatsion energiya, yani erigan modda bo’shlig’i atrofida tashqi qadamni hosil qilishda sarflanadigan energiya.
Bo’shliq hosil qilish ma’lum bir energiyani talab qiladi, shuning uchun Gkav>0. Eritmada dispersion va elektrostatik ta’siriashuvlarning mavjudligi erigan birikma barqaroriigini oshiradi, yani energiyani kamaytiradi, shuning uchun AGel<0, AGdisp<0.
Hisoblash programmalarida keng ommalashgan usullardan biri PCM (Polarized Continuum Model) va uning soddalashtirilgan varianti COSMO (Conductor-like Screening Model).
Gaussian programmasida PCM-ning bir necha xil variandari kiritilgan: IEFPCM, I-PCM, SCI-PCM va CPCM modellari mavjud.
Gamess/Firefly programmasida faqat 14 erituvchi ta’sirini inobatga oluvchi D-PCM usuli mavjud:
Jadval. Ayrim erituvchlarning dielektrik o’tqazuvchanligi (e)

Erituvchi


£

Erituvchi

£

Argon

1.430

Xinolin

9.16

Siklogeksan-C6H12

2.0165

Dixloretan

10.125

Tetraxlormetan-CCl4

2.2280

Propanol

18.05

Benzol-CeHe

2.2706

2-Propanol

19.264

То1ио1-С6Н5СН3

2.3741

Aseton-СНзСОСНз

20.493

Dietilefir-C2H5OC2H5

4.2400

Etanol-C2H5OH

24.852

Xloroform-CHCb

4.7113

Metanol-СНзОН

32.613

Benzolxlorid-C6H5Cl

5.6968

Asetonitril

35.688

Anilin-C6H5NH2

6.8882

Nitrometan -CH3N02

36.562

Tetragidrofuran (THF)

7.4257

DMSO-(CH30)2S02

46.826

Dxlormetan

8.93

Suv-H20

78.3553


Solvatsiya energiyasi - bu ion yoki molekula vakuumdan (yoki gaz fazasidan) erituvchiga o'tkazilganda Gibbs energiyasining o'zgarishi. Solvatsiya - bu erituvchi va erigan moddaning molekulalari yoki ionlarining o'zaro ta'siri. Erigan modda - bu erituvchida eriydigan birikma. Eriydigan ba'zi moddalar molekulalardan, ba'zilari esa ionlardan iborat.


Erituvchi va erigan zarrachalarning o'zaro ta'siri erigan moddaning ko'plab xususiyatlarini aniqlaydi. Masalan: eruvchanlik , reaktivlik, rang va h.k. Solvatsiya jarayonida erigan zarrachalar hal qiluvchi molekulalar bilan o'ralgan bo'lib, solvatsiya komplekslarini hosil qiladi. Bu solvatsiyada erituvchi suv bo'lsa, bu jarayon gidratatsiya deb ataladi.
Solvatsiya jarayonida har xil turdagi kimyoviy bog'lanishlar va o'zaro ta'sirlar hosil bo'ladi; vodorod aloqalari , ion-dipolli o'zaro ta'sirlar va Van-der-Val kuchlari. Erituvchi va erigan moddalarning bir -birini to'ldiruvchi xossalari erituvchining erituvchida eruvchanligini aniqlaydi. Misol uchun, qutb hal qiluvchi ichida, Bir eruvchan ijozatini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Polar eritmalar qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. Polar bo'lmagan eritmalar polar bo'lmagan erituvchilarda yaxshi eriydi. Ammo qutbli eritmalarning qutbsiz erituvchilarda (va aksincha) eruvchanligi yomon.


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish