Mavzu: Ustoz otangdek ulug’ Sana:__________________
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ulardan o`rnak olishga o`rgatish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar.
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir so‘z aytmoq mushkuldir:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
A ylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Shunday ekan o‘quvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird haqiqiy ma’noda ustozlarini hurmat qilgan bo‘ladi va olayotgan ilmu hunari samarali bo‘lib, vujudiga singadi va kelajakda manfaatli bo‘ladi.
Ma`naviyat daqiqasi:
Ilm-ziyo berar bizga,
Onadir har o`g`il-qizga,
Jo bo`ldingiz qalbimizga,
Mehribonim o`qituvchim.
Jonajonim-o`qituvchim.
Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan bir umr qarzdormiz.Ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi.Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi shogird ustozdan ziyo olib hayot mash`alini yoritadi.O`qituvchi hayot charog`boni.U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o`rgatadi.Zamonamizning har tomonlama barkamol kishisini yetkazadi.
Mustaqillik bizga juda ko`p erkinliklarni berdi.Ayniqsa,maorif sohasiga katta e`tibor berildi va berilmoqda Respublikamizda juda ko`p kollej va maktablar qurilib o`quvchilar ixtiyoriga topshirildi.Prezidentimiz”Ustoz va murabbiylar”bayrami deb 1-oktabr kunini belgiladi.Har yili shu kun juda katta bayram bilan o`tkazilmoqda.Xalqimizda”Ustoz-otangdek ulug”degan gap bor.Sizlar ham harf o`rgatgan ustozingizni hech qachon unutmang.Ulug` bobomiz A.Navoiy aytganlaridek senga bitta harf o`rgatgan kishini aslo unutib bo`lmaydi.
III.Yakuniy qism:
a)mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish va rasm asosida matn tuzish.
b)O`qituvchi fazilatlarini tarmoqlash.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantirish.
MMIBDO’ O.Hamzayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |