Mavzu: Usmonli Turklar davlati taraqqiyotida islom dinining o’rni. Reja. Kirish I bob islomlashtrish siyosati



Download 29,19 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi29,19 Kb.
#667470
  1   2
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Usmonli Turklar davlati taraqqiyotida islom dinining o’rni.
Reja.


Kirish
I BOB Islomlashtrish siyosati
1.1. Usmoniy turklarning bolqon yarimorolida islomlashtirish siyosati.
1.2. Usmoniy turklar davlatida islom dinining o’rni, uning ilm-fan san’at, madaniyatda tutgan o’rni
II BOB Usmoniy turklarda me’morchilik va qurulish
2.1. Islom dinining memorchilikga tasiri.
2.2. Turk tarixchisi Metin Kunt Husayinning “1300-1600 yillarda Turkiya tarixi” asarida Islom diniga oid ma’lumotlar.
II BOB
3.1
3.2
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Turklar Islom dinini IX-X asrlardan O’rta Osiyoda yashayotgan paytlaridayoq qabul qilgan edilar. Janub tomon XI asrda siljiy boshlagan turklarning bir shoxobchasi Saljuq boshchiligida Forsda joylashib qolib, 1055 yilda Bag’dodni bosib oldi. Ikkinchi shoxobchasi – g’uriylar Qobulni egallab, u yerda o’z hokimiyatini tashkil etdilar. Boshqa bir kichik shoxobcha Fors va Iroq orqali o’tib, mongollar istilosi davrida Furot daryosining yuqori qismi sohillarida ma’lum vaqtgacha qaror topdilar. U paytda hali musulmonlar o’z e’tiqodlari uchun salibchilarga qarshi jang olib borishayotgan edilar. Hamma jabhalarda – Kichik Osiyoda ham, Shomda ham ko’ngillilarga ehtiyoj sezilardi. Turklarning ko’pgina guruhlari shu mintaqada borib-kelib yurishdi, ayrimlari elxonlar hukmronligi davrida bekliklarni qo’lga kiritdilar. Ana shunday guruhlardan biriga Usmon ismli turk sarkori bosh bo’lib, uning tarafdorlari usmonli turklar deb ataladigan bo’ldilar (keyinroq ularni ovrupocha talaffuzda «usmoniylar» deb nomlay boshladilar). U o’zi boshqargan ko’plab janglardan birida halok bo’lganidan keyin o’g’li Erto’g’rul Ko’nyoning saljuqiy sultoni Alouddin II xizmatiga o’tadi. Jasur jangchilari bilan dong taratgan bu turklarni sulton vizantiyaliklarga qarshi savashda sinab ko’rmoqchi bo’ldi. U Erto’g’rulni Marmar dengizining janubiy sohilida joylashgan So’g’undga bek qilib tayinlab, unga chegara posbonligini topshirdi. 1289 yili Erto’g’rul vafot etgach, qabilaga boshchilik hamda chegara tumaniga egalik qilish uning o’g’li Usmon ixtiyoriga o’tdi.
USMON I (1290-1326 yillar). Usmon usmoniylar davlatining asoschisi hisoblanib, uning nomini turklar hozir ham hurmat bilan tilga oladilar. U o’z xalqini buyuklik darajasiga ko’tarishni orzu qilardi. Saljuqiylar va g’uriylar qo’lga kiritgan yutuqlarni yaxshi bilgan Usmon, nega mening xalqim ham shunday ulug’ taqdirga arzimas ekan, deb o’ylardi. Uning oldida turgan oydin vazifa Vizantiya imperiyasini tor-mor keltirish edi. U G’arbga o’z imperiyasi sifatida qaramoqchi bo’lardi, bunga erishmoq uchun esa xalqiga kuch-quvvat ato etishi zarurligini yaxshi bilardi. U vizantiyaliklarni yengib, hyech bo’lmaganda ularning Kichik Osiyodagi istehkomini – ko’hna Bursa shahrini yoki Nikodemiyani zabt etib, loaqal kichikroq mustaqil bir amirlikka ega bo’lib olgach, Marmara dengizi orqali Triyest tayanch nuqtasini qo’lga kiritishi darkor edi. Usmon o’g’li O’rxon bilan birgalikda ana shularning hammasiga erisha oldi. Sarguzasht ishqibozi bo’lgan ko’pgina musulmonlar, savdogarlar, hatto yahudiylar unga kelib qo’shildilar. Ular madadidan kuch-quvvatga to’lgan Usmon vizantiyaliklarga qarshi bir necha g’azavot urushi olib borishi natijasida Melangnor shahrini zabt etdi va unga Qarjahisar nomini berib, o’z poytaxtiga aylantirdi. So’ngra muhim Bursa qal’asini qamal qildiki, bu shahar 1326 yili, ya’ni uning vafoti yili taslim bo’ldi. Kichik bir davlatiga amir bo’lgan Usmon o’zini mustaqil deb e’lon qilib, jonajon turklarini buyuk maqsad sari boshlab bordi. Ularga intilish va qahramonona harakatlar vasiyat qildi. Uning o’rnini O’rxon I egalladi.
O’RXON I (1326-1359 yillar). O’rxon I Usmonning jasadini katta dabdaba bilan Bursa qo’rg’onidagi cherkovga dafn ettirdi. Shundan buyon masjidga aylantirilgan bu imorat turk sultonlarining dahmasi bo’lib qoldi. O’rxon Nikodemiyani bosib olib, u yerda birinchi turk maktabini ochdi. Ajoyib fazilatlari bilan yaxshi ma’lum Dovud al-Qaysariy unga rahbar etib tayinlandi. O’rxon otasi an’analarini davom ettirib, 1330 yili Filokrin yaqinida vizantiyaliklarga zarba berdi, shaharni egallab, u yerda maktablar hamda sanoat korxonalarini ochdirdi. Millatning haqiqiy bunyodkori sifatida u barcha eski yunon bilimgohlarini saqlab qoldi: ularni Islom tartib-qoidalariga moslashtirib, o’ziniki qilib oldi. Qo’shinlarini qayta qurib, g’oyat iste’dodli dodxoh Qora Xalil Jondorli Xayriddin Poshshoni ularga bosh qilib qo’ydi. Deyarli butunlay otliq askarlardan iborat turk qo’shinlari uchun yangicha poyabzal kiyishni urf ettirdi. «Jonnisorlar» (din uchun o’limga ham tayyorlar) deb nomlangan harbiy qism tashkil qildiki, u keyinchalik shon-shavkati hamda cheksiz sadoqati jihatidan turk qo’shinlarida eng yaxshi qismga aylandi. Uning a’zolari jonnisorlar nomini oldilar. Dastlab qaram nasroniy o’lkalarning farzandlaridan ham ular safiga olishib, alohida imtiyozli sharoitlarda ta’lim berildi. Bu yigitlarning ko’plaridan mashhur dodxohlar yetishib chiqdi, ularning hammasi musulmon sanalardi. Sultonga mutaassiblarcha sodiq kishilardan tashkil topgan bu qism maxsus qo’shin sifatida dong taratdi. Jonnisorlar qariyb uch yuz yil mobaynida yetakchilik qilishib, keyin aynib ketdilar.
O’RXON VA VIZANTIYaLIKLAR. Shu davrga kelib Vizantiya imperiyasi ancha kichrayib qolgandi. Avvaliga saljuqiylar, so’ngra usmoniylar vizantiyaliklarni Kichik Osiyodan surib chiqardilar. Janubi-sharqiy Ovrupodagi Vizantiya imperatorining davlati serblarning kuch-qudratga to’lib kelayotgan davlati tomonidan qulatildi. Bulg’orlar ham hujumga o’tdilar. Vene’iya davlatlarini hamda Genuya Egey dengizidagi bir nechta orolni egalladilar. Ana shunday bir paytda imperator Andronikus III vafotidan keyin (1331 yil) uning bevasi Anna imperator xonim bo’lib, Kantakuzin ismli kimsa esa unga muvaqqat vasiylikni o’z zimmasiga oldi. Tez orada ular o’rtasida kelib chiqqan nizo natijasida Kantakuzin O’rxon I bilan ittifoq tuzarkan, uning qizi Teodoraga uylanib, evaziga vaqtincha olti ming kishilik qo’shin ajratib berishni iltimos qildi. Kantakuzin turk otliq askarlari yordamida Annani yengib, o’z rafiqasi bilan birgalikda imperatorlikka ko’tarildi. To’rt yil o’tib, 1349 yili serblar Vizantiyaga qarshi qo’lga qurol olganlarida imperator Konstantinopol malikasi bilan birgalashib, ikkinchi bor turk qo’shinlarini yordamga chaqirishdi. O’rxon yana yigirma ming otliq va piyoda askarlari bilan madadga keldi. To’rt yildan keyin Kantakuzin imperator xonim Annaning balog’atga yetgan o’g’li Jon Paleolugos bilan janjallashib qolib, tag’in qaynotasidan ko’mak so’rashga majbur bo’ldi. Bu gal u O’rxonga mamlakatning Xallesponta deb atalgan Ovrupo qismidagi Tzimpe qal’asini ishonib topshirdi. O’rxon o’z o’g’li Sulaymonga vakolat berib, kuchli harbiy qism bilan shu qal’aga jo’natdi. Tadbirkor yigit Sulaymon zilzila sababli Gallipoli qal’asi vayron bo’lganligidan foydalanib, uni ham egalladi. Kantakuzin bunga noroziligini bayon qilganida O’rxon tez-tez ko’rsatilib turilgan yordam oldida shu xaroba qal’ani arzimagan narsa, degan fikr bildirdi. Bunday muomala aslo ma’qul tushmagan imperator to’polon ko’tarib, nasroniy do’stlari – serb va bulg’or qirollaridan yordam so’raganida ulardan rad javobni oldi. Bu voqyea vizantiyaliklarning Kantakuzinga nisbatan g’azabini alanga oldirib yubordi. Uni sotqinlikda ayblashib, taxtdan voz kechishga majbur qildilar. Fursatdan foydalanib, Jon Paleolugos turklar qal’ani tark etishlari uchun jon kuydirdi, lekin uning bu rejasi ro’yobga chiqolmay qoldi. Chunki turklar u yerda mahkam o’rnashib olgan edilar. Ular hozir ham shu yerda muqim yashab kelishyapti. Sulaymon otidan yiqilib qazo qilganida O’rxon juda qattiq kuyindi. Uning o’zi sevimli o’g’lidan bir yil keyin, 1359 yilda vafot etdi. U yaxshi rahnamo, buyuk tashkilotchi, ajoyib ma’mur va millatning vujudga kelishida haqiqiy bosh bo’lgan kishi edi.
MUROD I (1359-1381 yillar). O’rxon o’rniga Onodo’lida xizmat qilayotgan paytidayoq Angorani egallagan ikkinchi o’g’li Murod keldi. O’rxon vafotidan keyin savdogarlarning oqiy birlashmasi yordamiga tayangan onodo’liliklar qo’zg’olon ko’tarishdi. Murod tezda orqaga qaytib kelib, qo’zg’olonni bostirgach, Triyest dovonidan oshib o’tib, Demostikeni o’ziga qarorgoh qilib belgiladi. Shu yerdan turib u Bolqon shahzodalariga qarshi ko’plab chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Murod 1362 yili Adrianopolni zabt etib, poytaxtga aylantirgach, Konstantinopolni Bolqondan ajratib oldi. So’ngra Bolqon knyazliklarini ketma-ket qo’lga kirita bordi. Uning Evrenos va Lala Shalin ismli dodxohlari Tchorlu va Kirk Kilissa qal’alarini egallashdi. Endi qo’shin tortib kelish navbati Vizantiya imperatoriga yetgan edi, biroq Murod Eski Bobo bo’sag’asida uni mag’lubiyatga uchratib, Filippolini ham qo’lga kiritdi. U hujumni to’xtatmagan holda Bolqon tog’larigacha bo’lgan barcha yerlarni bosib oldi. Shu bilan Murod Bolqon xalqi qalbiga titroq soladigan rahbarga aylandi, bulg’or qiroli Shisham esa tovon, soliq to’lashga ham rozi bo’ldi.


Download 29,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish