I Asosiy qism.Bolqon Yarim orolida islom dinini tarqalishining ayrim jihatlari. Bolqon hududlarida XIX asrda aholining diniy tarkibi musulmonlar foydasiga ahamiyatli tarzda o’zgargan: Albaniyada musulmonlar butun mamlakat aholisining 70 % ni, Kosovada – 72 % ga yaqini, Makedoniyada – taxminan 40 % tashkil etgan. Bu davrda usmoniylar hududlarida mahalliy aholini islomlashtirish jarayoni kechadi. Islom dinini qabul qilgan mahalliy aholi Bolqon yarimorolining asosiy qismini tashkil etgan.
Bolqon yarimorolida islom dinini yoyish murakkab jarayonlar bilan parallel ravishda kechib, bolqon aholisining musulmon va xristian diniy vakillari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar asosida kechgan7.
Birinchi o’rinda islomlashtirish bolqon aristokratlarining usmoniylar feudal sinfi ta’sirida o’sishi bo’lgan. Qora dengizdagi (1371-yil) usmoniylarning g’alabasidan so’ng vizantiyalik imperatorlar, Bolgariya podshosi Ivan Shishman, Prilepi hukmdori qirol Marko, Kyusdentil, Petrich va Strumislar egasi Konstantin, Salonikadan shimolda yastangan yerlar egasi bo’lgan Bogdan Jupanlar usmonlilarga o’z vassalliklarini izhor qilishadi. 1389-yilgi Kosova jangidan va knyaz Lazarning vafotidan so’ng uning marosxo’ri Stefan Lazarevich Boyazid I ni o’z syuzereni sifatida tan oladi va harbiy yurishlarda unga jangchilar yetkazib berish majburiyatini oladi. Mahmud I Chalabiy davrida Janubiy Albaniya usmoniylar imperiyasiga bo’ysunar edi, Markaziy hamda Shimoliy Albaniya feodallari avtanom ma’muriyatini saqlab qolishgan bo’lsada, amalda ular ham usmoniylar vassali edi. Shuningdek bosniyalik feodallar Pavlovich, Sandal Xranich va shaxsan qirolning o’zi ham usmoniylar vassaliga aylanishgan edi. Chernagoriya hukmdori Ivan Chernoevich ham o’zini vassal sifatida tan oladi. Vassal Bolqon feodallarining harbiy otryadlari usmoniylar istilochilarining harbiy qo’shinini to’ldirishgan.
Usmoniylarga vassal qaramlikka tushib qolgan Bolqon feodallari o’z hokimiyatini saqlab qolish maqsadida doimiy tarzda ularning lenchilariga, xristian-sipohiylarga aylanib qolishgan. Ulardan ba’zi birlari islomni darhol qabul qilishgan. Misol uchun alban feodallarining ko’pchiligi va Ivan Chernoevichning 1496-yilda Skandarbek Chernoevich nomi bilan taxtga o’tirgan o’g’li shunday qilishgan.
Bolqon aristokratlarining istilochilarga qo’shilishi nafaqat qurol kuchi bilan, balki ular o’z feudal kuchlarini saqlab qolishga uringanligi uchun ham sodir bo’ladi.
Bolqon xristianlari orasidagi g’oyaviy tanazzul oliy feodallarga chuqur ta’sir ko’rsatadi. Ko’rib o’tilayotgan davrda Albaniya feodallari diniy asosda bo’linib ketgan va provaslav hamda katolik oqimlariga parchalangan edi. Bosniya feodallarining ko’pchiligi mahfiy ravishda bogomillik tarafdorlari edilar, shu qatorda ular provaslav cherkovi bilan kelishmagan holda diniy erkinlik axtarishar edilar. Bu inqiroz usmoniylarning g’olibona istilochiliklaridan so’ng yanada kuchaydi. Bolqon feodallari bu holatdan chiqish yo’li istilochilar bilan yaqinlashish deb hisoblashadi.
Albaniya va Makedoniyadagi eng birinchi sipohlar islomni qabul qilgan mahalliy feudal aristokratlar orasidan chiqadi. Sanjoq Arvanidning 1432-yilga taluqli daftarida 50 % dan ko’proq vassallarni sulton va beylar qullari deb atalgan hamda islomni qabul qilgan alban feodallari tashkil etgan. Shkodren sanjoqligida islomni qabul qilgan Ayazbey va uning o’g’li Kuke o’nlab yirik len hukmdorlaridan biri bo’lishgan9.
1485-yilda bu sanjoqlikdagi 107 ta tumordan yettitasi musulmon-albanlar edi: Xazir Yovan, Xasan Arnaut, Mustafa Xrach, Xasan Marin va boshqalar. Debrsk sanjoqligida 1467-yilda 8 % ga yaqin tumor egalari islomga o’tgan mahalliy feodallar edi. Hatto Dergoz qal’asida ham odatiy usmoniylar okupatsion garnizoni bo’lmagan, qal’ada hizmat qilayotganlarning yarmida ko’pi islomni qabul qilgan mahalliy aholi vakillari edilar.
1440-yildan 1456/57-yilgacha bo’lgan davrdan Makedoniyaning ba’zi bir viloyatlarida tumoriylar ro’yxati mavjud bo’lgan, harbiy lenlarning asosiy qismini xristian-sipohlar tashkil etgan, lekin qayd etish kerakki mahalliy feodallar bu yerda islomni qabul qilgan jarayon kuzatilmagan. Faqatgina bir necha yildan so’nggina, len egalarining yangi ro’yxati tuzilganda (1467/68-yillar) feudal sinflarning etnodiniy tarkibi o’zgarganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Yangi ro’yxatda tumoriy-musulmonlar hisobiga xristian-sipohlar soni ko’payganligini kuzatish mumkin. Ular “yangi musulmonlar”, “Abdulloh o’g’illari” deb ro’yxatga qayd qilingan. Ko’rsatilgan yilda Kalkandelen (Tetova) viloyatida shunday “yangi musulmonlar” mahalliy feodallar ichida umumiy sipohlar sonining 7 % ni tashkil etgan. O’zining xristianlik e’tiqodini faqat bir sipoh saqlab qolgan. Skapsk viloyatida islomni qabul qilgan tumorlar 4 % ni tashkil etgan, Kichevskda ularning soni 85 % ga yetgan. Prilepsk viloyatida xuddi shu yilda qayd etilgan daftarga ko’ra xristian-sipohlarning soni 30 % ga qisqargan.
Islomlashtirish jarayoni shuningdek Kosovada ham sodir bo’lgan. Daftarda birinchi qayd etilgan Vuk viloyatida 1455-56-yilda yozilgan 170 tatumor egalaridan 27 tasi xristian-sipoh bo’lgan, bu 16 % ga yaqin degani.
Bolqon feodallarining islomga o’tish jarayoni ancha faol tarzda kechgan.
Bolqon xristianlari otryadlaridan foydalangan usmoniylar davlati istilochilik yurishlari hududiy vassallik holati davriga o’tila boshladi. Bolqon yarimorolini to’liq istilo qilgach usmoniylar hokimiyati endi kuch bilan mustaqillikdan mahrum qilingan aholini o’zining qurolli kuchiga aylantiradi. Ular usmoniylar imperiyasining harbiy holatida ahamiyatli qismni tashkil etishgan. Biroq bu ikkinchi etapda bolqon harbiylarining ishtiroki islomning Bolqon yarimorolida keng yoyilishi va aholining islomlashish hamda assimilyatsiyalashuvi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Usmoniylar imperiyasining istilochilik harakatlari ko’payishi natijasida usmoniylar armiyasi tarkibida Bolqon yarimorolining qaramlikka tushib qolgan aholisidan iborat jangchilar soni ham ko’payadi10.
Bolqonni egallab olishda va turk-musulmon kolonizatsiyasini tashkil etishda ko’chmanchi yuryuklar alohida ahamiya kasb etgan. Usmoniylar jamiyatining asosiy qismi istilochilik davri boshlangach aholi ko’chmanchi hayotni tark eta boshladilar. XIII asrda Old Osiyo va Erondan Kichik Osiyo tomonga boshlangan migratsion to’lqinlar ularni nafaqat yangi ko’chmanchi qabilalar balki, o’troqchilikka o’tgan qabilalar bilan ham to’ldiradi.
Bolqon feodallarining islomga o’tish jarayoni ancha faol tarzda kechgan. Bolqon xristianlari orasidagi g’oyaviy tanazzul oliy feodallarga chuqur ta’sir ko’rsatadi.Bolqon aristokratlarining istilochilarga qo’shilishi nafaqat qurol kuchi bilan, balki ular o’z feudal kuchlarini saqlab qolishga uringanligi uchun ham sodir bo’ladi. Bolqon yarimorolida islom dinini yoyish murakkab jarayonlar bilan parallel ravishda kechib, bolqon aholisining musulmon va xristian diniy vakillari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar asosida kechgan.
Usmonli Turklar davlatida islom dinining o’rni,uning ilm fan san’at va madaniyat xususan memorchilikda tutgan ro’li.
Har qanday tarixiy xodisa bo’lganligi singari islom diniga ham ijtimoiy hayotdagi va madaniyatdagi hodis sifatida qarash lozim.
Arab xalifaligida Usmoniylar impriyasida islom asosiy din sifatida mavjud bo’ldi. Islom bu yerda faqat din emas, umusulmonlarning hayotiga tuliq kirib borgan ,inson faoliyating mafkuraviy ,huquqiy ,siyosiy,mamuriy,qidirov-jazoviy,harbiy sud va maishiy sohalirini qamrab olgan edi.Musulmonlarda faqat diniy tashkilot va odatlargina bir xil emas.qonunchilik sud va jazo tizimi ,armiya ,maktab-bularning hammasi islom prinsiplariga asosan faoliyat yuritgan.Chunki islomboshqa dinlardanfarqli ularoq ,paydo bo’lgan paytdan boshlab siyosiy hokimiyat uchun kurash olib bordi. Boshqa dinlarda bo’lgani singari davlat diniga ayanmasdan (masalan xristiyanlik davlat diniga aylanish uchun 400 yil kerak buldi) islimda xalifalik ko’rinishidagi davlat tuliq diniy tamoyillar asosida shakillantirildi.
Shuning uchun islom dini jamiyat va shaxs hayotining hamma jabhalarini qamrab olgan dinga aylandi.
Usmonlilar imperiysida shariyat islohatlari 1908-1909 yillardagi ’’ yosh turklar’’ inqilobidan kiyin boshlandi
Eronda esa 1905-1911 yillardagi inqilobdan kiyin boshlandi.
XVI asrda xristianlikda bo’lgan reformatsiya singari tuliq islohat islomda amalga oshmadi .
Shunday qilib islom musulmonlar hayoti va faoliyatining barcha sohaliga kirib borgan,musulmon jamiyating barcha institutlarini qamrab olgan edi.
700 yildan ko’proq davom etgan usmoniylarning buyuk tarixi kulankasi va bu imperiyaning asosi bo’lmish islom tasiri Turkiyani haligacha tark etmai. Usmoniylar imperiyasi musulmon olamida o’zining 2 ta o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Birinchidan bu dunyo tarixidagi xalifalar orasidagi arablar tomonidan boshqarilmagan yagona xalifalik, ikkinchidan aynan usmoniyar imperiyasi davrida musulmonlar uchun umumiu o/zlik hisoblanmish Umma deyarli millat darajasiga ko’tarild,bunga sabab imperiyaning tenglik aosida tashkil qilinganligi , har xil millatga tegishligiga qaramasdan barcha musulmonlarning teng huquqliligi va uning uzoq davom etgan shonli tarixi sababdir.
Imperiyaga xos bo’lgan umumiy xususiyatlardan biri bu-imperiyaning rasmiy tiliUsmonli turk tili edi.Bu til fors va arab tillariga katta tasir ko’rsatgan .Usmonli turk tili imperiyaning tashkil topishidan to oxirgi yillarga qadar davom etgan xarbiy til edi.Biroq imperiya hududlarida juda ko’p laxjalar mavjud edi ular orasida:bosniya ,alban, yunon , lotin , yahudiy , ispan tillaridan olingan til edi.Davlat idoralariga muroojat qilish uchun Usmonli turk tilidan foydalanish kerak edi.Bundan tashqari , imperiya katta ahamiyatga ega bo’lga 2 ta qo’shimcha til mavjud edi . Ulardan biri fors tili bulib ularda yuqori malumotli odamlar so/zlashar edi . Arab tilidan esa arabiston , iroq , quvayt va shimoliy afrikaning bazi joylarida ibodat qilish uchun islomchilar foydalangan
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki turklar islom dinini \\\
Imperiyaga asos solishdan ancha oidin 9-10 asrlarda
Orta osiyoda yashayotgan paytdayoq qabul qilgan edilar…u
Usmonli turklar imperiyasi tashkil etilgach islom dini davlat darajasiga kotarildi boshqa mintaqalarga ham yoyildi . usmohli turklar hatto bolqon yarim orolida isiom dinini yoyish maqsad ida harbiy yurishlar uyushtirdi. Usmonli turklar davlatida islom dini faqat din emas balki islom usmonlilar hayotiga toliq kirib bordi. Inson mafkurasining asosi va huquqiy - siyosiy qonunchiligi sud va jazo tizimi maktab .armiya bularning bari islom qoidalari asosiga qurilgan Edi. Imperiyada sultondan keyin eng yuqori davlat lavozimi egalaridan biri shayxul islom hisoblangan .yevropada ;turk’’ va musulmon atamalarining sinonimga aylanib ketganligi ajablanarli emas edi. Usmonlilar o’zlarini malum bir millat vakillari emas balki birinchi navbatta musulmonlar deb hisoblardilar. Usmonlilar islomning suniylik mazhabida edilar. Islom dini nafaqat usmonlilar mafkurasiga balki adabiyot. Sanat .memorchiligiga xam juda kuchli tasir korsatdi. Boshqa islomiy mamlakatlarda bolgani singari kabi usmonlilar imperiyasida ham asosiy talim dargoxi madrasa edi. Madrasalarda islom olamining boshqa joylaridan kelgan talabalar ham oqitilardi. Bu davrda usmonlilar im egalari boshqa mamlakatlarda xam katta hurmat . etiborga sazovor bolgan. Bu davrda barcha ilm axli istambul shaxriga intilardi .imperiyada oldin islom talimotinining asoslari va islom davlatlarining yutuqlaridan namuna olindi, keyinchalik bu turklar madaniyati bilan birga hayotga tadbiq etildi, uni zamon ruxiga mos tarzda yanada boyitdi. Hatto 18 asrda ruxoniylarning obroyi kuchayib aloxida tabaqani shaklantirdi. Bu davrda deyarli davlat muassaslari va sulton faoliyati xam diniy toifa vakillari nazorati ostiga otdi. 700 - yil mobaynida islom dini usmoniylar imperiyasida gullab yashnadi rivoj topdi.
Turk tarixchisi Metin Kunt Husaynning asarida
Islom diniga oid malumotlar.
Usmoniylar imperiyasida suniylik tushunchasiga zararli hisoblangaan barcha ilmlar, falsafa va yangiliklarga nisbatan munosabat keskin ozgardi. Bunday munosabat natijasida davrning ilmiy darajasi tez pasayib keta boshladi. Boshqa tomondan davlat tomonidan qabul qilingan mazhabini mustaxkamlash maqsadida 1537- yildan boshlab yangi chora tadbirlar korildi. Va quyidagicha sanab otish mumkin; 1.bu diniy talablar yoki dinga hurmatsizlik korsatganlar , payg’ambarimizning so’zlariga shubha qilganlar kofir hisoblanib o’ldirildi.2 Har bir qishloqda masjid qurilishi va jumanamziga borishi borishi talab qilindi. 3 .Davlat tomonidan qabul qilingan sunniy qarashning kuchayishiga yordam berish maqsadida bazi ko’ngil ochar joylar yopildi. Noto’g’ri etiqodga ega ekanligi iddao qilingan bazi darveshlar istanbuldan haydaldi. May sharob tayorlovchilar xam qattiq taqib ostiga olindi. Bangi va mast kishilar
Hibsga olindi. Dunyoni islox qilish uchun namoz o’qish , namozni davom ettirish talab qilindi, xalq haq va shariatga tobe boidi. Ularning har biri yaxshi kongil va xotirjamlik bilan yomon narsalarni tark etib , shariatga yuzlandi. Xaromni tark etib farz va vijibni ado etdilar. SHunday qilib , ular alloxning amr va taqiqlariga bo’ysundilar, payg’ambarimiz sunnatlariga ergashdilar. Shundan so’ng ashula va o’yin kulgular o’rniga ahli iymon ohanglari yig’inlarida , oqsoqollar va ulug’lar majlislarida alloh taolaga hamd , payg’ambarimizga salovotlar , tasbex ohanglari yangraydi. Musulmonlar yuzlari yorug’ bo’ldi . Bularning bari sultonning hayoti , davlati , baxti uchun duo qildilar.
Islom dininining memorchilikka tasiri.
Usmoniylar imperiyasi tarixiy jixatdan islom asoslariga muvofiq boshqariladigan musulmon davlati edi. Mamlakatda slom dini rivoj topgani sayin masjid va madrasalalar qurilishi ko’paydi. XV -XVI asrlarda turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar tajribasidan foydalanish asosida o’ziga xos ajoyib arxitektura obidalari yaratildi. Sultonlar diniy va dunyoviy feodallar , vaziirlar o’zlarining ulug’vorligini saroy va masjidlar qurish bilan ko’rsatishga intildilar va shuning uchun qurilish soxasini qollab quvatladilar. Ajoyib maemorchilik inshoatlarini yaratishda asli millati yunon bo’lgan me’mor xoja Sinon katta rol o’ynadi. U yaratgan obidalarning eng yuqori choqqisi va jaxon me’morchiligining eng yuqori choqqisi Edirnadagi Salim va Istambuldagi Sulaymon masjidlaridir. Sinon tomonidan jami 360 dan ortiq memoriy inshootlar qurildi. Shulardan 84 ta masjid , 52 ta madrasa 7 ta maktab 22 ta maqbara 48 ta ta hammom qad rostlagan. Sinon bu davrda osiyoda birinchi bolib ;barrokko’’ usulini qollagan usta edi. Usmoniylar imperiyasida naqqoshlik va miniatura sanati xam yaxshi yo’lga qoyilgan edi. Yevropa va Arab arab madaniyatiga qaramasdan XV- XVI asrlarda turk madaniyati asosan milliylik va o’ziga xoslikni saqlab qola oldi. XVI- asrda madaniyatning turli jabxalarida juda ko’plab ishlar amalga oshirildi. CHunki musulmonlar Arab xalifaligi davridayoq, o’zinining boshqalarga o’rnak bo’lsa arzigulik madaniyatga ega edilar. Oddiy turmush sharoitida ham bir ishga yuksak did va etibor bilan yondashish xusu san sanat, xattotlik xamda xusnixat sanatini sevish , qurilish va memorchilik soxasida o’ziga xos yuksak mavqega yetishish davlat dini islom bo’lgan mamlakatlar qatori Usmoniylarda xam yaqqol ko’zga tashlanadi.
\\\
\\\\
73
99 Орешкова С.Ф. “Османская империя” Москва-1986 c. 107
1010 Орешкова С.Ф. “Османская империя” Москва-1986 c. 109