Mavzu: URUG'LIK PAXTA SIFATIGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
2.1.Urug’lik paxta tolasini ishlab chiqarish.
2.2.Urug‘lik chigitining tola qoldig‘ini aniqlash.
2.3. Urug’lik paxta xom ashyosini yig’ib-terib olish va saqlash.
2.4.Urug’lik paxta tolasini sifatini aniqlaydigan labaratoriya markazlari.
2.5. Qo’lda va mashinada terilgan paxtadan urug’lik paxtani tanlash.
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish ishlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazib borsin
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Respublikamiz mustaqilikka erishgach, paxta tolasi va undan mahsulot ishlab chiqarish miqdorini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, biz jahon bozorida iste’molchilarni o‘zimiz tanlash va mahsulotlarni haqiqiy qiymatida sotish imkoniyatlarini ham qo‘lga kiritdik.Dunyo bozorida mahsulotlarni sotish katta imkoniyatlar berish
bilan birga, ishlab chiqaruvchi zimmasiga mas’ul vazifa, ya’ni ish lab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minla sh ni ham yuklaydi. Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi va uning mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, dunyo stan dartlari talablariga javob berishi ularning jahonda xaridorgir bo‘li shining asosiy omilidir.Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Liverpul (Angliya), Bremen (Germaniya), Gdansk (Polsha) birjalari kabi xalqaro tashkilotlar va paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitalarga a’zo
bo‘lgan. Ular bilan hamkorlikda respublikamizda har yili ishlab chiqarilayotgan 1,1—1,2 mln
tonna paxta tolasi sifatini aniqlash va 0,81 mln tonna tola eksport qilish ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 50 % ni qayta ishlash bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ushbu yo‘nalishda «O‘zbek yengil sanoat» aksionerlik kompaniyasi Yevropa ittifoqi, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan samarali ishlar olib bormoqda. To‘qimachilik sanoatiga investitsiya (sar moya) kiritish hisobiga bir qancha qo‘shma korxonalar qurildi. Umuman, paxta tolasini qayta ishlashni oshirish hisobiga milliy daromadimiz ham bir necha bor ko‘paydi.Respublikamizda paxtachilikning eng ko‘p iqtisodiy samara berishini
ta’minlash uchun paxta tolasi va paxtani qayta ishlashdan olinadigan boshqa shu kabi mahsulotlar sifatinibelgilash yo‘nali shida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
o‘rtasida paxta loyihasi bo‘yicha konkret tadbirlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston «Sifat» markazi va viloyatlarda uning hududiy laboratoriyalari tashkil qilindi. Ularda paxta
tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining toyma toy sifat ko‘rsat kichlari aniqlanib, sertifikat berilmoqda. Bu ishlarda zamonaviy tizimlardan HVI (High Volume Instrument) va laboratoriya asboblaridan foydalanilmoqda. Xuddi shunday
ishlar, ya’ni paxta tolasi va uning mahsulotlari sifatini aniqlash paxta terminallarida va to‘qimachilik korxonalarida ham amalga oshi rilmoqda.
Bunday zamonaviy markazlar va laboratoriyalar bilan tanishish barkamol avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Kasb hunar kollej o‘quvchilari, talabalar va shu soha xodimlari paxta va uning mah sulotlari sifatini
aniqlash usullarini o‘rganib, shu yo‘nalish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun
katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday vazifalarni bajarishda ushbu darslikdan foy dalanish, shubhasiz, o‘zining ijobiy samarasini beradi, deb o‘ylaymiz.Ushbu kitobni yozishda mualliflar o‘zlarining ko‘p yillik pedagogik faoliyatlaridan, fan yutuqlaridan, ilmiy-amaliy tajriba laridan, stan dartlardan,
Respublikamizda paxta va uning mahsu lotlari sifatini aniqlashning zamonaviy usullaridan foyda landilar. Mualliflar soha bo‘yicha ma’lumotlarni to‘ldirishdagi amaliy yordami uchun N. Sali movaga minnatdorchilik bildiradilar. Kitob ushbu yo‘nalishda birinchi marta yozilayotganligi bois ayrim kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu borada bildiriladigan har qanday fikrmulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qilib, kelgusi ishlarda inobatga oladilar.
O‘zbekistonda paxtachilik va bu qimmatbaho toladan gazlama to‘qish bilan bundan ikki ming yillar oldin ham shug‘ullanilgan. Antik mualliflarning ma’lumotlari, shuningdek, Farg‘ona vodiy sidan topilgan ko‘mirga aylangan paxta tolasi bu fikrni to‘liq tasdiqlaydi. Arxeologlar yo‘nib ketgan uyumdagi uy-ro‘zg‘or idishlari ichidan kulga aylangan paxta chiqitlarini topish baxtiga muyassar bo‘lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan qunt bilan tekshirilgan. Ularning ta’kidlashicha, bu topilma eng qadimgi paxta naviga mansubdir. Shunday qilib, Vatanimizda pax ta chilik bi lan shug‘ullanish qadimdan ma’lum bo‘l ganligi aniq dalillar asosida tasdiq langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |