Qumni ikkinchi marta ishlatish mumkin, lekin buning uchun uni yana yuvish va qizdirish kerak. Urug‘lami undirishdan oldin har doim xonani, termostat va o‘stirish idishchalarini formalin eritmasi (bir qism 40 %li formalinga 8 qism suv qo‘shib) bilan dezinfeksiya qilish zarur. Bitta namunadagi urug‘lami undirish uchun o‘stirish idishchasidagi qumni tekislab, namlash va urug‘lami bir oz siyrak qilib tekis terib chiqish kerak. Shundan keyin terib qo'yilgan urug'lar yassiroq narsa bilan sekin bosib qumga botirib qo'yiladi. Urug‘lami to‘g‘ri terish uchun maxsus markyor yoki schyotchik raskladchikdan foydalaniladi. Urug‘lar suzgich qog‘ozda undiriladigan bo‘lsa o‘stirish vannasining tubiga yoyiladigan suzgich qog‘oz namlanadi va urugMar xuddi yuqoridagi tartibda terib chiqiladi. Har bir idishchaning ustiga oyna yopib qo'yiladi. Agar idishchalar ustma ust qo‘yiladigan bo‘lsa, faqat ustkisining og‘zi oyna bilan yopiladi. Urug‘larni undirish vaqtida o‘stirish idishchasidagi qum to‘la nam sig‘imining 60 % gacha, dukkakli o‘simliklar uchun 80 % gacha nam holda saqlanadi. Filtr qog‘ozli o‘stirish idishchasi qurib qolmasligi uchun doim me’yori bilan namlab turiladi. Har qaysi o'stirish idishchasiga namuna va proba raqami, urug‘larning unib chiqish qobiliyati hamda unuvchanlikni aniqlash vaqti oddiy qora qalam bilan yozilgan yorliq solib qo'yiladi.