Urug’ partiyasi- biror ekin, nav, reproduksiyaning toza nav kategoriyasidagi, ma’lum fizikaviy sifatlarga ega bo’lgan, ma’lum yilgi hosildan va bir tur o’simlikdan olingan muayyan og’irlik miqdoridagi urug’dir. Bularning hammasi urug’ partiyasiga kushib beriladigan xujjatlarda tasdiqlangan bo’ladi. Urug’ partiyasi katta bo’lsa, ayrim qismlarga, ya’ni nazorat birliklarga bo’linadi. Har xil ekinlar urug’ining partiyasi turli katta-kichiklikda bo’ladi. Urug’ partiyasining og’irligi ko’rsatilgan nazorat birligidan ortiq bo’lsa, bu partiya ikki yoki undan bo’lsa nazorat birlikka bo’li- - Urug’ partiyasi- biror ekin, nav, reproduksiyaning toza nav kategoriyasidagi, ma’lum fizikaviy sifatlarga ega bo’lgan, ma’lum yilgi hosildan va bir tur o’simlikdan olingan muayyan og’irlik miqdoridagi urug’dir. Bularning hammasi urug’ partiyasiga kushib beriladigan xujjatlarda tasdiqlangan bo’ladi. Urug’ partiyasi katta bo’lsa, ayrim qismlarga, ya’ni nazorat birliklarga bo’linadi. Har xil ekinlar urug’ining partiyasi turli katta-kichiklikda bo’ladi. Urug’ partiyasining og’irligi ko’rsatilgan nazorat birligidan ortiq bo’lsa, bu partiya ikki yoki undan bo’lsa nazorat birlikka bo’li-
- nadi. Ularning har qaysisidan o’rtacha namuna olinadi. O’rtacha namuna urug’ partiyasi yoki nazorat birlikning turli joyidan (chuqqurroqdan) olinadi. Namuna qisqacha, ba’zan qo’lda quyidagi miqdorda olinadi:
- 1. O’n qopdan iborat urug’ partiyasidan namuna har bir qopning uch joyidan usti, o’rtasi, tagidan; 25 tagacha qopdan iborat partiyadan har bir qopdan; 100 tagacha qopdan iborat partiyaning har qaysi beshinchi qopidan va 100 tadan bo’lsa qopdan iborat partiyadan namuna olish joyini navbatlashtirib, har qaysi uninchi qopdan olinadi.
Namuna olish uchun maxsus qop shupi ishlatiladi. Yirik urug’li ekinlar va kam to’kiluvchan urug’lardan namuna qop og’zini ochib, konussimon shup bilan olinadi. - Namuna olish uchun maxsus qop shupi ishlatiladi. Yirik urug’li ekinlar va kam to’kiluvchan urug’lardan namuna qop og’zini ochib, konussimon shup bilan olinadi.
- 2. Avtomashina va aravalardan namunalar konussimon shup bilan beshta har xil joydan va uchta chuqurlikdan, jami 15 taga yetkazib olinadi.
- 3. Omborlarda konussimon shup bilan besh joydan: burchaklardan, o’rtadan va 3 ta chuqurlikdan, ya’ni yuzadan, 10 sm chuqurlikdan, o’rtasidan va poldan 10 sm balandlikdan, jami 15 taga yetka-zib olinadi.
- Nazorat birlikdan ortiq bo’lmaydigan urug’ partiyasi saqlanayotgan bo’lsa, bir nechta omborning har qaysisidan 15 tadan namuna olish kerak. Har qaysi nazorat birlikdan olingan namuna birga qo’shiladi va shu tariqa asosiy namuna hosil bo’ladi.
- Namunalarni birga qo’shishdan avval ularning har biri alohida qog’oz yoki faner taxtalarga to’qilib, ko’rib chiqiladi. Namunalar iflosligi, rangi, hidi, navligi yoki boshqa belgilari bilan bir-biridan katta farq qilsa, ular birga qo’shilmasdan, partiya ikkita yoki undan bo’lsa nazorat birliklarga ajratiladi va shularning har biridan asosiy namuna olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |