Hinduiylikning ta’limoti va marosimlari - yangi diniy ta’limot – hinduiylik vujudga kelgan. Uning shakllanish jarayoni milodiy I asrga kelib yakunlangan va Hindistonda keng yoyilishi milodiy IV–VI asrlardagi Guptalar imperiyasi davriga to‘g‘ri kelgan.
- Buddaviylik bilan hinduiylikning raqobat kurashi uzoq davom etgan. Faqat X asrga kelib, buddaviylik Hindistondan uzil-kesil siqib chiqarilgan.
- Yangi dinni «hinduiylik» deb atash VIII asrda islom dinining Hindistonda yoyilishi bilan bog‘liqdir. Islom dinini qabul qilmagan aholini mahalliy musulmonlar «hindilar» deb ataganlar va keyinchalik ilmiy adabiyotda yangi din tarafdorlari «hinduiylar» deb atala boshlangan.
Hinduiylik Hinduiylik - «arya-dxarma» (oriylar qonuni)
- «sanatana dxarma» (abadiy qonun) deb ataganlar.
- Hinduiylik Hindistonda qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan barcha din turlarini, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’ana va udumlarini qabul qilgan. Ushbu din buddaviylikka ko‘p jihatlari bilan o‘xshash bo‘lsa ham, kasta tizimini muqaddaslashtirganligi, mahalliy urf-odatlar va an’analarni, afsonalar, rivoyatlar va bayramlarni qabul qilishi va boshqa jihatlari bilan undan farq qilgan. Shu bois, haqli ravishda, hinduiylik «hind turmushtarzi» deb ataladi.
Hinduiylik ta’limotining kengligi, rang-barangligi sababli Sanskrit tilida yozilgan vedalar, braxmanlar matnlari va upanishadalar muqaddas bitik sifatida qabul qilingan. - Hinduiylik ta’limotining kengligi, rang-barangligi sababli Sanskrit tilida yozilgan vedalar, braxmanlar matnlari va upanishadalar muqaddas bitik sifatida qabul qilingan.
- Vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni anglatadi) miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalaridan miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarigacha she’riy uslubda yozilgan diniy-adabiy yodgorlik
- Braxmanlar matnlari ham hinduizmning muqaddas bitiklaridan biri
- upanishadalar (sanskrit tilida – sirli ta’limot degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, diniy falsafiy asarlar to‘plami hisoblanadi.
- Unda vedalar sharhlangan, dunyoning paydo bo‘lishi, materiya va ruhning munosabatlari, xudolarning mohiyati kabi masalalar tahlil qilingan. Upanishadalar matni Hindistondagi boshqa muqaddas bitiklar singari juda uzoq vaqt davomida to‘plangan.
- Uning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi VIII–VI asrlarda yaratilgan.
- muqaddas yozuvlarni o‘rganishga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha adabiyotlar yaratilgan. Ulardan biri sutralar deb ataladi.
- Sutralar diniy ta’limotning juda qisqa bayoni bo‘lib, avloddan-avlodga og‘zaki tarzda o‘tib kelgan. Uning mazmunini tajribali ustozning yordamisiz tushunish juda qiyin bo‘lgan. Sutralarning asosiy qismi diniy marosimlarga bag‘ishlangan. Shuningdek, ularda hukmron kastalarning yashash qoidalari va kundalik diniy majburiyatlar bayon qilingan.
- o‘quv matnlar shastralar ham vujudga kelgan. Shastralar she’riy uslubda yozilgan bo‘lib, diniy ta’limotning turli sohalaridan bilim beradi.
- Ular orasida eng mashhuri axloq qoidalariga bag‘ishlangan «Manu qonunlari» (Manava-dxarma-shastra) hisoblanadi.
- Hinduiylikning muqaddas yozuvlari sifatida «Mahobxorat» va «Ramayana» dostonlari ham qabul qilingan.
- «Mahobxorat» dostonining matnlarini to‘plash miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi va bu jarayon bir yarim ming yil davom etgan. Dostonning dastlab hinduiylik ta’limoti bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi, lekin ruhoniy braxmanlar uning matniga diniy mazmundagi ko‘plab lavhalarni kiritganliklari tufayli u diniy qonunlarni o‘rgatuvchi asar – dxarmashastriga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |