§. Til o‘rta «y» undoshi tavsifï
«Y» fonemasi — til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor undoshi (og‘iz sonanti). Bu undosh so‘z boshida (yil, yo‘q), o‘rtasida (bayram, vayrona) va so‘z oxirida (boy, to‘y) qo‘llanadi, «i» unlisidan so‘ng qollanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi12.
«Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo‘llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi — orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo‘l (qol) —yo‘l (yel), quvmoq (quvmaq) — yuvmoq (yüvmoq) kabi.
§. Sayoz til orqa undoshlari tavsifï
«K» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (katta, kiyim), o‘rtasida (aka, tikari) va oxirida (o‘rdak, go‘dak) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g»ga o‘tadi; kovak > kovagi (k > g), telpak > telpagim (k > g), yurak > yuraging (k > g) kabi. Bir bo‘ginli so‘zlarda va ayrim o‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: yuk — yukim, yuking, yuki; ishtirok — ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok — idroking, idroki kabi. Demak, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning ba’zi grammatik shakllarida jarangsiz «k» ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi. «K» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qoMlanadi: ko‘l (kol), kul (kyl), kitob (khtop) kabi.
«G» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «k»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (gul, go ‘zat), o‘rtasida (legirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. So‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «k» tarzida talaffuz etiladi: barg> bark, pedagog> pedagok kabi; «g» dan so‘ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go ‘zal (gozdl), gul (gyl), gilam (gblem) kabi.
«Ng (q)» fonemasi — sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu fonema so‘z boshida qo‘llanmaydi, so‘z o‘rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo‘llangan unlilar doimo ingichka talaffuz etiladi: jang-jeq, ko ‘ngil-kephl kabi. Bu fonema qattiq o‘zakli so‘zlar yoki so‘z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin; g‘ing (g‘bing), xo ‘ng-xo ‘ng kabi.
§. Chuqur til orqa undoshlari tavsifi
«Q» fonemasi — chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (qozon, qor), o'rtasida (to‘qay, soqol) va oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlangan aflfiks qo'shilganda, asos oxiridagi «q» undoshi «g‘» ga o‘tadi: taroq- tarog'im, tarog‘ing, tarog‘i kabi. Bir bo‘g‘nli so‘zlarda (yoq, yo‘q so‘zlaridan boshqaiarida), shuningdek, ayrim ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarda asos oxiridagi «q» «g‘» ga o‘tmasligi mumkin: haq — haqim, haqing, haqi; ittifoq — ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli so'zlashuvda «q»ning dissimilatsiyaga (maqtanmoq > maxtanmoq) yoki assimilatsiyaga (to‘qson > to‘xson) uchrash holatlari kuzatiladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiridagi «q» jonli so‘zlashuvda sirg‘aluvchi «g‘» tarzida talaffuz etiladi: baliq > balig‘, taroq > tarog‘kabi. Qadimgi turkiy tilda q-k tovushlari bitta fonemaning ikki ko‘rinishi bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikkita fonemaga aylangan. Demak, «q»ni «k» ning divergenti deyish mumkin.
«G‘» fonemasi - chuqur til orqa (uvular), sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli (ayrim tilshunoslar fikricha - sonor) undosh, «x» ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (g‘or, g‘alvir), o‘rtasida (tog‘ora, sog‘inch) va oxirida (tog1, yog' mablag‘) kela oladi. Qadimgi tiirkiy tilda «g» ning variatsiyasi bo‘lgan va so‘z boshida qo'llanmagan. Demak, tarixan «g»ning divergensiyaga uchrashi natijasida «g‘» yuzaga kelgan, shuning uchun uni «g»ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida «g‘» bilan tugagan so‘zlarga «g» bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda «g‘» va «g» laming «q» ga ko‘chish holatlari uchraydi: tog‘+ga > toqqa, bog‘+ga > boqqa, og‘gan> oqqan, sog‘+gani> soqqani kabi. Shevalarda so‘z oxirida «g‘» o‘rnida «v» ning qo‘llanish hollari uchraydi: tog‘>tov, to‘g‘ri> tuvri, og‘iz > ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me’yor hisoblanmaydi.
«X» fonemasi — chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g‘»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (xalq, xabar), o‘rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (do ‘zax, mix, tarix) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda «x» undoshi bo‘lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo'lgan: xan (xon), xayu (qaysi), yaxsaq (oqsoq) kabi [29, -52],
Qipchoq lahjasi shevalarida «x» ning o‘rnida «q» ning qo'llanish holatlari uchraydi: xabar > qabar, xalq > qalq, xalta > qalta kabi. «X» undoshidan song qo‘llangan unlilar, odatda, orqa qator ottenka bilan talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo'ladi): xulq, xavf xato kabi.
§. Bo‘g‘iz undoshi tavsifi
«H» fonemasi — bo'g'iz undoshi, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so'z boshida (ham, hozir), o'rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlarda yoki shu so'zlardan yasalgan o'zbekcha so'zlarda qo'llanadi: hammol, haqiqat, huquq, humo («humo qushi»), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi. Hozirgi o'zbek tilida «h»ning «y»ga o'tish holatlari uchraydi: shohi > shoyi (h > y), Rahim > Rayim (h > y), Sohib > Soyib (h > y), Mohira >,Moyira (h > y) kabi. «H»ning bu xususiyati ba’zan uning so'z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar > sha:ar, Solih > Soli, Tohir > Toir kabi. Hatto Muhammad Rahim > Muhammad Raim > Mamaraim > Maraim kabi fonetik jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta’siri bor.
§. Qorishiq «TS» («U,») undoshi tavsifi
«ts» fonemasi — til oldi-alveolar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema faqat mscha leksik o'zlashmalarda qo'llanadi. Dastlab «ts» o'rnida «ch» va «s» tovushlari ishlatilgan: üapH3M > Chorizm,
wpti > sirk kabi. Keyingi 50-60 yil davomida o'zbek-rus ikki tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko'pchilik o‘zbek ziyolilarida «ts» ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiyä, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, litsey kabi so‘zlärning o‘zbeklar nutqidagi qo'llanishi shundan dalolat beradi, ammo o'zbek tilida «ts» bilan qo'llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu fonemaning o‘zbek tilidagi fonologik funksiyasini munozarali qilib qo'ymoqda.
Tekshirish savollari
Tasnif va tavsif qanday farqlanadi?
Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo'lmagan ottenkalari qatnashadi?
Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga o'tadi?
Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?
Lab-lab «v» va lab-tish «v» qanday farqlanadi?
Qanday pozitsiyada lab-tish «f» ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa tilshunoslikda nima deb ataladi?
Qanday so'zlar oxiridagi «t» talaffuz etilmaydi?
Qanday holatlarda «1» undoshi tushib qolishi mumkin?
Qanday pozitsiyada til oldi «n» lab-lab «m» ga o'tadi? Sababi?
j (dj) va j undoshlari qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning allofonlari yuzaga keladi?
Qanday holatda «ch»ning «sh»ga o'tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi?
Sayoz til orqa «k», «g» undoshlari qanday pozitsiyada o'zgaradi? Chuqur til orqa undoshlari-chi?
«H» undoshi talaffuzida qanday o'zgarishlar kuzatiladi?
«ts» («u») undoshining qaysi jihatlari o'zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo'Imoqda?
Divergent nima?
Tayanch tushunchalar
Kuchli pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi o'zgarishiga olib keladigan pozitsiya.
Intervokal holat — undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Dissimilativ holat — nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat,
Divergent — divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.
Do'stlaringiz bilan baham: |