Mavzu: Undosh tovushlar va harflar



Download 71,5 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi71,5 Kb.
#16881

Mavzu:

Undosh tovushlar va harflar

Dars maqsadi:




     Тa’limiy:

O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash.

     Tarbiyaviy:

O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga, parvarishlashga o`rgatish.

     Rivojlantiruvchi:

O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi bilimlarini, so`z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

Dars turi:

Mustahkamlovchi dars.

Dars jihozi:

Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, ko`rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan qo’llanma.

Dars uslubi:

Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda “So`z o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, proektor yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi.


Darsning borishi

TASHKILIY QISM:


Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa)

O`qituvchi:

Hozir qaysi fasl?
Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi?
Bugun ob-havo qanday?

Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish.

O`qituvchi:

Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo`lyapsiz yoki eshitdingiz?

O`quvchi:

Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar haqidagi yangiliklari aytiladi.

O`qituvchi:

Hozir qaysi dars? (6 daqiqa)

O`quvchi:

Ona tili.

O`qituvchi:

Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima?

O`quvchi:

Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim.

O`qituvchi:

2-3- o`quvchidan uy ishi so`raladi, muhokama qilinadi. Uyga berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi.

O`qituvchi:

Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday aytiladi?

O`quvchi:

Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz qilinadi.

O`qituvchi:

Unli tovushlar nechta va qaysilar?

O`quvchi:

6 ta: aoeiuo`.

O`qituvchi:

Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi.

O`quvchi:

Uch – 1 bo`g`in, 2 ta tovush (uch), 2 ta harf (uch). 
qur – 2 bo`g`in, 3 ta tovush (qur), 3 ta harf (qur).

O`qituvchi:

auo unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi.

O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi.

Dam olish daqiqasi:

Bo`yin cho`zib qarag`ay,
Yon atrofga qaragay.
Der u: barcha daraxtdan,
Baland akang qarag’ay.

O`qituvchi:

O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u qanday hosil bo`ladi?

O`quvchi:

Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta undosh harf bor.

Dars maqsadi e’lon qilinadi.

YANGI MAVZU BAYONI:


O`qituvchi:

Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti (kuzqalamkitobshavlaburgutbulbul).

Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi.

DARSLIK BILAN ISHLASH:


O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish.

O`qituvchi:

Quyidagi topishmoqning javobini toping:

Ikki yoni tog`, o`rtasida


sarig` yog`.
(yong`oq)

Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning “Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa)



O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan).

Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.



Dam olish daqiqasi:

Olma yedim baqalog’idan,
Anjir yedim yapalog’idan.
Olcha yedim qo’shalog’idan,
Dehqon boboning shapalog’idan.

“So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida tushuncha beriladi. Mashq shartini tushuntiriladi. O’quvchilar har bir shakldan oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa)

Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa).

25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi. Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi undoshlarning tagiga chizish


topshiriladi.

O`qituvchi:

Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa)

1-o`quvchi: 

Mehnat – baxt keltirar.

2-o`quvchi:

Mehnat, mehnatning tagi rohat.

3-o`quvchi:

Ishlagan tishaydi, ishlamagan tishlamaydi.

O`qituvchi:

Barakalla, bolajonlar, mehnat insonni ulug`laydi sog`lom qiladi, chiniqtiradi.

Dam olish daqiqasi.
“Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa)

O`qituvchi:

O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. (5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi. Undosh tovushlarga qoida chiqariladi.

O`quvchi:

Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va shovqindan hosil bo`ladi.

35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (shchng). (2 daqiqa)

O`qituvchi:

Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun?

Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi.

O`qituvchi:

Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing.



O`quvchilar:

Kuz keldi. (4 daqiqa)
Qalam bilan chiroyli rasm chizdim.
Kitob-mening do`stim.

O`qituvchi:

Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok etganmi?

O`quvchilar:

Albatta, har bir so`zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan.

Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan.

Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa)

O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi.

Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar.

Agar dars yoqmasa,yig’lab turgan shaklni,darsga befarq bo’lsa to’g'ri chiziq chizadilar.



O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa)
Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish