Mavzu: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi. Reja: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi


Umurtqasiz hayvonlar xilma-xilligi



Download 411,06 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2022
Hajmi411,06 Kb.
#395015
1   2   3   4
Bog'liq
Umurtqasizlar Qorinoyoqli malyuskalar sinfi

Umurtqasiz hayvonlar xilma-xilligi.

Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-asr boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi.

Hozir " Umurtqasizlar." termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. U.ning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. Umurtqasizlar ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.

Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit . Umurtqasizlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). Koʻpchilik Umurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumiipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.



Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar:

1. Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi.

2. Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega.

Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat.



Halqali chuvalchanglar tipi. Bu tip umrtqqasiz hayvonlar bo`limida ancha taraqqiy etgan va yaxshi rivojlanganligi bilan farq qiladi. Halqali chuvalchanglarning tana tuzilishida ancha o`zgarishlar bo`lib, bu ular tanasining segmentatsiyalashgani, yani ularning tanasi ancha segmentlardan iboratligidadir.

Halqali chuvalchanglarning tanasi ustki tomondan qoplag`ich to`qima bilan qoplangan. Ularda bu to`qimadan tashqari muskul to`qimasi nerv to`qimasi va boshqa to`qimalar bor .

Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlari yaxshi rivojlangan. Oziq og`izdan (yomg`ir chuvalchang misolida )xalqum orqali qizilo`ngachga o`tadi. Og`iz, halqum, qizilo`ngach, jig`ildon, oshqozon ba ichak ovqat hazm qilish organlarini tashkil etadi.

Chuvalchanglarning qorin tomonida ingichka,elastik, kalta tuklari bor. Ular yer yuzida harakat qilishda ba in qazishda yordam beradi. Ana shu kalta, siyrak tuklarning bo`lishi halqali chuvalchanglar tipiga xos xususiyatdir.

Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi yaxshi ruvojlangan asab sistemasi xam ancha yaxshi taraqqiy etgan. Umuman xalqali chuvalchanglar aktib ovqatlanish xususiyatiga ega bo`lgan ancha rivojlangan hayvonlardan hisoblanadi.


Download 411,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish