* Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinflarining yuragi 3 kamerali, ya'ni ikkita yurak boʻlmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat.
* Quruqlikda yashovchi yuksak darajada tuzilgan umurtqali hayvonlar (qushlar va sutemizuvchilar)da yuragi toʻrt kamerali, ya'ni ikkita yurak boʻlmasi va ikkita yurak qorinchasi boʻladi. Qon aylanishi ham aralash emas. Ularda 2 ta qon aylanish doirasi, ya'ni katta va kichik qon aylanish doirasi bor . Katta qon aylanish doirasi chap yurak qorinchasidan boshlanib, arterial qon, arteriyalar orqali butun gavdaga tarqaladi va u yerda venoz qonga aylanib, venalar orqali oʻng yurak boʻlmasiga keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, qushlarda aorta yoyi gavdaning oʻng tomoniga, sutemizuvchilarda esa chap tomoniga qayrilgandir. Ularda arterial sistema venoz sistemaga hech qachon qoʻshilmaydi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Bosh miya nerv nayining oldingi qismining yoʻgʻonlashuvidan hosil boʻladi. Bosh miya oʻzaro tutashgan beshta boʻlimdan: oldingi bosh miya yarim sharlari, oraliq miya, oʻrta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat .Har bir boʻlimda muayyan funksiyani bajaradigan organlarning markazlari joylashgan. Masalan: ovqatlanish markazi uzunchoq miyada, harakatni boshqarish markazi miyachada joylashgan. Umurtqali hayvonlarning bosh miyasidan 10—12 juft nerv iplari chiqadi. Orqa miya uzunchoq miya bilan qoʻshilib ketadi, uning ichki qismi kul-rang miya moddasi, tashqi qismi esa oq miya moddasidan tashkil topgan. Orqa miyadan bir qancha orqa miya nervlari chiqadi.Umurtqali hayvonlarda sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlariga — teri sezgi organlari, yon chiziq organlari, eshitish organlari, koʻrish organlari va hid bilish organlari kiradi.
Jinsiy organlari va koʻpayishi. Umurtqalilarning jinsiy bezlari odatda juft boʻladi. Ular mezodermadan hosil boʻladi. Hamma umurtqali hayvonlar ayrim jinsli. Faqat toʻgarak ogʻizlilar va baliqlar orasida ayrim turlari germafrodit hisoblanadi.Umurtqali hayvonlar jinsiy usulda koʻpayadi. Juda koʻpchilik baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumlari tashqi muhitda; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumlari esa ona organizmida urugʻlanadi.Rivojlanishi. Koʻpchilik toʻgarak ogʻizlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumdan chiqqan lichinkasi oʻzgarish orqali boradi, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumdan chiqqan nasli esa oʻzgarishsiz rivojlanadi.Yuqorida keltirib oʻtilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki, umurtqalilar kenja tipi vakillarining, jumladan, yuksak rivojlangan umurtqalilarning turq – atvori va turlar ichidagi munosabatlari murakkablashadi, koʻpayishning samaradorligi oshadi, pushtdorlik va oʻlim kamayadi hamda nasl qoldirish uchun kurash kuchayadi.
Sistematikasi. Umurtqalilar kenja tipiga 38000 dan ortiq tur kiradi. Oʻzbekistonda esa umurtqali hayvonlarning 700 taga yaqin turi uchraydi.Umurtqalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlar tuzilishi va hayot tarziga koʻra 2 ta guruhga boʻlinadi: 1. Anamniyalar, ya'ni murtak pardasiz (Anamnia) umurtqalilar; 2. Amniotalar, ya'ni murtak pardali (Amniota) umurtqalilar. Shuningdek, umurtqalilar kenja tipi 2 ta boʻlimga boʻlinadi: 1. Jagʻsizlar (Agnatha) boʻlimi. 2. Jagʻogʻizlilar (Gnathostomata) boʻlimi.Jagʻsizlar boʻlimiga jagʻsizlar (Agnatha) katta sinfi va qalqondorlar (Ostracodermii) hamda toʻgarak ogʻizlilar (Cyclostomata) sinflari kiradi. Jagʻogʻizlilar boʻlimiga esa baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqalilar, ya'ni toʻrtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflari kiradi. Baliqlar katta sinfi oʻz navbatida togʻayli baliqlar (Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinflariga boʻlinadi.Toʻrtoyoqlilar katta sinfiga esa suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), sudlalib yuruvchilar (Reptilia), qushlar (Aves) va sutemizuvchilar (Mammalia) sinflari kiradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |