1. UMURTQALI HAYVONLARNING INSON VA TABIATDAGI AHAMIYATI
Hayvonlar dunyosining tabiatdagi insonlar hayotidagi ro`li juda katta. Hayvonlar, tabiatga ta`sir etishdan tashqari inson hayotida ham katta ro`l o`ynaydi. Kishilar o`zlariga kerakli bo`lgan juda ko`p xom ashyoni jumladan oziq – ovqat mahsulotlari va dori –darmonlarni hayvonlardan oladi. Hayotda o`simliklarsiz hayvonot olamini, hayvonot olamisiz o`simliklar dunyosini bularsiz insoniyat taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Bu masalada jonli organizm bir –biri bilan shunday chambarchas bog`langanki, bular bir – brini to`ldiradi biri – biriga xizmat qiladi. Bu tabiat qonunidir, bizning vatanimizda tabiatni hayvonot olamini muhofaza qilish masalasi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan eng muhim ish deb qaraladi.
Baliqlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ro`li juda katta. Baliqlar hamma suv havzalarida tarqalib, suv muhitini normal saqlashda, undagi o`simliklar uchun, tabiatga moddalar almashinuvida katta ro`l o`ynaydi.
Baliqlarning go`shti va ikrasi xushtam taom hisoblanadi. Jahon bo`yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi daryo va dengizlarda ovlanadi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq – ovqat uchun ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilardan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo`jaligi uchun o`g`it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmaseftikada vitaminli dori hisoblanadi.
O`zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog`ora, oq amir, oqcha qumbosh, oq sila, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitda baliqlar va chavoqlari ko`plab nobud bo`ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitiladi va ma`lum davrgacha boqilib, so`ng tabiiy
suv havzalariga qo`yib yuboriladi. Baliqlar tuhimi va yosh baliqlarni boshqa suv havzalariga ko`chirib o`tkazish mumkin. Masalan uzoq sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib iqlimlashtirilgan. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% yaqin hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho oziqa mahsuloti uchun ovlanadi.
Hozirgi kunga qimmatli baliqlarni ovlash, ularning yashash zonasini saqlash va turlarini ko`paytirish choralari ko`rilmoqda.
Suvda ham quruqlikda yashovchilarning tabitda va inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Ular ba`zi mo`ynali hayvonlarga oziq bo`ladi. Masalan qora sassiqquzan bilan norka yeydigan oziqning uchdan bir qismini baqalar tashkil etadi. O`rdaklar, turnalar, laylaklar, ko`pgina foydali qushlar baqalar va itbaliq bilan oziqlanadi. Laqqa, cho`rtan, olabug`a kabi ovlanadigan baliqlarning ham yemishi baqadir, baqalar yozda quruqlikda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, qishlash uchun suv havzalariga to`planadi.
Ko`pgina suvda ham quruqlikda yashovchilarning ozig`i kasalliklarni tarqatadigan va parazit chuvalchanglarning oraliq xo`jayini hisoblangan ikki qanotli hashorotlar va molyuskalardir.
Ular umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, bog`larga poliz va dalalarga, o`rmon va o`tloqlarga ko`p foyda yetkazadi. Zararli hashorotlarni, qo`ng`izlarni terib yeydi. Suvda ham quruqlikda yashovchilar foydali hayvonlar ular inson uchun katta ahamiyatga ega. Avvalo, ular turli – tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qirib, bog`larga poliz va dalalarga, o`rmon va o`tloqlarga katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kecha kunduzda 100 tagacha 9 oy davomida 3 mingtagacha hasharotni yeydi. Ot baqasi esa bir kecha kunduzda o`rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi. 6 oy davomida esa 1200 dona hashorot va molyuskalarni kiradi. Baqa zararkunanda hasharotlarning suvdagi lichinkalarini va suv bo`yidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuxumlari, itbaliqi va boyaga yetmagan amrfibyalar ko`pchilik ovlanadigan baliqlar, o`rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo`ladi. Ba`zi mo`ynali hayvonlar (norka, qunduz) baqalar bilan ovqatlanadi. Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, AQSH, Sharqiy Osiyo) davlatlarida baqa va alamandiraning go`shtini odamlar iste`mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va tibbiyot izlanishlarida juda ham ko`p miqdorda labaratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi. Suvda ham quruq yashovchi insonlar uchun foydali bo`lgani sababli ularni qo`riqlash zarur. Suvda va quruqlikda yashovchilar kabi sudralib yuruvchilarning ham inson va tabiatda juda katta axamiyatga ega. Sudralib yuruvchilarning hammasi foydali hayvonlar hisoblanadi. Kaltakesaklar, toshbaqalar, ilonlar va timsohlar kiradi. Ko`pgina kaltakesaklar tulki, sassiqkuzan kabi ovlanadigan hayvonlarga oziqa bo`ladi. O`rta Osiyoda yashaydigan cho`l toshbaqasi maysazorlarga foyda keltirmaydi. Shuni ta`kidlash joizki ilon zahri tibbiyotda ishlatiladigan nihoyatda qimmatbaho xomashyo ekanligini unutmasligimiz kerak. Zaharli ilonlar (ko`zoynakli ilon, qora ilon, charx ilon ).
Timsohlar, ilonlar , echkimarlarning terisidan charm buyumlar tayyorlanadi. Ba`zi mamlakatlardan ularning tuxumli, timsoh va ilonlarning go`shti oziq ovqat mahsulotlari sifatida ishlatiladi. Bir so`z bilan aytganda timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidagi chiroyli portfel , so`mka va oyoq kiyimlar tikiladi. Ayrim mamlakatlarda , masalan Kubada timsohlar maxsus hovlilarda ko`paytiriladi.
O`zbekiston “Qizil kitobi”ga sudralib yuruvchilarning 16 ta turi quritilgan. Bular qatoriga Xitpov to`garak boshi, Rustamov ilkoni echkemar, Xind boyachasi, Kapcha ilon va boshqalari kiradi.
Shunday qilib sudralib yuruvchilarning inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega. (Dadayev S, Mavlonov O. Zoologiya)
Qushlar yer yuzida eng ko`p tarqalgan hayvonlardir. Qushlarning parvoz etish qobiliyati tabiat taqqiyotida, evolutsion bosqichda muhim rol o`ynaydi. Ular turli madaniy va yovvoyi o`simliklar urug`ini baland tog`larga, bir qit`adan ikkinchi qit`aga xatto shimoliy muzliklarga tarqalishiga bevosita sababchi bo`lgan. Bu bilan o`simliklarning bir joydan ikkinchi joyga tarqalishiga imkon yaratilgan. O`simliklar yangi joyga tarqalibgina qolmay, u yerlarda o`sib tog`larning nurishida, tuproq paydo bo`lishida, uning unumdorligini oshirishda aktiv ishtirok etgan.
Bundan tashqari qushlar hayoti davomida turli xil zararli hasharotlarni terib yeb jonli tabiat taraqqiyotiga katta xissa qo`shgan, tabiat muttanosibligini boshqarib turgan.
Qushlarning inson hayotida poli ahamiyati juda cheksizdir. Qushlardan turli maqsadda foydalanib kelinadi. Masalan uy parrandalaridan olinadigan mahsulotlar mamlakatimiz qishloq xo`jaligida g`oyat katta rol o`ynaydi. Uy parrandalaridan tovuq, g`oz, o`rdak, kurka va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Ularni yeti xazinanning biri deb bekorga aytilmagan. Tovuq go`shti, tuxumi, pati haqiqatdan ham katta xazinadir.
Qushlardan estetik zavq olish maqsadlarda ham kishilar tomonidan juda qadimdan foydalanib kelinadi. Masalan, kaklik, bedana, kanareyka, bulbul, to`tiqush, kaptar kabilardan ayniqsa keng foydalaniladi. Qushlardan ovchilik maqsadida ham foydalanib kelinadi. Ovlanadigan qushlardan olinadigan mahsulotlarning juda qimmatli ahamiyatga ega ekanligini hammaga ma`lum. Bunday qushlarga tustovuq, kaklik, bildiriq, qirg`ovul, yovvoyi o`rdak, g`ozlar kiradi. Sor lochin kopchik, burgut kabi qushlardan ov qilishda foydalanib kelingan va hozir ham foydalaniladi. Qadim zamonlardan ota bobolarimiz ov sporti bilan shug`ullanib kelishadi.
Ko`pgina yirtqich qushlar (qarchig`ay, qirg`iy, chig`atoy, ) ham borki, ular mayda kemiruvchilarni istemol qilib yuqumli kasalliklar (o`lat,sariq va boshqalar) ni tarqalishiga to`sqinlik qilib tabiatga va insonga katta foyda keltiradi.
Tabiatda qushlar zararkunanda, kasallik tarqatuvchi hashorotlar va kemiruvchilarni qirib ular sonini cheklab turadi. Qushlarning o`zi ham ko`pchilik hayvonlar uchun oziq bo`ladi. Ular meva va urug`lar bilan oziqlanib, o`simliklarning tarqalishiga yordam beradi. Nektar bilan oziqlanadigan qushlar gullarni changlatadi. Yovvoyi qushlardan kaklik, qur, qirg`ovul, o`rdak, g`oz, bedana, kaptar va boshqalarni go`shti uchun sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz o`rdagi-gaadaning uyasiga tashiydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yig`ib olinadi. Qushlar axlati esa, azot va fosforli moddalarga boy o`g`it hisoblanadi. Sayroqi qushlaning ovozi esa kishining kayfiyatini ko`taradi. Qushlarning inson xo`jaligidagi faoliyati, ahamiyati juda katta va nihoyatda xilma-xildir. Ko`pgina turlari qadimdan toki hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakilashtirilgan va ulardan keng miqqiyosida foydalanilgan. Yovvoyi quslardan esa qishloq xo`jaligi, baliqchilik va ovchilik xo`jaligida hamda sog`liqni saqlash va aviatsiyada katta rol o`ynaydi. Masalan: Ola chug`urchuqning bitta koloniyasi Markaziy Osiyoda bir oy mobaynida ko`payish vaqtida yuz ming dona chigirtkani qiradi. M D Zverevning hisobiga ko`ra, Novosibirsk shahrida atrofida qora chug`uchiqlarning bitta oilasi bir faslda 7800 dona may qo`ng`izi va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Yoki miqqiy har kun uyasiga 10 dona kemiruvchi ( yumronqoziq va sichqon) keltiradi bir oy davomida esa bolalarni boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchini qiradi.
Keltirilgan misollarning o`zi qushlarni qo`riqlash va ularning sonini oshiirish qanchalik zarur ekanligini ko`rsatadi. Ayniqsa ko`payish vaqtida qushlarni, bog` poliz va don maysalariga jalb qilishi nihoyatda zarur. Chunki bu davrda ularni foydali faoliyatim keskin oshadi. Buning uchun sun`iy uyalar yasab erta bahorda kerakli joylarga osib qo`yiladi. Mayda qushlar uchun uyachalar 5-8 m balandlikka osib qo`yiladi. Aerodromda oziqlanayotgan va uning atrofida uya qurgan qushlar ba`zi hollarda qo`nayotgan va yerdan ko`tarilayotgan samolyotlar bilan to`qnashadi. Samolyotlar uchun baliqchilik kaptarlar, uchib o`tayotgan o`rdaklar, kunduzgi yirtqichlar chug`urchiq va maynalarning katta galalari nihoyatda xafli hisoblanadi. Bunday nohush voqealarning oldini olish uchun odatda aerodromning ornitologik holati no`rganiladi kunduz kunlari ham samolyotlar faralari yoqilgan holatda qo`nishi va yerdan ko`tarilishi yaxshi samara beradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, aksariyat ko`pchilik qushlar inson hayoti uchun nihoyatda foydali shu sababli ularni har tomonlama muhofaza qilish kerak . YUNESKO ning tashabbusi bilan 1948 yil 5 oktabrda tabiatni va atrof muhitni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 49 mamlakat kiradi. Uyushmaning shartlariga ko`ra davlatlar o`rtasida soni kamayib borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash hamda uya qo`yish joylari aniqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966 yilda Xalqaro ,,Qizil kitob ``chiqarildi. 1983 yilda esa O`zbekiston,,Qizil kitobi``chiqarildi. 2003 yilda O`zbekiston,,Qizil kitobi``ning ikkinchi jildi chop etildi,2006-yilda qayta nashri chop etildi.
O`zbekiston ,,Qizil kitobi`` da respublikamizda yashayotgan qushlalarning ikki turi,turkiston oq laylagi,qora laylak, qizil g`oz vishildoq oqqushi,qiyg`irdoq oq qushi marmar churrak ola qanot oq bosh o`rdak qizil tomoq g`oz, suvqiyg`ir, uzun dumli suv burgut,oq dumli suv burgut, bolta yutar, cho`l burguti, qumay, ilonxo`r burgut, yorg`a tuvaloq, Osiyo laylaksimoin veritennigi, cho`l chumchug`i va boshqalari ya`ni hammasi bo`lib 51 tur qushlar kiritilgan.
Shuni ta`kidlash kerakki qushlarni asrash, muhofaza qilish mummosi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masaladir. Bunda hamma-hamma ishtirok etishi,ayniqsa maktab o`quvchilarini to`g`ri tarbiyalab,bu ishga keng jalb etilishi lozim.
Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar chetiga daraxtlar,manzarali gullar ekiladi;ular uchun uyalar quriladi;Yirtqich qushlarning dam olishi uchun baland ustunlar o`rnatiladi. Qor ko`p yoqqan qish kunlari chumchuq, chittak, to`rg`ay kabi mayda qushlar uchun butalar va daraxt shoxlari orasiga donxo`rlar o`rnatilib,don-dunlar sepib qo`yiladi.
Qushlarning foydasi xaqida keltirgan bir necha misollar ham ularni muhofaza qilish va ko`paytirish zarurligini taqqazo etadi.
Ayniqsa,qushlar diqqatini uya qurish davriga jalb qilish lozim. Chunki shu davrda qushlar ham o`zgaradi,ham bolalari uchun nihoyatda ko`p zararkunandalarni qiradi. Keyingi yillarda tekshirish ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki,hashoratxo`r qushlarning oziqlanishi spesifikasiyasiga qarab,har xil turlardan foydalnishi zarurligini taqqazo etadi. Qushlarning soni qulay uya qurish va bola ochish jarayonlariga bog`liq ekanligi aniqlangan.
Qushlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati qanchalik muhim ekani bo`lgani kabi sutemizuvchilarning ham tabiatdagi va inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega bo`lib hisoblanadi. Bu haqdadastlab tushunchalarimizni kengaytirib olsak.
Sutemizuvchilarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati ; O`txo`r sutemizuvchilar o`simliklar va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi go`nxo`r qo`ng`izlar, pashshalar, chivinlar, chuvalchanglar, zamburug`lar va bakteriyalar uchun oziq bo`ladi. Go`ng parchalanganda, tuproq o`simliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, o`rmon kallamushlari, dalasichqonlari, to`ng`izlar va boshqa sutemizuvchilar o`simliklar urug`ining tarqalishiga yordam beradi.
Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar (ko`rsichqon, yumronqoziq) in qazib tuproqni yumshatadi. Hasharotxo`rlar (ko`rshapalak, tipratikan) zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallangan hayvonlar va ular o`laksasi bilan oziqlanadigan tabiiy sanitarlar hisoblanadi.
Sutemizuvchilar odam hayoti uchun katta ahamiyatga ega. Yovvoyi sutemizuvchilar (ondatra, tulki) va go`shti uchun ovlanadi.
Sutemizuvchilarning tabiatdagi roli benihoya katta. Ularning yovvoyi turini ham, xonakilashtirilgan zotlari ham tabiatga, uning taraqqiyotida ma`lum darajada ta`sir etadi. Hasharotxo`rlar, kemiruvchilar, yirtqichlar tabiatda yashab o`simliklarni kemiradi, bargi, poya va ildizlarini yeydi. Bo`ri kabi yirtqichlar esa kasal hayvonlarni yeb, tabiat muttanosibligini saqlaydi, ba`zi kasalliklarni tarqatishda katta rolo`ynaydi.
Ularni o`simliklarni yeb, go`ngi bilan yerni boyitadi. Yerqazar, sichqonlar esa tuproqni kovlab, uning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishida aktiv ishtirok etadi.
Sutemizuvchilarning inson hayotida ham juda katta ahmiyati bor. Uni bir necha qismga bo`lish mumkin. Masalan : mo`ynachilik, yilqichilik va chorvachilik sohalarida yetkazadigan foydasi hammaga ma`lum.
Bizda ovlanadigan asosiy hayvonlar : olmaxon, suvsar, ondatra, qunduz, tulki, quyon, ishmal bug`usi, yovvoyi cho`chqa, kiyik, alqor va boshqalar juda katta ahamiyatga ega. Ular turli maqsadlarda qimmatbaho mo`ynasi, go`shti, terisi, yog`I, juni, shoxi uchun ovlanadi.
Chorvachilik sohasida qo`lga kiritayotgan yutuqlarimiz yanada cheksiz. Bular yilqichilik, qoramolchilik, qo`ychilik, echkichilik kabilardan iborat. Charva mollaridan olinadigan bebaho mahsulotlar : sut, go`sht, yog`, teri, jun va boshqalar xalqimizning boyligi hisoblanadi.
Inson hayotini, turmushini bularsiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Hozirgi paytda jamiyatimizda chorva mollari zotini yanada yaxshilash, ko`paytirish, sermahsul zotlar yaratish uchun tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |