Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish
va joriy etish
“
Standartlashtirish” tushunchasi mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan faoliyatda ifodalaniladi.
Tartibga solishning maqbul darajasi murosaga keltiruvchi yechimni topishga yo’naltirilgan me’yorlar, qoidalar, talablarni barcha qiziqqan tomonlar bilan kelishilgan holda maqsadga muvofiqligini va uni qabul qilishning imkoniyati borligi tushuniladi.
Ta’limda standartlarning joriy qilinishi ta’lim-tarbiya tizimida barchaning amal qilishi lozim bo’lgan me’yorlar chegarasini belgilaydi. Tizimda ishtirok etuvchi xodimlar uchun zaruriy talablarni o’rnatadi va u davlat ta’lim standartlari deb ataladi.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq, davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standarti - me’yoriy hujjat bo’lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o’rnatadi.
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvarda №5-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlari ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida”gi qarori bilan “Davlat ta’lim standartlari to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi.
“Davlat ta’lim standartlari to’g’risidagi Nizom” “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni ijro etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim mazmunini tubdan isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining respublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlar talablariga, shuningdek ta’lim, fan, te xnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg’or jahon darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadlarida qabul qilindi.
Nizomda belgilangan asoslarga ko’ra, davlat ta’lim standartlari respublikada idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy kuchga ega bo’ladi.
Davlat ta’lim standartlari to’g’risidagi Nizom olti qismdan iborat bo’lib, u umumiy qoidalar, DTSning maqsad va vazifalari, ta’limning standartlashtiriladigan turlari, ta’limning standartlashtirish ob’ektlari, DTSni ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar, DTSni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibini o’z ichiga oladi.
DTS standartlashtirish ob’ektiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilaydi hamda “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonunga muvofiq tasdiqlanadi.
Davlat ta’lim standartlari ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. DTS vositasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standartlari o’quv dasturlari,
darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
DTSning ta’lim tizimidagi joriy etilishi sohadagi bir qancha maqsadlarni amalga oshirilishini nazarda tutadi. Uning maqsadlari avvalo, ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlashga qaratiladi. Ta’limning yuksak sifati kadrlar tayyorlash tizimining samarali faoliyat yuritilishini ta’minlaydi. Yuksak malakali kadrlar mamlakat kelajagini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlari kadrlar tayyorlash mazmunini ham tartibga soladi. Bunga mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barkamol avlodni voyaga yetkazishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini yo’lga qo’yishda bunday avlodni tarbiyalash uchun zarur bo’lgan fan, texnika va texnologik yutuqlardan foydalanish lozim bo’ladi. Davlat ta’lim standartlarini joriy etishda bu masalalar inobatga olinishi lozim.
DTSning joriy etilishida ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi printsiplariga amal qilinishi zarur bo’ladi. Ushbu tamoyillar ta’lim oluvchilaming huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga yo’l ochib beradi.
Standartlarning sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar
tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish sohasidagi o’rni katta. Davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari DTSlarni belgilashda to’liq inobatga olinishi lozim. Har uch sub’ektni birlashtirib turuvchi munosabatlarda noteng holatlarni shakllantirish salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Kadrlar tayyorlash sifatini hamda ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash DTSda ko’zda tutilishi talab qilinadi. Sifatni baholamaslik, uning asosida erishilgan natijalarni yaxshilash choralarini ko’rmaslik, baholashda umumiy mezonlarni ishlab chiqmaslik ta’lim-tarbiya jarayonlarida sub’ektlar faoliyatini pasayib ketishiga olib keladi. Ta’lim tashkilotlari va ulardagi xodimlarning mehnatini rag’batlantirmaslik tizimdagi turg’unlikni keltirib chiqaradi.
Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishda ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o’quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish chora-tadbirlari ko’rilishi lozim. Bu ta’limni rivojlantirish dinamikasida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’limdagi uzviylik, izchillik va davomlilik kadrlar sifatida aks etadi. Bu o’z navbatida mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash imkoniyatlarini beradi.
Davlat ta’lim standartlari to’g’risidagi Nizomda uning vazifalari ham belgilab berilgan. DTSning vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb - kor malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;
xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarni joriy etish;
ta’limning barcha turlari mazmunini, ta’lim va tarbiyani kelishish va ularning o’zaro bog’liqligi, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim jarayonini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestasiyadan o’tkazish va akkreditasiya qilishni joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;
milliy standartlar talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorl ashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Nizomda belgilangan mazkur vazifalami ta’limning standartlashtiriladigan turlariga joriy etilishi nazarda tutilgan. Nizomning 3 qismida uzluksiz ta’limning DTS belgilanadigan hamda davlat talablari belgilanadigan turlari ko’rsatilgan. Unga ko’ra, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim (11 yillik umumiy o’rta maktablar va akademik litsey), professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlari va texnikumlari), oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura) turlari uchun davlat ta’lim standartlari belgilanadi.
Ta’limning
standartlashtirish ob ’ektlari ta’lim
jarayoni, ta’limning zaruriy vositalari va ta’lim oluvchilar doirasi bilan belgilanadi.
Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo’yilgan talablar mavjud bo’lib, ular Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga qaratilganlik, dasturlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish, ta’lim oluvchilar kamol topishini ta’minlash, standartlarning ilmiy asoslanishi, standartlarning kompleksliligi, ta’limning tabaqalashtirilishi imkoniyatlarini hisobga olish, standartning texnologikligi, standartlarga ilg’or me’yorlarni kiritish, davlat standartlashtirish qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.
O’tgan yillar davomida ta’limning tegishli turlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari va davlat talablari ishlab chiqildi. Amaliyotga joriy etilishi davomida standartlar takomillashtirib borildi. Davlat ta’lim standartlari nafaqat ta’lim turlari, balki ayrim sohalar bo’yicha ham qabul qilindi. Ulardan biri Chet tillarni o’rganish bo’yicha davlat ta’lim standartlaridir.
Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standarti
Chet tillarni, birinchi navbatda ingliz tilini o’rganishning ahamiyatini hozirgi davrda keng tushuntirib o’tirishga hojat yo’q. Jahon mamlakatlari o’rtasidagi integrasiyaning kuchayib borayotganligi, iqtisodiy, siyosiy, turistik va ma’naviy - madaniy aloqalarning kengayib borayotganligi xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan talabni bir necha karra oshirib yubormoqda. Chet tillarni o’rganishga davlat darajasida e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 dekabrdagi PQ-1875- sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013 yil 8 mayda 124-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimining Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorining chiqarilishiga asos bo’ldi. Ushbu qaror uzluksiz ta’lim tizimining Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standarti
“Chet tillari bo’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar”ni tasdiqladi. U Chet tillarni o’rganish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga yordam bera boshladi.
Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda bir qancha me’yoriy va qonun hujjatlari asos bo’lib xizmat qilgan. Shuningdek Chet tillarni o’rganish bo’yicha jahondagi ilg’or mamlakatlarning sohaga oid tajribalaridan ham unumli foydalanilgan.
Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standarti o’quvchi va talabalarning Chet tillar bo’yicha bilim va tayyorgarlik darajalarini belgilab beradi, o’quv reja va dasturlar, darsliklar, qo’llanmalarni ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standarti talablari boshlang’ich sinflardan boshlanadi hamda oliy ta’limning magistratura bosqichiga qadar davom etadi. Chet tilini o’rganish darajasi boshlang’ich darajada boshlanib erkin muloqot darajasigacha davom etadi. Bu o’sib borish dinamikasiga ega bo’lib, ta’lim bosqichlariga mutanosib ravishda takomillashib va murakkablashib boradi.
Mazkur davlat ta’lim standarti asosida Chet tillari bo’yicha ta’lim muassasasi xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestasiyasi uchun nazorat baholash ko’rsatkichlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi va vazirlik buyruqlari bilan tasdiqlandi.
Chet tillari bo’yicha davlat ta’lim standarti o’z tuzilishiga ega bo’lib, uning tarkibi quyidagi tasvirda aks etgan.
Ta’limning
barcha bosqichlarida Chet tillarni o ’qitishning asosiy maqsadi o’rganuvchilarning ko’p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun Chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat bo’ladi.
Chet tilidan
ta’limning mazmuni fanlar bo’yicha o’quv dasturlariga kiritilgan mavzulardan iborat. O’quv materiali ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi.
Har bir ta’lim bosqichida Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standarti mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqishda minimum sifatida foydalaniladi.
Bitiruvchilarning Chet tillar bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malaka darajalariga qo’yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, ta’lim bosqichlari bo’yicha uzviy bo’lib, kerakli joylarda grammatika, leksika, fonetika va orfografiya bian to’ldirilgan. Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida nutq ko’nikma va malakalarning deskriptorlari Chet tillarni bilishning umumevropa tizimiga o’zaro bog’liq holda olingan hamda ular sodda va tushunarli shaklda berilgan.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim tizimida o’qitiladigan Chet tili fani bo’yicha belgilangan talablar boshlang’ich sinflarda harf o’rgatishdan boshlanadi. Eng yuqori daraja uchun belgilangan talablar o’z ehtiyoji uchun bog’liq bo’lgan
iboralarni, sodda xabar va e’lonlarning asosiy ma’nolarini tushuna olish, murojaat qila olish, tushunmaganligini bildirish, qisqa suhbatlarda ishtirok etish, odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay olish, OAVlardagi qisqa xabar va maqolalarni tushunish, sodda biografiya yozish kabi shartlarni bajara olishlaridan iborat bo’ladi.
Globallashuv davrida Chet tiliga bo’lgan talab kuchayib bormoqda va uni o’rganuvchilar salmog’i ham yildan-yilga ortib boryapti. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganuvchilar soni ham ko’payib bormoqda.
Mavzuga oid nazorat savollari
Xalq ta’limi boshqaruvini tashkil etish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsating.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qanday majburiyatlarni bajarishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligi tarkibidagi tuzilmalarni toping va sharhlang.
Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalarini sanab o’ting.
“Standartlashtirish” va “tartibga solishning maqbul darajasi” tushunchalarining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsating.