Mavzu. Umumiy o’rta ta’lim tizimini boshqarish va uzluksiz ta’limda davlat ta’lim standartlari Reja



Download 56,09 Kb.
bet1/3
Sana27.05.2022
Hajmi56,09 Kb.
#612302
  1   2   3
Bog'liq
7-maruza




  1. mavzu. Umumiy o’rta ta’lim tizimini boshqarish va uzluksiz ta’limda

davlat ta’lim standartlari Reja:

  1. Umumiy o’rta ta’lim tizimida boshqaruv asoslari

  2. Xalq ta’limi vazirligining tuzilishi va boshqarilishi

  3. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish.

  4. Chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartlari 1 xodim mehnat qilmoqda. Bunday katta kontingentga ega bo’lgan tizimda boshqaruvning samarali tashkil etilishi kelajakda ijobiy natija kutish imkonini beradi. Umumiy o’rta ta’lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari ta’limga oid qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-sonli farmoni umumiy o’rta va o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadlarida qabul qilindi. Bunga o’tkazilgan tahlillar natijasida tizimdagi boshqaruvning bugungi kun talablariga javob bermasligi sabab bo’ldi. Soha tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi.
Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limiga ilg’or mamlakatlar tajribasini joriy etish asosida tizimni tubdan takomillashtirish talab etildi. Farmonga muvofiq tizimni optimallashtirish uchun 2018-2019 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu o’zgarish umumiy o’rta ta’limda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadlari doirasida bajarildi.
Farmonda belgilangan tartiblardan kelib chiqib, 9-sinfni tamomlagandan so’ng 3 yillik majburiy akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qish tartiblari olib tashlandi. Ushbu ta’lim tashkilotlarida o’qish muddati ham optimallashtirildi. Tizimdagi mazkur o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim sohasida boshqaruvni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni talab etardi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi PF-5538-sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shi mcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi farmoni tizimni boshqarishni takomillashtirish uchun huquqiy zamin yaratdi. Farmon qabul qilinishiga xalq ta’limi boshqaruvini tashkil etish, davlat ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishdagi muammo va kamchiliklar mavjudligi sabab bo’ldi.
Boshqaruvda boshqaruvni ahamiyati shundaki, uning to’g’ri tashkil etilishi, faoliyatda samarali mexanizmlardan foydalanish tizimda vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni tezda bartaraf etish va kamchiliklarni to’g’rilash imkonini beradi. Bunga hali to’liq erishilmagan edi.
Umumiy o’rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limining boshqaruv organlarini roli yetarli darajada emas edi. Buning huquqiy mexanizmlari to’liq yo’lga qo’yilmagandi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo’lmagan vazifalar yuklash, rahbarlar o’rtasidagi vakolatlarning taqsimlanmaganligi ular faoliyati samaradorligini baholash imkoniyatini bermasdi. Jumladan umumiy o’rt a ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga bir-birini takrorlovchi vazifalar yuklatilib, ularning vakolatlari bir-biridan aniq ajratib qo’yilmagan edi.
Rahbarlar, o’qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralushuvdan himoya qilish mexanizmining samarasizligi, maktablarni tekshirishning avj olganligi, ularni kasbiga bog’liq bo’lmagan qishloq xo’jalik ishlari, obodonlashtirish, jamoat ishlari va boshqa tashkiliy tadbirlariga jalb qilishlar pedagog obro’siga putur yetkazayotgan edi. Xalq ta’limi tizimidagi boshqa muammo va kamchiliklar ham tizimda islohotlar o’tkazishni zaruratga aylantirdi.
Islohotlarni samarali amalga oshirilishi mazkur sohadagi muammo va kamchiliklarni aniq belgilash, ularni bartaraf etishning yetarli chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish hamda unga rioya qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning asosida xalq ta’limi tizimini isloh qilishning o’quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish nazarda tutildi. Bu orqali jamiyatda o’qituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash yo’li bilan tizimni yanada takomillashtirish rej alashtirildi.
Xalq ta’limi tizimida boshqaruvni isloh qilish barcha sohalarda yangilanishlarni sifat jihatdan yuqori pog’onaga ko’tarishni talab etadi. Shuning uchun tizimni isloh qilishning quyidagi printsipial yo 'nalishlari belgilandi:

  • umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;

  • sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo’nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;

  • rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo’li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;

  • xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot- kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikasiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;

  • xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

  • zarur tashkiliy-huquqiy va texnik -iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo’li bilan umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko’rsatishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog’ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;

xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Boshqaruvning asosiy yo’nalishlarini belgilanishi islohotlar tufayli amalga oshiriladigan ishlarni bajarish bo’yicha tizimdagi vakolatli shaxslar zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Ularni bajarish uchun mansabdor shaxslar tegishli vakolatlar bilan hamda kerakli huquqiy ta’sir ko’rsatish vositalari bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun ularning vakolatlarini ajratish yaxshi samara beradi. Shu asnoda xalq ta’limi vaziri va mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarining taqsimlanishini amalga oshirish zarur.
Xalq ta’limi tizimini boshqarishda xalq ta’limi vaziri muhim pozisiyani egallaydi. Xalq ta’limi tizimida vazirga beriladigan vakolatlarning ko’paytirilishi uning faoliyat doirasini kengaytirilishi bilan birga javobgarlik me’yorlarining ham kengayishini ta’minlaydi.
Boshqaruvdagi o’zgarishlardan biri umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablari O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanish tartibi bilan bog’liq bo’ldi. Vazir ularni tasdiqlashda umumiy o’rta ta’limni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag’lar hisobga olingan holishi talab etiladi.
Boshqaruv bilan bog’liq holatlardan yana biri xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarni ishga tayinlash va lavozimidan olib tashlash mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilishida ko’zga tashlanar edi. Mahalliy hokimiyat organlari hokimlari va boshqa mansabdor shaxslari ta’limdagi boshqaruvga bevosita aralashib tizimdagi rahbarlar vakolatiga kirmaydigan vazifalarni bajarishni talab etishar edi. Qarshi chiqqan rahbar xodimlarni arzimas sabablar bilan ishdan bo’shatish holatlari amaliyotda juda ko’p uchrar edi. Bunga barham berilishi zarur bo’lib, shu yo’l bilan ta’lim tizimida boshqaruvni erkinlashuvini ta’minlash mumkin bo’ladi. Shuning uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbarlari, teman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu xalq ta’limida boshqaruvni yagona tizimga keltirish uchun zamin yaratdi.
Xalq ta’limini rivojlantirishdagi muhim ishlardan biri muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsientli maktablarni kiritish haqidagi qaror qabul qilish huquqining O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga berilishida ifodalandi. Xalq ta’limi vaziriga bunday vakolatlarning berilishi uning boshqaruvdagi mustaqilligini ta’minlashga ko’maklashadi.
Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv yuza sidan chiqarilgan Prezident farmoni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga xalq ta’limi muassasalarini qo’llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko’maklashish vazifalarini yukladi. Ularga quyidagilar kiradi:
S tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko’rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan o’qituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;
S xalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani zarur holatda saqlash bo’yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
S xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash;
S tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalarini o’quv yiliga va kuz - qish mavsumiga o’z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;
S umumta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan hududlar atrofini o’rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong’inga qarshi signalizasiya tizimlarini, kirish yo’llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o’rnatish chora- tadbirlarini ko’rish;
S xalq ta’limi muassasalari hududining va ko’chmas mulkini ng butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlash;
S umumta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investisiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko’maklashish;
S xalq ta’limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo’yicha boshqa choralar ko’rilishini tashkil etish uchun shaxsan javob berish.
Xalq ta’limidagi umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlari o’zining vazifalarini to’liq bajara olmayotganligi uchun ularning o’rniga kuzatuv kengashlarini tuzish talab qilinar edi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018 yil 26 dekabrdagi 16-mh-son buyrug’i bilan “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizom” tasdiqlandi. Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi PF-5538-sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Unda kuzatuv kengashining maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Boshqaruv munosabatlarining takomillashtirish davlat hokimiyatining boshqa organlarini ham jarayonda faol bo’lishini talabetadi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bunda muhim rol o’ynaydi. Shu bois uning zimmasiga ham kerakli vazifalar yuklatilgan. Inspeksiyaga Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar pedagog kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tartibini qayta ko’rib chiqish, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda pedagoglar malaka toifalari va talablarini takomillashtirish bo’yicha aniq takliflar kiritish, umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ulaming faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash, o’quvchilarning bilim darajasini baholash bo’yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o’quvchilarining ishtirokini tashkil etish kabi majburiyatlar yuklatildi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimini boshqarish Xalq ta’limi vazirligidan tashqari Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa davlat organlari zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Bundagi muhim xususiyatlar umumiy o’rta ta’lim tizimida boshqaruvni takomillashtirish, rahbarlar mustaqilligini oshirish, pedagoglarning ijtimoiy mavqeini kuchaytirish, muassasalarning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash choralari yordamida xalq ta’limi tizimini takomillashtirish ishlari bilan bog’liqdir.

  1. Xalq ta’limi vazirligining tuzilishi va boshqarilishi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi PQ-3931-sonli “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori sohaga oid bo’lgan ko’pgina holatlarga yanada aniqliklar kiritdi. Xalq ta’limi tizimini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha PF-5538-sonli Prezident farmonida nazarda tutilgan asoslarda qo’shimcha chora-tadbirlarni belgiladi. Boshqaruv bilan bog’liq jarayonga o’zgartirishlar joriy etildi. Xususan, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha hududiy markazlar va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi Xalq ta’limi vazirligining idoraviy bo ’ysunuviga o ’tkazildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining metodik xizmat bo’limlarini, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlarining o’quv - tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho’’balari vazirlikda tugatildi.
Prezident qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi tarkibidagi tuzilmalarga katta o’zgartirishlar kiritildi. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha hududiy markazlar tuzilmasida metodik xizmat bo’limlari va yuridik shaxs maqomisiz tumanlararo umumta’lim muassasalarini metodik ta’minlash markazlari vazirlikning markaziy apparati tarkibida vazirning Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Vazirlik huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’ektlari sifatini monitoring qilish bo’yicha injiniring kompaniyasi, yuridik shaxs maqomisiz Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko’maklashish jamg’armasi hamda 2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi. Mazkur tuzilmalarning huquqiy maqomi, faoliyat doirasi, mablag’larni shakllantirilishi manbalari va vazifalari qaror bilan belgilandi.
Xalq ta’limi vazirligida boshqaruvning isloh etilishi tizimda ishlarni samarali yo’lga qo’yish maqsadlarini ko’zladi. Vazirlikning idoraviy boshqaruviga o’tkazilgan va tugatilgan organlar vazirlik faoliyati yo’nalishlarining o’zgarishiga yordam beradi. Vazirlikdagi yangi tuzilmalarni tashkil etilishi va tuzilishi esa uning faoliyat doirasi kengayishiga xizmat qiladi.
Vazirlik huzuridagi Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining nomi Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi deb o’zgartirildi. Bu narsa ushbu markaz faoliyatini yangi pog’onalarga olib chiqish hamda tizimga yangi texnologiyalarni olib kirish maqsadlarida amalga oshirildi.
Turli tuzilmalarning tugatilishi, o’zgartirilishi, tuzilishi va tashkil etilishi vazirlikning bajaradigan funksiyalariga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Boshqaruvda yangi tuzilmalar tuzilishi va tugatilishi yangi tamoyillarning joriy etilishini taqazo etadi. Bu vazirlikning vazifalari doirasiga ta’sir ko’rsatadi. Shular inobatga olingan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi PQ-3931-sonli “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi

Download 56,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish