Vatanparvarlik, mudofaa-sport tadbirlarini darslardan tashqari vaqtlarda tashkillaydigan va o‘tkazadigan barcha tashkilotchilarning uslubiy birlashmasining faoliyati.
Sogʻlimlashtirish lagerlarida shunqorlar musobaqasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Ta’Iim muassasalarida «Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash» fani oʼtilmagan yoki mazkur fan boʼyicha sinovdan
oʼtmagan yoxud yakuniy bahosi «qoniqarsiz» deb topilgan chaqiriq
yoshidagi oʼspirinlar bilan shahar yoki tuman hokimligining qarori bilan
tashkil qilingan mudofaa sport-sog“lomlashtirish lagerlari (MSSL)da 160 soatlik dastur asosida ushbu fan oʼtiladi.
Kurs ishi maqsadi: Umumiy o‘rta ta‘lim muassaslarida oʻquvchilarning savothonligini aynan bu fan orqali oshirish va bu lagerlarni qoʻllab quvvatlash lagerlardan yaxshi tayyorlangan kadrlarni tayyorlash.
Kurs ishi ob’ekti: Umumiy o‘rta ta‘lim muassaslarida ChQBT fanini rivojlantirish usullari bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Umumiy o‘rta ta‘lim muassaslarida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish usullari bilan CHQBT fanidagi ko’nikmalari rivojlantirish va kezi kelsa qayta oʻrgatish
Boshqaruv hujjadlari
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, boshqaruv hujjatlari umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat
Mudofa sogʻlomlashtirish lagerlarida ommaviy mudofaa
ishlarini tashkil etish va oʻtkazish
CHQBT bo‘yicha boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq ta’lim muassasasi direktori mashg‘ulotlarning o‘tilishini va talabalar tomonidan o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini nazorat qiladi, hamda o‘quv qurollarini, kichik kalibrli miltiq va uning o‘q-dorilarini hisobini va texnik holatini nazorat qiladi.
Mashg‘ulotlarni tekshirish harbiy rahbar, CHQBTO‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordami bilan nazorat vazifalarini mujassam qilishi kerak. Tekshiruvni shunday hisob bilan rejalashtirish kerakki, o‘quv yili davomida ta’lim dasturining barcha bo‘limlar bo‘yicha, ayniqsa tashkiliy munosabatda eng muhim va murakkab mavzular hisoblanadigan (masalan: «Askarning jangdagi harakatlari», «Avtomatdan qo‘zg‘almas nishonga otish», «Avtomatning qism va mexanizmlarini vazifalarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar», «Vzvod bo‘yicha pobonning majburiyatlari», «Harbiy harakatlar ishtirokchilarining axloq kodeksi», «Qurolsiz bajariladigan saf amallari va harakatlari») mashg‘ulotlarga kirish imkonini bersin.
Tekshiruv vaqtida o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarining muvofiq kelishiga, dasturning usulubiy talablariga, mashg‘ulotning g‘oyaviy darajasi va tarbiyaviy ahamiyatiga, moddiy ta’minotiga, vaqt taqsimotiga va o‘quv materialini bayon qilish tartibi va tushunarligiga, uning avval o‘rganilgan materiallar bilan bog‘liqligiga, usul va harakatlarni amaliy o‘rganishni tashkil qilish qobiliyatiga va fanlararo aloqalar amalga oshirilishiga, o‘zini tutish qoidalariga, shuningdek, nizom talablarini ta’lim oluvchilar tomonidan bajarilishiga e’tibor berish kerak.
Talabalar tomonidan o‘tilgan o‘quv materiali qanchalik o‘zlashtirilganini qanday qilib tekshirish mumkin? Direktor (yoki uning topshirig‘i bo‘yicha harbiy rahbar, CHQBTO‘) savollar beradi, amaliy harakatlarni bajarib berishini so‘raydi. Agar mashg‘ulotda bir qancha o‘quv joylari masalan: otish tayyorgarligi mavzusi bo‘yicha tashkil qilingan bo‘lsa, direktor talabalarning bajaradigan vazifasini har biri ustida bajariladigan ishlari bo‘yicha tekshirib chiqadi. Savolga javob yoki harakatni amaliy bajarilishi baholanadi.
Nazorat topshiriqning eng samarali va maqsadga yo‘naltirilgan shakli –– bu ta’lim muassasasi direktori o‘tilgan mavzulardan birini darsdan tashqari vaqtda o‘tkazishi mumkin, (o‘quv choraklarini oxirida, otish tayyorgarligi bo‘yicha kichik kalibrli miltiq va avtomatdan o‘q otish tayyorlov mashqlarini bajarishdan oldin, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa dala o‘quv mashg‘ulotlari (yigin)ga chiqishdan oldin) talabalar tomonidan o‘zini tuta bilish odobini, muomila va belgilangan kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini bajarilishini, navbatchi (navbatchi yordamchisi) ning majburiyatlarini bajarilishini direktor tomonidan kundalik kuzatilishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘qu v tarbiyaviy ishlarning natijalar hisoboti o‘quv yili uchun may-iyun oylarida qilinadi. Pedagogik kengashning yig‘ilishi oldidan doklad tayyorlanadi. Unda CHQBT va jismoniy tarbiyaning sifati, dastur materiallarini qay darajada o‘zlashtirilganligi, «Alpomish va Barchinoy» kompleksi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi tahlil qilinadi.
Bundan tashqari o‘quv-moddiy bazasining holati, talabalarning intizomi va tashkilotchilik darajasi, CHQBT va tibbiy-sanitariya tayyorgarligi bo‘yicha uslubiy komissiya ishi samaradorligi albatta baholaniladi. Vatanparvarlik tarbiyasi mashg‘ulotlari qanday amalga oshirilgani darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan vatanparvarlik tadbirlarining yo‘nalishi, samaradorligi qayd qilinadi.
Ma ’ruzani sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, harbiy rahbar, CHQBTO‘, jismoniy tarbiya, tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari tayyorlaydi. Pedagogik kengash materiallari CHQBT bo‘yicha ta’limni yakunlash haqidagi direktor buyrug‘ini asosini tashkil qiladi. Bunda dastur bajarilishiga baho beriladi, xulosalar qilinadi, pedagogik jamoa va talabalarga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yiladi.
Bir yilga CHQBT va xarbiy bilimlarni targ‘ibot qilish xulosasini chiqarilishining muhim shakli – talabalar Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga o‘z amaliy va jismoniy tayyorgarligini namoyish qilishi mumkin bo‘lgan harbiy-sport bayramini tayyorlash va o‘tkazish
bo‘ yicha buyruqni ta’lim muassasasi direktori (o‘tkazishga 2-3 oy qolganda) chiqaradi. Direktor (bir oy qolganda) bayram rejasini ham tasdiqlaydi.
O‘quv yili tugaganidan keyin ta’lim muassasasi direktori tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga CHQBT va talabalar bilan olib borilgan vatanparvarlik ishlarining holati haqida hisobot beradi. Hisobotda albatta dastur bajarilishi haqida ma’lumotlar (agar nimadir bajarilmagan bo‘lsa, buning sababi?) nazorat natijalari, direktorning xulosasi, o‘quv - moddiy baza va qurol-aslaha mulk va asboblar bilan ta’minlanganlik holati, vatanparvarlik ishlarining aniq tadbirlari haqida ma’lumotlar, CHQBT holatining umumiy bahosi ko‘rsatiladi. Maxsus maktab-internatlari va harbiy litseylarini guruh tarbiyachi sardorlarining majburiyatlariga kelsak, o‘zining amaliy ishida u asosan harbiy rahbar majburiyatlariga amal qiladi, lekin maxsus maktab-internat va harbiy litseylarning ishlari o‘ziga xosligidan kelib chiqqan ma’lum bir xususiyatlarga ega.
Gap shundaki, Respublika harbiy litseylari chaqiruvga qadar va chaqiriq yoshida bo‘lgan, o‘smirlarni oliy harbiy maxsus o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. SHuning uchun mazkur ta’lim muassasasi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikka va jismoniy tarbiyaga asosiy e’tiborni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |