YOCHQBT bo‘yicha sinfdan tashqari ishlash o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
1. Guruh, seksiyalar sardorlari bilan mashgʼulotlar oʼtkazish.
2. YOCHQBT boʼyicha guruhlar tarkibi bilan va yakka
konsultatsiyalar.
3.Pnevmatik miltiqdan oʼqotish, protivogazni kiyib turish, qoʼI granatalarini otish mashqlarini bajarib, «Salomatlik» me’yorlarini topshirish.
4. «Shunqorlar» harbiy-sport oʼyinida qatnashish uchun bolalarni
tayyorlash.
3. Nportning harbiy-amaliy turlari bo4yicha musobaqalar oʼtkazish;.
6.Harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil qilish.
7. Ta’iim muassasasini bitirgan harbiy xizmatchilar, jangovar va tayyorgarlik a’lochilari bilan uchrashuvlar.
8. Harbiy-vatanparvarlik mavzusida filmlar ko4rsatish.
9. Harbiy qism bilan otaliq ishlarini bajarish.
10. Harbiy kasbga yoʼnaltirish bo‘yicha tadbirlar.
11. Mudofaa-ommaviy toʼgarak ishlarini tashkil qilish.
12.Harbiy-sport bayramlariga tayyorgarlik ko'rish vao4tkazish.
Harbiy rahbar, CHTOʼ, jismoniy madaniyat, tabiiy bilim asoslari oʻqituvchilari harbiy-amaliy sport turlaridan; joylarda moʼljal olib chopish, to'siqlar, suv toʼsiqlaridan o‘tish, nishonga granata otish, kichik
kalibrli miltiqdan oʼq otish bilan umumiy toʼsiqlar yoʼlagini zabt «Ilavo trevogasi» signali boʼyicha harakatlar, qoʼl granatasini uzoq-likka otish, sanitariya xizmatchilari oʼrtasida musobaqalarni tashkil etadilar.
Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy fool shakllaridan biri oʻyinhisoblanadi.
Ta’iim muassasasi direktori o'yinni tashkiliy pedagogik boshqaruv ini amalga oshiradi, sinf rahbarlarini jalb etadi. Butun pedagogik
jamoa o'yinda oʼquvchilarni faol qatnashishlari uchun oʼyinni tashkiliy va moddiy ta’minotida maslahatchilar kengashi va yosh armiyachilar
batalyoni qoʼmondonligiga ma’lum bir yordamni koʼrsatadi.
Oʻyinning uslubiy boshqaruvini maslahatchilar kengashini amalga oshiradi. Uning raisi darsdan tashqari ishlar tashkilotchisi, rais o‘rinbosari - bosh maslahatchi - harbiy rahbar, CHTOʼ, jismoniy tayyorgarlik boʼyicha maslahatchi - jismoniy madaniyat oʼqituvchisi,
tibbiy tayyorgarlik boʼyicha maslahatchi, tibbiy sanitariya tayyorgarligi o’qituvchisi, maslahatchilar kengashi tarkibiga oʼqituvchilar, sinf rahbarlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, harbiy tayyorgarlikka ega bo‘ Igan bazaviy yoki otaliqdagi korxona vakillari kiradi.
Maslahatchilar kengashi tarkibidan guruh maslahatchi lari tayinlanadi. YOCHQBT boʼyicha boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq ta’iim muassasasi direktori mashgʼulotlaming o‘tilishini va oʼquvchilar tomonidan oʼtilgan mavzuni oʼzlashtirish sifatini nazorat qiladi hamda oʻ’quv qurollarini, kichik kalibrli miltiq va uning oʼq-dorilarini hisobini va tcxnik holatini nazorat qiladi.
Mashgʼulotlarni tekshirish harbiy rahbar, CHTO'ning to‘gridan- to’g’ri yordami bilan nazorat vazifalarini mujassam qilishi kerak.Tekshiruvni shunday hi sob bilan rejalashtirish kerakki, oʼquv yili davomida ta’iim dasturining barcha bo‘limlar bo‘yicha, ayniqsa,
tashkiliy munosabatda eng muhim va murakkab mavzular hisoblana- digan (masalan: «Askarning jangdagi harakatlari», «Avtomatdan qoʻzgʻalmas nishonga otish», «Avtomatning qism va mexanizmlari vazifalarini oʼrganish boʼyicha mashgʼulotlar», «Vzvod bo‘yicha pobonning majburiyatlari», «Harbiy harakatlar ishtirokchilarining axloq kodeksi», «Qurolsiz bajariladigan saf amallari va harakatlari») mashgʼulotlarga kirish imkonini bersin.
Tekshiruv vaqtida oʼquv va tarbiyaviy maqsadlaming muvofiq kelishiga, dasturning usulubiy talablariga, mashg‘ulotning g'oyaviy darajasi va tarbiyaviy ahamiyatiga, moddiy ta’minotiga, vaqt taqsimoti-
ga va oʼquv materialini bayon qilish tartibi va tushunarligiga, uning avval oʼrganilgan materiallar bilan bog‘liqligiga, usul va harakatlami amaliy oʼrganishni tashkil qilish qobiliyatiga va fanlararo aloqalar amalga oshirilishiga, oʼzini tutish qoidalariga, shuningdek, nizom talablarini ta’iim oluvchilar tomonidan bajarilishiga e’tibor berish kerak.
0 ‘quvchilar tomonidan oʼtilgan oʼquv materiali qanchalik o'zlashtirilganini qanday qilib tekshirish mumkin? Direktor (yoki uning topshirig'i bo'yicha harbiy rahbar, CHTOʼ) savolar beradi, amaliy harakatlami bajarib berishini soʼraydi. Agar mashg‘ulotda bir qancha oʼquv joylar, masalan, otish tayyorgarligi mavzusi boʼyicha tashkil qilingan boʼlsa, direktor oʼquvchilaming bajaradigan vazifasini har biri ustida bajariladigan ishlari boʼyicha tekshirib chiqadi. Savolga javob yoki harakatni amaliy bajarilishi baholanadi.
Nazorat topshiriqning eng samarali va maqsadga yoʼnaltirilgan shakli- bu ta’iim muassasasi direktori oʼtilgan mavzulardan birini darsdan tashqari vaqtda oʼtkazishi mumkin, (oʼquv choraklarining
oxirida, otish tayyorgarligi boʼyicha kichik kalibrli miltiq va avtomatdan oʼqotish tayyorlov mashqlarini bajarishdan oldin, taktik tayyorgarlik boʼyicha esa dala oʼquv mashgʼulotlariga chiqishdan oldin) quvchilar tomonidan oʼzini tuta bilish odobini, muomola va belgilangan kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini bajarilishini, navbatchi (navbatchi yordamchisi)ning majburiyatlarini bajarilishini direktor tomonidan kundalik kuzatilishi juda katta ahamiyatga ega
boʼladi.Tekshiruvlar natijalari, xulosa va takliflari odatda, direktor tomonidan oʼzining ish daftari yoki nazorat jumallarida qayd qilinib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |