MAVZU: Umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi. REJA: - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati. 2. Parlament nazoratining obyekt va subyektlari. 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati.
Kalit so’zlar: umumdavlat nazorat organlari, Oliy Majlis Senati nazorat sohalari, Oliy Majlis Senatining nazorat sohasidagi vakolatlari, Parlament nazorati, Parlament nazorati subyektlari, Parlament nazorati obyektlari, Vazirlar Mahkamasi faoliyati prinsiplari, Vazirlar Mahkamasining nazorat sohalari 1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining moliyaviynazoratni amalga oshirishdagi ahamiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati(yuqori palatasi) hududiy
vakillik palatasi bo’lib, 100 ta Senat a’zosidan iborat. Senat ishi yalpi majlislarga va
uning qo’mitalari majlislariga to’planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senat
a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng
miqdorda 6 kishidan saylanadi.Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab
chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta
amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar
orasidan O’bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
• O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi,
Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo’llangan
parlament so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taaluqli
bo’lishi mumkin emas;
• Parlament so’rovlari bo’yicha axborot Senat majlisida muxokama qilinishi
mumkin. Senat muhokama yakunlari bo’yicha qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi boshqa
vakolatlari quyidagilardan iborat:
• Senat har yili o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining
hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib
tushgandan keyin eshitadi va muhokama qiladi;
• O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda Senatga taqdim etgan har yilgi hisobotlari
Senatning navbatdagi majlisida ko’rib chiqiladi;
• Senatning qo’mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa
tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan xujjatlar, ekspert xulosalari, statistika
ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishlari mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |