2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
Nutq va tafakkurini rivojlantirish bolalarni atrofidagi narsalar bilan tanishtirish hamda ularning
nomlarini aytishga o`rgatish hovlidagi daraxt, gul va boshqa turli buyumlarning nomlarini, o`zi hamda
oila a`zolarining ismini to`g`ri aytishga, qarindosh-urug`chilikni ifodalovchi so`zlar (buva, buvi, tog`a,
amaki, xola, amma kabilar) xonadondagi buyumlar(televizor, radio, magnitofon, stol, stul-kursi,
xontaxta, choynak, payola) kiyimlar(ko`ylak, chopon, do`ppi, tufli)ning nomlarini to`g`ri aytishga
o`rgatish.
So`zlarni son va kelishikda moslashtirishni, otlarni birlik va ko`plikda ishlatishni o`rgatish. Tovushlarni
to`g`ri talaffuz qilishni o`rgatishda davom etish. Tarbiyachi nutqini qunt bilan eshitish va uni tushunish.
Ertak va qisqa hikoyalarni tarbiyachining savollari, ilyustratsiyalari bo`yicha gapirib berishga o`rgatish.
O`yinchoq yoki rasm mazmuni bo`yicha tuzilgan 3-4 gapdan iborat hikoyani tarbiyachidan so`ng
takrorlash ko`nikmasini tarbiyalash.
Bolalarni 5 gacha sanashga o`rgatish “Ko`p”, “teng”, “oz”, “hech narsa” kabi so`zlarni o`z o`rnida
qo`llashni o`rgatish predmetlar to`plamini miqdoriga ko`ra teng yoki teng emasligini aniqlashni,
taqqoslashda ustiga, yoniga qo`yish usullaridan foydalanishga o`rgatish.
Uzunligi, balandligi, eni, kengligi, kattaligi boyicha bir-biridan keskin farq qiluvchi 2 ta predmetni
taqqoslashga o`rgatish (uzunroq, qisqaroq, uzunligi bir xil va h.k)
Doira, kvadratni taniy olish, nomini aytish, farqlashga o`rgatish. O`ng va chap qo`lni farqlay olish,
aytish, o`ng qo`l bilan chapdan o`ngga qo`yish malakasini hosil qilish oldinga, orqaga, o`ngga, chapga,
yuqoriga, pastga tushunchalarini aniqlashga o`rgatish.
Sutka qismlari ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasini to`g`ri aytish va farqlashga or`gatish.
Mevalardan: olma, uzum, o`rik, olcha, gilos, sabzavotlardan: tarvuz, karam, sabzi, piyoz, bodring,
pomidorlarning nomini aytish va bir-biridan farqlashga o`rgatish.
Atirgul va lola gullari bilan tanishtirish. Ularning nomi va rangini tog`ri aytishga va farqlatish.
Kuchuk, mushuk, sigir, qo`y, echki, ot bilan tanishtirish.
Nomlarini to`g`ri aytish va farqlashga o`rgatish. Bo`ri, quyon, tulki, ayiq bilan tanishtirish, nomini
to`g`ri aytishga va farqlashga o`rgatish. Chumchuq, kaptar, musicha, hasharotlardan chumoli va kapalak
bilan tanishtirish ularning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Jonivorlarning qismlarini ajratish nomini
aytish, nima yeyishini, qanday yuradi, qanday ovoz chqaradi, onalari katta, bolalari kichik bo`lishini
o`rgatish.
Tabiat hodisalari qor, yomg`ir, bulut, shamol haqida tasavvurga ega bo`lishi avtobus, velosiped, arava
bilan tanishtirish. Nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish enaga, qorovul, oshpaz, shofyor, uchuvchi mehnati
bilan tanishtirish.
Bolaning atrofdagilar bilan muomalada bo`lishi, kattalarning nutqiga taqlid qilish qobiliyatini
o`stirish lug`at boyligini kengaytirish, oddiy gaplarni to`g`ri tuzishga, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga
o`rgatish. Yangi-yangi so`zlar bilan tanishtirish, ularning ma`nosini tushunishga o`rgatish.
Bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga murojat qilishga undash, savollar bera bilishga, o`zining
istaklarini ifodalashga ko`rgan, bilganlarini so`zlab berishga o`rgatish. Mushuk, kuchuk, jo`ja,
akvariumdagi baliq, qafasdagi qush, avtomobil, arava, velosipedlarni kuzatish nomlarini aytish,
o`yinchoqlarning nomlarini aytish, ularni qidirib topish. Hayvonlarning nomini aytish, tovushga taqlid
qilish, ularning qismlarini ayta olish, parvarish qilish bo`yicha tasavvur hosil qilish. Daraxt, gul, o`t-
o`lanlarni, sabzavot va mevalarni farqigs o`rgatish.
3. Bolalarning ma`naviy kamolatini ta`minlash.
“Ikki echki”, “Fil bilan xo`roz”, “Sholg`om” ertaklari Y.Sadullaevaning “Yolda”,
X.To`xtaboevning ”Xassa”, R.Farhodiyning ”Tonggi so`z”, M.Muradovning ”Ko`prik”,
T.Adomboevning “Nasibaning olmasi”, Q.Muhammadiyning “Kichkina qushcha”, X.Badalovning “Qip-
qizil”, Q.Xikmatning “Bog`chamdagi bog`cham”, Q.Komilovning “Lolaning olmasi”, O.Mahkamovning
“Kapalak” asarlarini o`qib berish hikoya qilib berish, yod oldirishga tafsiya etiladi. Bolalarda
xushmuomalalik va orastalik shakllantiriladi. Biron narsa yeyishdan, dasturxonga o`tirishdan oldin qo`l
yuvish, kattalardan oldin dasturxonga qo`l uzatmaslik, nonni ikki qo`llab sindirish, ovqatni to`kmasdan,
og`izni chapillatmasdan, qoshiqni taqillatmasdan yeyishga o`rgatish salomlashish, kiyimlarini kiyib-
yechish, joy-joyiga qo`yish, o`yinchoqlarni joyiga tartib bilan qo`yishga odatlantiriladi.
`Qalamni to`g`ri ushlash, qog`oz yuzasida chiziqlar, doirachalar chizishga o`rgatiladi. Qizil, sariq,
ko`k, yashil, jigarrang, oq, qora ranglarini bir-biridan farqlash, nomini aytishga o`rgatiladi. Flomaster,
mo`yqalamni qog`oz yuzasida yuritish, quyosh, lentalar, pufak uchun iplar, bo`g`irsoq, vagonchalar,
bayroqchalar, aravachalar, archa, qog`ozdan qirqilgan ko`ylak, sarafan, ro`molnipolosa doirachalar,
nuqtalar bilan bezashga o`rgatish.
Loy va plastilindan shirinliklar, piramidalar, teshik kulcha, non, bo`g`irsoq, olma, bodring, sabzi,
kattalar yordamida “Qo`g`irchoqlar”, “Jo`jalar”, “Toychoq”, “Ayiqcha” kabi mavzularda loy va plastilin
ishlarini bajarishga o`rgatish mustaqil ravishda loy va plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari shaklini
yasashni o`rgatish.
Plastilindan tejamli foydalanishga bir rangli plastilinni boshqa rangdagisiga qarishtirib
yubormaslikka o`rgatish. Bolalarni kvadrat, doiracha, barglar, gullar, mashina, sandiqcha, bayroqcha,
“Sabzavotlar”, “Guldasta”, “Archa”, “Qorbobo”, “Uycha” kabi mavzularda qirqib-yopishtirishga
o`rgatish. “Uycha”, “Zinapoyacha”, “Uzun yo`l”, “Kuchukchaga uycha” kabi mavzularda qurish
yasashga o`rgatish.
Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya
etiladi. M.Ikromov “Qo`g`irchog`im-o`yinchoq”, “Ayiqcha”, “Yo`q-yo`q-yo`q”, D.Omonullaeva-
“Qushcha”, “Hamma bola yasangan”, “Qo`g`irchoqcha bilan o`yin”,“Koptok”,“Shaqildoq bilan
o`yin”,“Yomg`ir tomchilaydi”, R.Rustamov- “Bekinmachoq”Q.Qodirov- “Quyonlar”, I.Akbarov-
“Quyonlar raqsi”, H.Muhamedov-“Buvijonim-buvijon”, o`zbek xalq kuyi- “Chamanda gul”. Bolalarda
nafosat va orastalikni shakllantirish. O`simlik va jonivorlar hayotiga qiziqish, ularga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo`lish kabi ekologik tarbiyaning boshlang`ich ko`rinishlari jonivorlarni qiynash, ozor
berish, jarohatlash mumkin emasligi haqida tushuncha berish. Unchalik murakkab bo`lmagan mazmunli
rasmlar (qo`g`irchoqni cho`miltirish, mushuk va bolalari)ni tushunish tegishli rasm, o`yinchoqlarning
harakatlarini ko`rsatib o`qiladigan hikoya, she`r ovutmachoqlarni tushunishga o`rgatish.
Ayiqchamni oyog`i tushdi uzilib qarab turar ayiqcham ko`zi suzilib ayiqchamni men juda yaxshi
ko`raman uzilgan oyoqchasin tikib qo`yaman. Badiiy asar mazmuniga munosabatni ifodalovchi so`roq,
darak ohanglarni tushunishga odatlantirish.
Bolalarni to`g`ri o`tirish, qog`ozni g`ijimlamasdan unga rasm chizish qalamni to`g`ri ushlash,
chizish, to`lqinli rangli chiziqlarni chizishiga o`rgatish loy va plastilindan to`g`ri foydalangan holda
taxtacha ustida ustuncha, kaltakcha, sharcha, teshik kulcha kabi narsalarni yasashga o`rgatish.
Sensor tarbiya bo`yicha qizil, sariq, ko`k, yashil, oq, qora ranglarni, doira, kvadrat, to`g`ri to`rt
burchak, uchburchak shaklidagi narsalarni guruhlashga (kattaligi, shakli, rangi) o`rgatish.
Musiqaviy o`yinchoqlarni farqlash qo`ng`iroq, childirma, shiqildoq, metallafon jarangini
farqlashgao`rgatish. Bolalarni musiqa sadosi ostida yurishga, raqs tushishga, oyoqlarni tapillatishga, bir
oyoqni qo`yib, bir oyoqni olishga, chapak chalishga, bayroqchani yuqori ko`tarishga, uni silkitishga,
shaqildoqni shaqillatishga o`rgatish.
Uch yoshli bolalarning egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar;
-birlik va ko`plikdagi otlarni tushunish;
-kichraytirish va erkalash qo`shimchasiga ega bo`lgan so`zlarni tushinish;
-bog`lanishli nutq mazmunini anglash;
-narsalarni belgilariga qarab umumlashtirish;
-kattalarning savoliga javob qaytarish;
-harakat faolligi oshgan, quvongan damlarda oddiy, sodda so`zlarni ishlatish;
-soddalashtirilgan (masalan, “bi-bib”)va to`liq aytilgan (masalan”mashina”) so`zlari orqali narsalar
va harakatlar nomini aytib berish;
-o`z harakatlarini ikki so`zdan iborat gaplar orqali ifoda etish;
-muloqot jarayonida sifat va olmosh so`z turkumlariga mansub so`zlarni ishlatib, o`z fikrini sodda
gaplar orqali bildirish;
-narsalarning “katta” va “kichik”ligiga qarab farqini aytib berish;
- 3-4 xil shaklga ega bo`lgan narsalarni farqlay olishi(masalan, kub, g`ishtcha);
- 3-4 xil rangni aytib berish;
-narsalar bilan ilgari qilgan harakatlarini qayta takrorlash (masalan, qo`g`irchoqni ovqatlantirish,
halqalarni yog`och ustunga terishni);
-tez-tez bajariladigan harakatlarni o`yinda aks ettirish;
-bir necha izchil harakatlarni qayta tiklab, takrorlash;
-hech narsani ushlamasdan gavda holatini o`zgartirish(cho`qqayib o`tirishni, engashish aylanib
burilishni);
-to`siq tayoqcha ustidan xatlab o`tishni;
-yerdan 15-20 sm balanddagi, eni 15-20 sm bo`lgan taxtalar ustidan yurib o`tish;
-to`siqlardan bemalol yurib, xatlab o`tish;
-quruq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan yeya olish;
-suyuq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan ichish;
-kiyimlar(tufli, paypoq, bosh kiyim)ni o`zi mustaqil kiya olishga intilish;
-qurilish materiallarining asosiy figuralarini farqlash, bir-birining ustiga joylash, o`ynab bo`lgandan
keyin ularni tartib bilan qutichaga joylashni bilish.
Dasturdagi kichik yosh davri 3 yoshdan 4 yoshgacha bo`lgan davrida quyidagi vazifalar amalgam
oshiriladi. 3 yoshdan 4 yoshgacha davrida ancha o`zgarishlar yuz beradi. Xarakat doirasi kengayadi.
Bolaning butun faoliyatida nutqning roli ortadi. Yil davomida jismonan rivojlantirishni nazarda
tutgan holda quyidagi mavzular bo`yicha asosiy xarakatlarga o`rgatiladi.
1. eni 25-30 sm yo`lakchadan
5-6 m masofaga yugurish.
2. 10-20 metr masofani tez yugurib o`tish.
3. 4-6 parallel chiziqlar(oralig`i 25-30 sm) ustidan sakrab o`tish.
4. Aylanadan aylanaga sakrash.
5. Oldinga surilib ikki oyoqlab 2-3 metrga sakrash.
6. Turgan joyda 40 sm uzunlikka sakrash.
7. Balandligi 5 sm bo`lgan predmetlar ustidan sakrash.
8. 15-20 sm balandlikdan pastga sakrab tushish.
9. Bir-biriga to`plarni, sharchalarni dumalatish.
10. To`pni 1,5metr masofadagi predmetga dumalatib tekkizish.
11. To`pni 2-3marta yerga urib, uni tutib olish.
12. To`p, qumli haltachaga1,5-2m masofaga gorizontaliga nishonga olish.
13. Predmetlarni 1 ,2 m vertikaliga nishonga olish.
14. 6m masofaga emaklash.
15. Qo`llarni polga tekkizmasdan balandligi 40 sm bo`lgan predmetlar ostiga kirish.
16. Gimnastika devori bo`ylab tirmashib chiqish.
17. Bir oyoq uchini ikkinchi oyoq tovoniga to`g`irlab qo`ygan holda ensiz poyondoz bo`ylab(eni 15-
20sm, bo`yi 2-2,5m)yurib o`tish.
18. Polga yotqizib qo`yilgan Narvon pog`onalardan qadamlab o`tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |