Xulosalar. Tushuntirish – insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari ob’ektiga kirgan narsa va hodisalarning mohiyatini fikr uzatish, o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ularni uyg‘unlashtirgan holda tushunish sari etaklovchi aqliy faoliyat. Tushuntirish hamkorlik faoliyatida (fikrni izohlovchi – fikrni qabul qiluvchi ishtirokida) individual, trialogik, polilogik shakllarida amalga oshiriladi. O‘zining muddati, ko‘lami, uzatish vositalari, verbal va noverbal nutq turlari ustuvorligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |