asoslashda foydalanilgan bilimlarga aniqlik kiritish va ularni rivojlantirishga ham ko‘maklashadi. Xullas, tushuntirish vazifalarini hal qilish ilmiy bilim va uning konseptual apparati rivojlanishining muhim stimulidir. Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati. Tushunish va tushuntirish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ammo tushunish tushuntirishni, ya’ni o‘rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog‘lashni nazarda tutmasligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, tushunishni tushuntirishga qarama-qarshi qo‘yish, shuningdek inson bilish faoliyatining har qanday sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi bu ikki tadqiqotlarni bir-biridan ajratish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |