Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili. So‘nggi yillarda «axborot», «invariantlik», «nomuayyanlik» kabi umumilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga ko‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat ob’ektlar va jarayonlarni ko‘rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir. Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’rifi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |