Mavzu: Turoperatorlik xizmatini ko‘rsatish texnologiyasi mundarija: Kirish


-rasm. Turistik biznes sohasini rivojlantirishda marketing turlari va ularning faoliyat yo‘nalishlari14



Download 191,55 Kb.
bet14/15
Sana28.04.2022
Hajmi191,55 Kb.
#588338
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5377844171841209006

2.3.1-rasm. Turistik biznes sohasini rivojlantirishda marketing turlari va ularning faoliyat yo‘nalishlari14
Rasmda keltirilgan marketing turlari va ularning faoliyat yo‘nalishlariga asosan, turistik biznes sohasini rivojlantirish maqsadida marketing tahlillarini olib borish lozim. Bu esa samarali turistik xizmatlar bozorga bog‘liq bo‘lib, turope-ratorlarda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, ularga keladigan turistlar sonini ko‘paytirib, yuqori tushumga ega bo‘lish hamda sifat va samaradorlikni oshirish orqali turistik faoliyat bilan shug‘ullanishni taqozo etadi.
Natijada, turistik xizmatlar bozori kon’yunkturasining tadqiqotlari amalga oshiriladi. Ma’lumki, turistik xizmatlar bozori kon’yunkturasini o‘rganish asosida bozorning quyidagi ko‘rinishlari aniqlanadi15.
-ichki bozor. Bu respublika rezidentlarini qabul qilish va jo‘natish, ularga turli turistik xizmatlarni sotish;
- qo‘shni bozor. Bu O‘zbekistonga taklifsiz va vizasiz kelish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘shni davlatlar rezidentlarini qabul qilish.
-xalqaro bozor. Bu O‘zbekistonga turli maqsadlarda keluvchi xorijlik turistlarni qabul qilish.
Shu bilan birga, turistik biznes sohasini rivojlantirishda turistik korxonaning faoliyat ko‘rsatadigan muhitini o‘rganish muhim. Avvalo, marketing muhitini o‘rganishni dastlab turoperatorlik korxonadagi ichki muhitni o‘rganishdan boshlanadi.
Chunki, turistik korxonaning ichki muhiti uning tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan omillardan iborat bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalish bo‘yicha o‘rganiladi:
-kadrlar (xodimlar, ularning malakalari va imkoniyatlari, ularni ishga olishdagi tanlash tizimi, xodimlarning o‘qitilishi va xizmat pog‘onasi bo‘yicha o‘sish tizimi, mehnatlari natijasining baholanishi va rag‘batlantirilishi tizimi, xodimlar orasidagi o‘zaro munosabatlar va bu munosabatlarning rivojlanib borishi va boshqalar);
- boshqarishning tashkil etilishi (tashkiliy tuzilma, ichki o‘zaro aloqa, joriy qoida va jarayonlar, huquq va majburiyatlarning taqsimlanishi, samaradorlik va boshqalar);
- moliya (mablag‘larning likvidliligi, foydalilik darajasi va boshqalar);
-marketing (mahsulot narxi, sotish strategiyasi, reklama va tashqi aloqalari tizimi).
So‘ngra, turistik korxonaning ichki muhitini o‘rganilib, tashqi muhitni o‘rganish mumkin bo‘ladi. Korxonaning tashqi muhitini o‘rganish makromuhit omillari tahlilidan boshlanadi.
Makromuhit korxonaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi yanada yirik kuchlar bo‘lib, ularga faqat moslashish mumkinbo‘ladi. Avvalo, makromuhit omillariga demografik, umumiy iqtisodiy vaziyat, tabiat kuchlari, texnologik muhit, siyosiy ahvol va madaniy omillar kiradi.
Ayniqsa, makromuhit to‘g‘risida olingan ma’lumotlarga qarab, turoperatorlik korxonalarining muhitga mosligi masalasi hal qilinadi, ijobiy vaziyatlardan ko‘proq foydalanishga va salbiy holat ta’sirini iloji boricha kamaytirishga harakat qilinadi.
Shuningdek, turistik biznesning mazkur ko‘rinishi strategik rejalashtirishdagi eng muhim tomoni bo‘lib, bunda har bir rivojlangan davlat o‘zining turizm sohasini rivojlantirish, uning aniq tadbirlarini bajarish rejalariga ega bo‘ladi16.
Mazkur rejalarda yil, obyekt, bajaruvchining aniq ko‘rsatilishi va har bir bo‘linma bo‘yicha rejali moliyalashtirishning aniq manbasi belgilangan bo‘ladi. Hamda turizm bo‘yicha ushbu reja quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
-infrastruktura;
- marketing;
- menejment;
- xalqaro biznes;
- turistik mahsulot.
Shunday qilib, turistik biznesni amalga oshirishda marketing muhiti tahlili turoperatorlik korxonasi uchun o‘zi faoliyat yuritayotgan sharoitdan kelib chi-quvchi bozor qulayliklarini aniqlab, shu qulayliklarga yo‘naltirilgan holda rivojlanish imkonini beradi. Ya’ni, tashqi muhitdagi ba’zi bir omillar orqali turistik korxona uchun qulay imkoniyatlar yaratilib, boshqalari qo‘shimcha qiyinchiliklar va cheklovlar asosida yaratiladi.
Avvalo, tashqi muhit tahlil etilayotganda undagi barcha imkoniyatlar va xavflarni aniqlay olish hamda ularning paydo bo‘lishlarini bashorat qilish zarur. Biroq, turistik bozorning muvaffaqiyatli faoliyati yuritish uchun bularni aniq-lashning o‘zi etarli bo‘lmaydi. Chunki, bu orqali turistik korxonada undan foydalana olish uchun potensial bo‘lmasligi yoki aniqlangan xavfning oldini olish uchun imkoniyatlar topilmasligi mumkin.
Shuningdek, yaqin kelajakdagi rivojlanish imkonini beruvchi ajoyib rejani ishlab chiqib, uni amalga oshirish uchun mablag‘ topilmasligi noma’lum rejaga aylanadi. Shu sababli ham, turistik korxonaning ichki muhitidagi kuchli va kuchsiz tomonlariga ham alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.
Umuman olganda, turistik biznesni yanada rivojlantirishda turoperatorlik korxonalari marketing muhitini o‘rganishlari jarayoni tizimli ravishda obyektiv yondashgan holda olib borilishi, tez-tez va to‘liq takrorlanib turishi hamda sog‘lom raqobat qoidalariga amal qilgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Buni yanada yaxshiroq amalga oshirish o‘z navbatida xorijiy rivojlangan davlatlar turistik biznesini tashkil etish tajribalari o‘rganish va tahlil qilishni taqozo qiladi. Natijada, turistik biznes sohasini rivojlantirishda marketing tahlillari bevosita kelajakda turistlar sonini ko‘proq olib kelishga qaratiladi. Hamda turistik bozorning takomillashuviga ham erishiladi.
XULOSA
Ma’lumki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham, keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakl-lanmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan mu-nosabati keskin o‘zgarmoqda. Ular turizmda milliy iqtisodiyotning o‘sishini, bozor munosabatlarini shakllantirish, davlat byudjetiga katta mablag‘lar tushi-shining amaliy usuli, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish, dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazish shakli va aholini mamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usullarini ko‘rmoqdalar. Xususan, bu borada xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistik jihatdan istiqboli porloq mamlakatlar jumlasiga kiritadilar.
Chunki, turizmning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni O‘zbekistondagi raqobat ustunligi bilan belgilanadi. Buning natijasida turistik biznes amalga oshiriladi. Natijada, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlanadi. Bu esa ularning faoliyati asosida turizmning gurkirab rivojlanishi natijasida xalqlar tarixi, mada-niyati, iqtisodiy va ijtimoiy sohalariga qiziqishning yanada ortishiga erishiladi. Shu bilan birga, turizm sohasida biznesni amalga oshiruvchi turoperator bo‘lib, u turizm sohasida muhim o‘rin tutadi.
Turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning hozirgi holati bevosita bugungi kunda ular tomonidan turistlar tashrifining amalga oshirilishi, ularga va mahalliy aholiga vaucherlarning sotilishi hamda ular tomonidan olingan daromadlar hajmi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish uchun avvalo, biznes va raqobat muhitini keng rivojlantirish, shuningdek samarali biznes-rejalarning tuzilishini yo‘lga qo‘yish, yangi texno-logiyalardan foydalanishni joriy qilish lozim. Bular bevosita turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.Shu bilan birga, biznes sohasini rivojlantirish uchun sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Ana shular doirasida turizm biznesida xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish iqtisodiyotning birlamchi tarmoqi sifatida respublikaning xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonida bu qonun-qoidalariga rioya etilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu boisdan ham, mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni, iqtisodiy tizimga ta’sirini keng tus ola boshlaganidan turoperatorlar xususida dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqil-gan. Birinchi o‘rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma va davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi.
Talab etiladigan ruxsatnomani davlat qonunchiligiga muvofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib quyidagi guruhlarga bo‘lingan:
- mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‘g‘risida ma’lumot;
- turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar mavjudligi.
Darhaqiqat, turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‘liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-major holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi ehtimollari va ularga ma’naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib, jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan.
Hamda mazkur qoidalar asosida turistik biznesda raqobatda ustunlikka erishish maqsadida mijozlarni jalb qilish uchun reklama xizmatidan ko‘proq foydalanish lozim.
Umuman, turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi takliflarni amaliyotda qo‘llash lozim:
- turoperator faoliyatida biznes sohasini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqish;
- biznes va raqobat muhitini yanada takomillashtirish, bir-biriga bo‘lgan ta’sirlarini muvofiqlashtirib borish hamda yaxshilash;
-yangi innovatsion g‘oya va ishlanmalarni yaratish asosida biznes jarayonlarini takomillashtirib borish;
- biznesni amalga oshirishda rejalashtirish tamoyillariga qat’iy rioya qilib borish va hakazo.

Download 191,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish