1.3.1-rasm.
1.3.1-rasm. Turoperatorlarni initsiativ va retseptiv turoperator turlariga
bo‘linish xususiyatlari
Asosiy funksiyalar va ularni ketma-ket bajarilishi xorijiy turistlarni qabul qilish bo‘yicha turoperatordan o‘z mamlakatida quyidagicha amalga oshiriladi .
1.3.1-jadval
Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning funksional tuzilmasi1
|
Turfirmalar bosh rahbarligi
|
|
|
|
|
|
|
Xorijiy turistik bozorni tanlash va xorijiy turistlarni qabul qilishni rejalashtirish
|
|
Xorijiy turistlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
|
|
|
|
|
|
|
|
Yo‘nalish bo‘yicha xorijiy turoperatorlar bilan hamkorlik o‘rnatish
|
|
Xizmat etkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish va ulardan zarur o‘rinlarning bronlash tasdig‘ini olish
|
|
|
|
|
|
|
|
Xorijiy turoperator bilan kelishilgan xorij turistik bozorga turlarni sotish va harakatini tashkil qilish xalqaro tashuvchilarda zarur o‘rinlarni bronlashtirish hamda chiqish vizalarini rasmiylashtirish
|
|
Xizmat ko‘rsatish korxonalarining tayyorgarligini tekshirish va xorijiy turistlar sayohati chog‘ida qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
|
|
|
|
Xorijiy turoperator tomonidan bronlashgan turlarning sotilishi va turoperator taqdim etgan turlar hisob-kitobi ustidan nazorat qilish
|
|
Jadvalga asosan, turistlarni qabul qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalariga
muvofiq turperator tanlagan xorijlik turistlar safarini qabul qilishni tashkil etish texnologiyasi quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi.
- umumiy rejalashtirish: xorijiy turistik bozorni tanlash va safarga talabni baholash.
-mahalliy turoperator tomonidan turistik mahsulotni xorijiy turistik bozorda sotish va harakatni tashkil etish maqsadida xorijiy mamlakat bilan hamkorlik o‘rnatish. Ular bilan xorijlik turistlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishning aniq shartlarini kelishib olish, jumladan xorijiy turistlarning umumiy soni, guruhlar soni, ulardagi son tarkibi, guruhlarning kelish va qaytish sanasi, xalqaro transport turi, xorijiy turistlarning sayohat marshrutlari va dasturlari, taqdim etiladigan xizmatlar paketi, ularning miqdoriy va sifatiy tarkibi, xizmatlar paketi narxi, vizaviy qo‘llab-quvvatlash majburiyati, hisob-kitob sharti, turlarni bronlashtirish va bekor qilish, xizmat ko‘rsatish, reklamatsiya va boshqa mavjud shartlar bajarilishi uchun javobgarlik amalga oshiriladi.
- qabul qilish bo‘yicha mazkur mamlakat turpoperatori xorij bozoriga turlarni sotish reklama kompaniyasini o‘tkazish boshlanishi bilan sotish ustidan nazorat o‘rnatish kerak. Bu maqsadda xorijiy turoperator mazkur mamlakat har bir guruh bo‘yicha bronlashtirilgan turning sotilishi haqida muntazam axborot berishni o‘z zimmasiga oladi. Hamda tomonlar har bir bronlashtirilgan turistlar uchun vizaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashlari lozim.
- xorijiy turistlar yetib kelishi arafasida turoperator xorijlik sheriklariga avans to‘lovlari tushganini o‘z vaqtida tekshirib ko‘rishga mashhur. Bir vaqtning o‘zida korxonani xorijiy turistlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishga tayyorligi tekshiriladi, turistlarni mehmonxonaga kelish vaqti, ularning oxirgi soni, bir yoki ikki xonali nomerlarga familiyalar bo‘yicha bronlashtirish, ovqatlantirish vaqti, menyu, avtotransport berish, uchrashuv va kuzatuv, ekskursiya, muzey, teatr va boshqalarga bilet borligi kabilar haqidagi axborotlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |