1.1.1-rasm.Turoperator faoliyatida turistik mahsulotni sotish yo‘llari
Jadvalga asosan, xususiy sotishlar byurosi turoperatorlik firmasining o‘ziga tegishli bo‘lgan va turlarni sotib oluvchilar bilan bevosita ish olib boradigan savdo nuqtalaridir. Bular xaridorlarga sotuvda mavjud turlar haqida ma’lumot beradi, bron qilish uchun talabnomalar qabul qiladi, sotish shartnomalarini tuzadi, to‘lovlarni qabul qiladi, xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun pasportlar qabul qiladi, turistik hujjatlarni rasmiylashtiradi va beradi hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, turoperator o‘z moliyaviy imkoniyatlari va bozordagi operatsiyalari hajmidan kelib chiqib, turli joylarda joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‘la oladilar. Shu bois, yirik turoperatorlarning filiallari nafaqat o‘z mamlakati va balki xorijiy davlatlarda ham mavjud bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan turoperatorlar sotish byurolarining asosiy bo‘lgan vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- axborot-ma’lumot stendlari, og‘zaki xabarlar va yozma ma’lumotlar yordamida tashrif buyuruvchilarga ma’lumot etkazish;
-xorijga turistik sayohatlar bilan bog‘liq boshqa istalgan malumotlarni berish;
-tashrif buyuruvchilardan turni bron qilish talabnomalarini turfirma tomonidan o‘rnatilgan shaklda qabul qilish;
-bron qilish uchun talabnoma bergan tashrif buyuruvchilardan xorijiy vizalarini rasmiylashtirish uchun pasportlarni qabul qilish hamda ularning amal qilish muddatlarini tekshirish;
-mijozlarni turni sotib olish va sotish shartlari, shuningdek, “xorijga turistik safarlar umumiy shartlari” bilan tanishtirish;
-turistik safar mobaynida uning sug‘urtasi masalasini kelishib olish;
-mijozga xorij vizasi qo‘yilgan pasport va zarur turistik hujjatlarni berish hamda unga safar xususiyatlari haqidagi eslatma berilgan holda sayohat tafsilotlari haqida xabardor qilish;
-sotilgan turda bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida mijozga darhol yetkazish va shu masalani u bilan kelishib olish lozim;
-mijoz tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi arizasini qabul qilish va tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish;
-turistlar uchun ularning talabnomalari asosida qo‘shimcha haq to‘lash evaziga avtotransportga buyurtma berish;
-boshqa shaharlik turistlar uchun xorij chiqish punktida mehmonxona bron qilishda yordam ko‘rsatish;
-mijozlardan shikoyatlar qabul qilish.
Umuman olganda, mazkur vazifalardan kelib chiqib, turizm operatori tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol subyektidir. Shuningdek, turoperator sayohatni murakkab tizimini inobatga olgan holda uni iste’molchi bilan bog‘lovchi, turizm industriyasidagi suptuzilma va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar ijrochisi ya’ni, mehmonxonalar, tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug‘urta kompaniyalari va banklar bo‘lishi maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchi bo‘lib, ularga transferlar va ekskursiya dasturlari kiradi.
Narxni shakllantirish
Shulardan kelib chiqib, turizm bozorida turoperator quyidagi funksiyalarni bajaradi
Axborotlashtirish
Siljitish
Novatorlik
Integratsiyalovchi
Budjetni shakllantiruvchi
Lobbilik
Do'stlaringiz bilan baham: |