kasanachilikni rag’batlantirish chora-tadbirlari natijasida yangi ish o`rinlarini
yaratish bilan bog’liq tub o`zgarishlar ro`y berdi.
Yangi ish o`rinlarini yaratish aholi farovonligini yuksaltirish strategiyasini
amalga oshirishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir. Ushbu keng qamrovli
strategiya iqtisodiy o`sish xususiyatlarini o`zgartirish, Aholi bandligini, jumladan
oziq-ovqat, mahsulotlarni qayta ishlash sanoati, engil sanoat tarmoqlarini jadal
rivojlantirish, kichik korxonalarda mashinasozlik sanoati uchun ehtiyot va
butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko`rsatish va
kasanachilik sohasini rivojlantirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, ayni
paytda ijtimoiy hamda iqtisodiy infratuzilmaga, jumladan, qishloq joylarga davlat
investitsiyalarini yo`naltirishni ko`paytirish hisobidan qayta taqsimlash siyosatini
mustahkamlash (faqat maqsadli ijtimoiy transferlar shaklidagina emas) imkonini
beradigan qator strategik choralarni nazarda tutadi.
2.Daromadlar tengsizligi va uning dajarasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to`g’ri keladigan o`rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o`rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. SHu
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari
o`rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo`ladi. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida
Lorents egri chizig’idan foydalaniladi. CHizmaning yotiq chizig’ida
aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan
olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan
daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga
bo`luvchi) 0E chizig’da ifodalangan bo`lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi
daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko`rsatadi. Ya`ni aholining 20%
barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining
60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i
daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.
SHuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko`rsatish
mumkin. Bunda aholining ma`lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech
qanday daromadga ega bo`lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega
bo`ladi. CHizmadagi 0FE siniq chiziqi mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
0 20 40 60
Yalpi daromadning aholi guruhlari o`rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |