Mavzu: Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalardan foydalanish.
Reja
1. Iqtisodiy statistikaning predmeti
2. Iqtisodiy statistikaning usullari
3. O‘zbekistonda makroiqtisodiy statistikaning tashkiliy tuzilishi
4. Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari
Iqtisodiy statistikaning predmeti
Bozor munosabatlari barcha iqtisodiy voqea, hodisalarni muntazam ravishda o‘rganib borishni taqozо etadi. Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektdagi iqtisodiy munosabatlardan tortib, tuman, viloyat, tarmoqlar va mamlakat miqyosidagi iqtisodiy voqealar, hodisalar kuzatilib, kerakli ma’lumotlar to‘planadi. Demak statistikada iqtisodiyotni o‘rganish ikki xil yondoshuv asosida olib boriladi: makrodarajada va mikrodarajada. Makrodarajada iqtisodiy voqealar mamlakat yoki uning alohida hududlari (viloyat, tuman) bo‘yicha o‘rganiladi. Mikro darajada alohida firma, korxonalar va ularning bo‘limlari, oila xo‘jaliklari iqtisodiyoti asosiy o‘rganish ob’ektlari hisoblanadi. Bunda firma, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotish, xodimlar mehnati va ish haqi, asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanish korxonalar faoliyatlarining moliyaviy natijalari kabi iqtisodiy voqealar kuzatiladi va o‘rganiladi. Bu iqtisodiy voqealarning miqdoriy tomonlari vaqt mobaynida qanday o‘zgarishi o‘rganilib, ularning o‘zgarishi to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Demak mikroiqtisodiy statistika firma, korxonalar iqtisodiyotining miqdoriy tomonlarini ularning sifat o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi. Makroiqtisodiy statistikada mamlakat yoki uning regioni bo‘yicha aholi va uning harakati, mehnat resurslari, bandligi va ishsizlik, milliy boylik va uning tarkibining o‘zgarishi, pul, kredit va byudjet tizimlari; yalpi ichki mahsulot va uning hajmini ko‘paytirish yo‘llari, hamda shu kabi umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganib, tegishli axborotlarni davlatni boshqarish uchun tarmoq vazirliklariga, xukumatga va boshqa qiziquvchilarga tayyorlab beradi. Demak, makroiqtisodiy statistika umumiqtisodiy voqea, hodisalarni miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi. Makroiqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari: yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad va shu kabilardir.
Milliy daromad nazariyasining asoschilari F.Kene, A.Smit, D. Rikardolardir. Keyinchalik daromadlar nazariyasini Keyns yanada rivojlantirdi. Milliy daromadning hosil bo‘lishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlash hamda ulardan foydalanish jarayonlari makroiqtisodiy statistika ob’ektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |