Uchinchidan, «sivilizatsiya zo‘rlik bilan joriy qilingani, milliy nafsoniyat
va iftixorni kamsitgani, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni toptagani, ularning ifodachilarini jismonan yo‘q qilib tashlagani uchun»2 mustamlakachilikni hech qanday olijanob niyatlar bilan oqlab bo‘lmaydi. Binobarin, sivilizatsiyaning qay usulda (ixtiyoriy yoki majburlab) olib kirilganligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xo‘sh, sanab o‘tilgan mezonlar va usullarni qo‘llagan holda, chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining oqibatlariga qanday baho berish mumkin? Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olayotgan davrdayoq uning boy imkoniyatlaridan mustabid davlatning manfaatlari yo‘lida foydalanish choratadbirlarini ishlab chiqa boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |