Birinchidan, ba’zi mualliflarning fikrlaricha, yirik imperiyalar boshqa mamlakatlar va xalqlarni bosib olganlari hamda bo‘ysundirganlari holda, umumjahon taraqqiyotidan orqada qolgan mamlakatlarda muayyan darajada ma’rifatchilik vazifasini ham ado etib kelganlar. «Bunga qo‘shilmaslik mumkin emas. Lekin buyuk imperiyalar bilan kam sonli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonining salbiy jihatlari ham bo‘lgan. Bu salbiy oqibat tashqaridan olib kirilgan sivilizatsiya natijalaridan ko‘ra bir necha baravar ortiq edi» Demak, mustamlakachilik siyosatiga baho berganda, uning natijasini taroziga qo‘yib, ijobiy va salbiy tomonlarini qiyoslash lozim. Aminmizki, uning salbiy tomonlari Prezident I. Karimov aytganidek, bir necha marta ortiq bo‘lishi muqarrar.
Do'stlaringiz bilan baham: |