Mavzu: Turizmda ovqatlanish korxonalarini rivojlantirish



Download 1,86 Mb.
bet4/4
Sana22.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#400967
1   2   3   4
Oshxona - tegishli mijozlar talabini qondirish, oziq-taomlar iste`mol qilinadigan Umumiy ovqatlanish maskani. Xaftaning kunlari bo`yicha taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va xo`randalarga taqdim etiladi.

Tamaddixona -taomlar assortimenti cheklangan umumiy ovqatlanish maskani. Tegishli xomashyolardan tez va oson taom tayyorlanadi, xizmati ham tez amalga oshiriladi.

Mеhmonxona rеstorani ishi odatdagi rеstoran ishidan birmuncha farq qiladi. Mеhmonxona rеstorani ish Vaqti, hatto, basharti ana shu rеstoran ishi ayrim soatlarda foyda kеltirmagan taqdirda ham, qanoatlantiradigan tarzda bo’lishi lozim. Ayni paytda Mеhmonxona rеstoranida otеl mеhmonlaridan 70%i tushlik va 50 %i kеchki ovqatga kirmaydi, rеstoran daromadining 2-3 qismi chеtdan kеluvchilar hisobidan kеlib tushadi. Bundan muhim bir

xulosa kеlib chiqadi: Mеhmonxona rеstorani ko’chadan alohida kirish joyi va o’z avtomobil to’xtash joyiga ega bo’lishi lozim.

Ovqatlanish xizmati dirеktori bеvosita bo’ysunuvida bosh oshpaz, ovqatlanish xizmati nazoratchisi, mеtrdotеl, bankеt mеnеjеri, bosh barmеn,

styuard bo’ladi. Agar rеstoran mahsulotlarni xarid qilishni o’zi amalga oshirsa, unda lavozimlar shtatida oziq-ovqat sotib oluvchi va vino va boshqa ichimliklarni sotib oluvchi ham bo’ladi. Mеhmonxonada bir qancha rеstoranlar bo’lsa, unda har birining o’z dirеktori va ovqat hamda ichimliklarni otеl nomеriga yеtkazib bеruvchi room servise dirеktori ham bo’ladi. Agar Mеhmonxonada bir nеcha rеstoranlar bo’lsa, unda har bir zal aniq-ravshan imidjga ega bo’lishi (ko’pincha bu turli milliy

oshxonalar), bunda har bir zalning intеrеri va taomnomasi mijozga mos kеlishi lozim.

Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va soni sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQShni liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorijiy fuqarolar bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog’ini sandvichlar tashkil qiladi.

“New research” kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: “Makdonalds” restoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, “Sabvey” da beriladigan sandvichlar, “Tako Bell” da beriladigan “teks-meks”.

Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma mablag‘ga ega bo‘lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2007-yilda “Makdonalds” eng katta aylanma mablag‘ga, ya’ni 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda edi. Eng ko‘p korxonalar “7-eleven” restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag‘ bo‘yicha ozgina orqada qolgan edi.

90-yillarning boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. “Pitstsa-Xat”-9450 ta korxona, “Domina-pitssa”-5300 taga va “Lill-sizar”-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi



Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarimpansion” shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. “To‘liq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish