Mavzuli usul. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi. Turistik resurslarning barchasi ma’lum bir tizimda (sistemada) turganligidan, aniqrog‘i nomlanishi bo‘yicha turlarga ajratilgan. Masalan: ekologik turizm, diniyziyoratgoh turizm, sport turizmi va hakozolar.
Qayd qilingan nomlanishlardan ma’lum bo‘ladiki ekologik turizm marshrutlari tabiat landshaftlari va uning biologik resurslari bilan bog‘liq. Shuning uchun ham ekologik turizm marshrutlarining barchasi tabiat resurslari va uning turlari nomi bilan ataladi.
Ekologik turizm marshrutlari alohida tabiiy landshaftlarga ham ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, ekologik majmuali mavzuda ham ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, qo‘riqxonalarda ishlab chiqilgan turistik mashrutlarni ekologik turizmning majmuali marshrutlari deb atasa to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, qo‘riqxonada turist tabiatni va uning biologik xilma-xilligini majmuali holda (o‘simliklar, hayvonlar, qushlar, soylar, daralar, o‘rmonlar, suv havzalari va hakozolar) tomosha qilishadi. Shuning uchun ham turizm marshrutlar ishlab chiqish turistik resurs nomi bilan nomlanadi.
Majmuali usulda turizm marshrutlar ishlab chiqilganda marshrut nomi bir mavzuda bo‘lishi ham yoki ikki, ayrim hollarda uchta mavzuda bo‘lishi mumkin. Masalan: tarixiy – diniy ziyoratgoh turizmi marshrutlari; tarixiy – rekreatsion – sport turizmi marshrutlari. Bunday majmuali turizm marshrutlarni ishlab chiqish ko‘pincha xalqaro turistlarning talab va istaklari asosida amalga oshiriladi.
Majmuali turizm marshrutlar aksariyat hollarda uzoq masoflardagi turistik makonga – ob’ektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Masalan: ekoturizm resurslari shaharlar va tumanlar markazlaridan ancha uzoqda cho‘l yoki tog‘ mintaqalarida joylashgan. Tabiiy holatki, bunday resurslarga birdaniga yetib borish turistni charchatadi va zeriktiradi.
Shuning uchun ham majmuali marshrutlarni ishlab chiqilganda turistni qiziqtirgan so‘nggi (oxirgi) turistik resursga borishdagi yo‘lyo‘lakay barcha turizm resurslariga ekskursiyalar uyushtirish, so‘lim joylarda dam olish, tunashni tashkil qilish, eng muhimi, marshrut atrofidagi diqqatga sazovar joylar, qadimiy maskanlar, tarixiy – madaniy obidalar ham marshrutga kiritiladi.
Bunday majmuali turistik marshrutlar guruhlar uchun ham alohida turist (buyurtma) uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Ba’zi bir hollarda kasbiy faoliyat tufayli kelgan turist turistik resurslarning tarixi bilan qiziqishi mumkin. Masalan, ekologik turizmdagi hayvonat olami bilan qo‘riqxonada tanishgan turist uning yashash tarzi, areali, biologiyasi bilan qiziqib qolganda turistik marshrut tuzuvchi mazkur hayvonat turlari bo‘yicha ishlaydigan ilmiy markazlar, universitetlar va tajriba markazlari va bu markazlarda ishlaydigan olimlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishni ham marshrut dasturiga kiritadi. Ana shu tariqa bir mavzuli turistik marshrutlar ko‘p mavzuli yoki majmuali mavzuli turistik marshrutlarga aylanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |