Toshkent – Andijon O‘sh-Qashqar avtomobil yo‘li.Bu yo‘l xalqaro ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi. Umumiy uzunligi 940 km. O‘zbekiston (408 km), Qirg‘iziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan o‘tadi. Yo‘lda dengiz sathidan turlicha balandlikda bo‘lgan 6 ta dovon bor. Shundan O‘zbekistonda Qamchiq (dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunellar qurilgan. Qirg‘iziston hududida Chayirchiq (2406), Toldiq (3645 m) va Taunmurun (3536 m) dovonlari osha o‘tiladi. Qadimda Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan karvon yo‘li bo‘lgan.
1960-70 yillar oralig‘ida yo‘ldagi transport qatnovining ortib borayotganligi hisobga olinib, yo‘lning parametrlari (kengligi) III-IV toifaga (10-12 m) ga keltirilib, tegishli, zaruriy qismlariga asfalt-beton yotqizilib, qayta ta’mirlangan.
XX asr oxiriga kelib yo‘lning xalqaro ahamiyati kuchaydi. 1997 yil 24-28 aprelda Toshkentda 18 mamlakat ishtirokida yo‘lni ta’mirlash, undan foydalanish va shu yo‘nalishda temir yo‘l qurish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro kengash o‘tkazildi. 1998 yil 19 fevralda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy hukumatlari o‘rtasida Toshkent-Andijon- O‘sh-Qashqar avtomobil yo‘lida xalqaro avtomobil transporti qatnovi to‘g‘risida bitim imzolanib, yo‘l qurilishi boshlandi.
Yo‘lning XXI hududidagi 220 km. li qismi III-III toifali, xalqaro ahamiyatli, asfalt-beton to‘shamali. 8
Turistik marshrutlarni tasniflashda hozirda juda ko‘p fikrlar bildirilayapti. Ba’zi tasniflar turistik marshrut mavzulari bo‘yicha yozilmoqda. Turistik marshrutlarni turizmdagi tur mavzulari bo‘yicha tasniflash xatolik keltirib chiqaradi. Chunki turning mavzusi marshrut sharoitini bildirmaydi. Masalan: ekologik turizm marshruti turistni u hoxlagan ekologik maskanga olib boradi. Turistik marshrut deganda ana shu ekologik maskanga qanday sharoitda va qanday vositalar yordamida yetib borishni tushunish lozim bo‘ladi.
Umumlashtirilganda turistik marshrutlarni ko‘plab belgilar asosida tasniflash mumkin. Masalan:
1. Marshrutning harakatlanish yo‘l darajalari bo‘yicha
quyidagicha tasniflanadi: ko‘p hollarda bu yo‘llar marshrut trassalari deb ataladi.
To‘g‘ri trassalar
Aylanma trassalar (tog‘ yo‘llari)
v) Tosh yo‘llar
g) Mahalliy yo‘llar
d) So‘qmoqlar
j) Ochiq dala bo‘ylab marshrutlar
z) O‘rmonzor ichidan o‘tadigan marshrutlar.
Tog‘dagi so‘qmoqlar
Tabiat mintaqalari bo‘ylab tavakaliga yuriladigan marshrutlar.
2. Turistik marshrutlar mavzulari bo‘yicha ham tavsiflanadi. Masalan:
Ekskursiya marshrutlari
Rekreatsiya marshrutlari
v) Tarixiy obidalar bo‘ylab o‘tadigan marshrutlar
g) Yakka tarixiy obidalarga marshrutlar.
d) Majmuali tarixiy obidalarga marshrutlar
j) Ekoturizm marshrutlari
z) Ovchilik marshrutlari
Ziyoratgoh maskanlarga ishlab chiqilgan marshrutlar
Suv havzalariga marshrutlar
Sport – sog‘lomlashtirish marshrutlari
3. Harakatlanish vositalari bo‘yicha turistik marshrutning tasnifi.
Zamonaviy transportda harakatlanish marshrutlari (avtomobil,
avtobus, velosiped, samolyot, havo sharlari).
Maxsus transportda yurish marshruti (tog‘larda, cho‘lda, mahalliy
yo‘llarda JIP, UAZ mashinalarida)
v) Mahalliy aholi transportida harakatlanish marshrutlari (ot, eshak,
tuya, arava).
g) Kombinatsiyalashgan marshrutlar (avtomobil, poyezd, samolyot,
ot, eshak, tuya, arava, chang‘i).
d) Suv havzalaridagi turistik marshrutlar (qayiq, kema, kater, sollar).
4. Ob-havo o‘zgarishiga bog‘liq holda faoliyat yuritadigan turistik marshrutlar ba’zi hollarda mavsumiy turistik marshrutlar deb ham ataladi.
Yozgi marshrutlar
Kuzgi marshrutlar
v) Qishki marshrutlar
g) Bahorgi marshrutlar
d) Yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan turistik marshrutlar. 5. Marshrutlarning darajalari (kategoriyasi) bo‘yicha tasniflanishi:
Xalqaro marshrutlar
Mamlakatlar bo‘ylab marshrutlar
v) Qo‘shni mamlakatga marshrutlar
g) Mamlakat shtatlariga marshrutlar (ichki marshrutlar)
d) Mahalliy marshrutlar
Do'stlaringiz bilan baham: |