2.Turistik marshrut ishlab chiqishda imkoniyati yaratilganligi tamoyili.
Xalq xo‘jaligida ko‘plab ishlab chiqarish sohalari, tarmoqlari yillar davomida vaqt talabi, jamiyatdagi zamonaviylik talabalari bo‘yicha takomillashib borishi ma’lum. Bu takomillashib borish jarayoni har holda yangi sohaga nisbatan osonroq kechadi va soha boshqaruvi yangi vaqt talabiga tezroq moslashadi. Bu holatda alabatta sohani modernizatsiya qilishda bu tarmoqni tashkil qilish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, boshqarishning dastlabki usullari, tamoyillariga suyanadi. Dastlab
«tamoyil» so‘zining ma’nosiga to‘xtalish zarurati bor. Tamoyil so‘zi «prinsip» atamasining tarjimasi deb qaralmoqda. Prinsip so‘zining ma’nosi ijobiy fikrni bildiradi. Shu bilan birga tartibli, talabli, tarbiyali, bir so‘zli, obro‘li, qattiyatli kishilarga nisbatan prinsipli kishilar degan umumiy tavsifni ishlatamiz.
Prinsipsiz kishi deyilganda aksariyat hollarda tayinsiz, tuturqsiz, ishonchsiz tavsifli odamni anglaymiz.
Endi ishlab chiqarishda, g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anlatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Bu so‘zning haqiqiy ma’nosiga haligacha izoh berilgan emas. 4
Qayd qilinganlarni hisobga olib turistik marshrutlar ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) ana shu marshrutlar ishlab chiqishdagi birlamchi talablar, mezonlar deb qabul qilsak bo‘ladi. Hozirgacha turistik marshrutlar ishlab chiqishning 7 ta tamoyili-talabi bor. Bu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida biror bir olim yoki turizm mutaxassisi taklif qilmagan. Balki, turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi yo‘l-yo‘lakay kuzatuv, talab, amaliyot, o‘yfikr va takliflarni jamlagan mutaxassislarning umum xulosaviy, ijodiy qarashlaridir.
Turistik marshrutlar ishlab chiquvchi bu tamoyillarni qo‘llaganida marshrutga kiritish ob’ektlari, shart-sharoitlar, turistlar yoki xizmat qiluvchilarning, mahalliy aholining takliflari yoki talablari bilan boyitib, mukammallashtirib borishi mumkin. Eng avvalo yaxshi anglab olish lozimki turistik marshrut ishlab chiqish ma’lum bir nazariya yoki biror bir standart yoki qolipga bo‘ysunmaydi. Turistik marshrutlarga bo‘ysunadigan standartlar marshrutlarning texnik jihatlaridir.
Turistik marshrut ishlab chiqish bu-ma’lum turistik ob’ekt, resursga turistlarni jalb qilishdagi eng birinchi harakatdir. Shuning uchun ham marshrut ishlab chiqish – turni ishlab chiqish, ma’lum turistik ob’ektdan turizmda foydalanishni turlar ham o‘ta darajada mukammal, har tomonlama qulaylik imokniyatlariga ega bo‘lgan marshrutlar asosida amalga oshirilishini talab qiladi.
Turistik marshrutning mukammal ishlab chiqilishi bu – turistning erkin harakat qilishini va turdagi xizmatlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondiradi.
Hozirda turistik marshrutlar ishlab chiqishning tamoyillari yaratilganki, turizmda har qanday turistik marshrutlar ishlab chiqishda asosan ana shu tamoyillardan foydalaniladi. Bu tamoyillar quyidagicha nomlanadi:
Jozibadorlik, betakrorlik tamoyili
Imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili
Mamundorlik tamoyili
Faoliyatlilik tamoyili
Ko‘p variantlilik (ko‘p jihatlilik) tamoyili
Qulaylilik tamoyili
Axborotlanganlik tamoyili
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi birinchi talab qayd qilingan
«tamoyillar»ni puxta bilish va o‘z o‘rnida, talabiga qarab qo‘llash, ishlatish hisoblanadi. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi tamoyillar alohida-alohida yoki majmuali holda qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |