34
2.2. Fanning boshqa bilimlar tizimida tutgan o’rni
Turizm inson hayoti va faoliyatining ko‟p sohalarini qamrab oladi. Shuning
uchun turizmni o‟rganish psixologiya, antropologiya, sosiologiya, iqtisodiyot,
geografiya, informatika, huquq kabi fanlar bilan uzviy bog‟liq. Turistik resurslar
yer sharining deyarli barcha burchaklarida, qit‟alarida va mamlakatlarida mavjud.
Turizm tashkilotchilari turizm yo‟nalishi (marshruti) va turizm turini erkin tanlash
sharoitida turistik oqimlarni bilishi, istiqbollashi va hatto ularni boshqarishi kerak.
Buning uchun esa quyidagi fanlarni bilish juda - juda zarur. Tarizm va uni o‟qtish
metodikasi fani mazmun va shakl jixatidan ijtimoiy-tarbiyaning jarayon sifatida
pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, umum tarixi,
jismoniy madaniyat va sport tarixi, geografiya, biomexanika, anatomiya,
psixologiya, fiziologiya, gigiyena va boshqa bir qator fanlar mazmuni bilan
chambarchas bog‟langan.
Psixologiya
Sayohat qilish uchun turist qaysi yo‟nalishni tanlaydi? Ushbu mavsumda
qaysi mamlakat ko‟proq afzallikka yega bo‟ladi va turizmning qaysi turlari yeng
mashhur bo‟ladi? Turizm bozorida kanday tur mahsulotni taklif qilish foydali? O‟z
turistik mahsulotini harakatini qayerga yo‟naltirish kerak? Mijoz xohishlarini yeng
yaxshi qondiruvchi turni qanday qilib tuzish kerak? Bu savollarning ko‟pchiligiga
inson psixologiyasini o‟rganmasdan javob berish mumkin emas. Mijoz (turist)
xohishi sabablarini o‟rganmasdan va tushunmasdan turib, turni to‟g‟ri tuzish va uni
bozorda iste‟molchiga taklif qilish mumkin yemas. Kichkinagina uzilish yoki
xatolik ham puxta tayyorlangan va tahlil qilingan sayohatdagi ijobiy taassurotni
yo‟qotishga yetarli bo‟ladi.
Sayohatni amalga oshirish - turistlarning yoshi, intellekt darajasi, moliyaviy
ahvoli va ko‟pgina boshqa omillarga bog‟liq. Dam olish, dunyoqarashni
kengaytirish, notanish narsalarni bilish, ko‟ngil ochish, diniy, davolanish,
qarindoshlar va do‟stlarni ko‟rish va boshqa maqsadlar tufayli kishilar sayoxatni
amalga oshiradilar.
35
Sayohatni tanlashda maqsadlarning o‟zgarishi iste‟molchi bozorida turistik
mahsulotni taklif qiluvchi turistik firma uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.
Kayfiyat, moda, umumiy siyosiy - iqtisodiy holat va ko‟pgina boshqa omillarga
ye‟tiborsizlik tufayli mijozlar yo‟qotiladi, natijada, turistik faoliyatda iqtisodiy
qiyinchiliklarga sabab bo‟ladi. Masalan, so‟nggi yillarda katta shaharlar va sanoat
markazlari aholisi yekologik toza tabiat saqlangan joylardagi yekoturizmni afzal
ko‟rishmoqda.
Turistik mahsulotni loyihalashtirish uni turistik ko‟rgazma va
yarmarkalarda ulgurji savdoga taklif qilishdan taxminan ikki yil oldin boshlanadi.
Shu bois, turistik talabni istiqbollashda psixologik jihatdan chuqur tajriba, sezgirlik
va professional bilimga yega bo‟lish kerak.
Antropologiya
Antropologiya - odamning kelib chiqishi va yevolyusiyasi (rivojlanishi),
jismoniy tuzilishi va irqlar, millatlarning paydo bo‟lishi haqidagi fandir. Turizm
ilmida yesa u - insonning atrof - muhitga ta‟siri va madaniyatini o‟rganadi.
Maqsadi - inson hayotining murakkab xarakterini, ularning o‟zaro aloqadorlik
tizimini va jamiyatdagi xulqini tadqiq qilishdir. Shuningdek, u sayohat qilishga
undovchi sabablarni keltirib chiqaruvchi omillarni; sayohat zaruriyatini taqozo
qiluvchi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy sharoitlarni; turistlarning atrof - muhitga
ta‟sirini, turli holatlarda mahalliy aholi bilan o‟zaro aloqasini, mahalliy madaniyat
va millatlararo aloqalar rivojlanishining turizmga ta‟sirini o‟rganadi. Aynan
antropologiyani o‟rganish turistik obyektlar va markazlar chegarasini aniqlashga
yordam beradi va turistik oqimni to‟g‟ri taqsimlash va yo‟naltirish imkoni
tug‟iladi.
Pirovard natijada quyidagi savollarga javob olinadi: ma‟lum bir obyektga
obyektning o‟zi va turistlarga zarar qilmagan holda nechta turist tashrif buyurishi
mumkin? Turistlar tomonidan axborot (informasiya) va atrofni o‟rganish, ushbu
resurslardan maqsadli foydalanishni ta‟minlash mumkinmi? Bu ma‟lumotlar
turizmni turli darajada rejalashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: