MAVZU: TURFIRMA MARKETINGIDA ASSORTIMENT SIYOSATI
REJA:
KIRISH
1. BOB TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI
I.I. NARX SHAKLLANISH USLUBLARINI TANLASH
I.II. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARINING BOSHLANISHI
I.III. TURIZM MARKETINGINING TA’RIFI
2.BOB TURISTIK KORXONA MARKETING ALOQALARNING ASOSIY
AXBOROT OLUVCHILARI
II.I. TURIZM MARKETINGINING ZARURLIGI
II.II. TURMAHSULOT HAQIDA AXBOROTNI SHAKLLANTIRISH
VA TARQATISH
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo‘lib, daromadni belgilaydigan asosiy ko‘rsatgichdir . Narx deganda maxsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste’molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx yordamida ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb uqtirib o‘tgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste’molchilar diqatini tovarning markasi, o‘rami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo‘lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e’tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o‘lchash mumkinligi va narxni sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo‘llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Quyidagi 1-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko‘rsatilgan. Bu 1-chizma ma’lumotidan ko‘rinib turibdiki, talab narxining o‘sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga ega bo‘ladi.
Erkin raqobat mavjud bo‘lgan bozorning o‘ziga xos-xususiyatlari shundan iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma’lum darajasida bozor o‘z-o‘zidan muvozanatga harakat qiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda xaridorlar bunday bahoni juda yuqori deb biladi va natijada ma’lum bir miqdordagi tovar xaridorini topa olmaydi. Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo‘ladi. Natijada, bozor bu tovar bilan to‘yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini pasaytirishga majbur bo‘ladi. Sotuvchi tovarga yangi narx belgilaganda talab oshadi va bu holda narx talab egri chizig‘i bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi. Bu jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu modelda ko‘pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy orientir bo‘lib xizmat qiladi.
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Agar bu yerda tovar siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o‘zgarishi bilanoq tezda o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Taklif
Nm
Talab
Do'stlaringiz bilan baham: |